1.
Jismning harakat tenglamasi x=10+12t2t2x = -10 + 12t - 2t^2 [m] qonuniyat bo'yicha o'zgarmoqda. Uning to'xtaguncha bosib o'tadigan masofasini (m) aniqlang.
2.
Jism boshlang'ich tezliksiz 5 s davomida 7,5 m masofa bosdi. Keyin 12 s davomida o'zgarmas tezlik bilan harakat qildi. So'ngra 6 s da esa tekis sekinlashib to'xtadi. Jismning oxirgi 12 s ichidagi o'rtacha tezligini (m/s) aniqlang.
3.
Tebranish chastotasi 200 Hz bo'lgan jismning tebranish davrini (ms) aniqlang.
4.
To'la sirtining yuzasi 96 cm2^2 bo'lgan kubning massasi 160 g ga teng. Kub tayyorlangan moddaning zichligini aniqlang.
5.
Bir kuch m1m_1 massali jismga 2 m/s2^2 tezlanish, m2m_2 massali jismga 6 m/s2^2 tezlanish bera oladi. Shu kuch m1m2m_1 - m_2 massali jismga qanday tezlanish bera oladi?
6.
Rasmdan foydalanib OO nuqtaga ta'sir etayotgan natijaviy kuchni aniqlang. Har bir katakcha tomonini 1 N deb qabul qiling.
Savol
7.
mm massali OAOA sterjen rasmda ko'rsatilgandek muvozanatda turibdi. Bunda: m=2m = 2 kg, OA=1,5OA = 1,5 m va sinα=0,8\sin\alpha = 0,8.

FF kuchning OO nuqtaga nisbatan kuch momentini (N\cdotm) aniqlang.
Savol
8.
Avtomobil ballonlari va sirt orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 4 marta kamaysa, avtomobilning tormozlanish masofasida qanday o'zgarish bo'ladi?
9.
Yer atrofida 6400 km radiusli aylana bo'ylab harakat qilayotgan 4 kg massali jismning kinetik energiyasini (MJ) hisoblang.
10.
Pastki qismida teshigi bo'lgan idishga har sekundda 0,3 ll suv quyilmoqda. Suv sathi 5 cm ga yetgach, ko'tarilmay qo'ydi. Teshik yuzasini (cm2^2) toping.
11.
Neft saqlanayotgan katta idishda aylanish natijasida girdob hosil bo'ldi. Girdob markazidagi sath bilan chekkadagi sath orasidagi balandlik farqi 0,45 m ni tashkil etdi. Aylanish oqibatida hosil bo'lgan neft oqimining chetki nuqtadagi tezligini toping. Havoning qarshiligi va ichki ishqalanish hisobga olinmasin.
12.
x=Acosωtx = A\cos\omega t qonuniyat bilan garmonik tebranayotgan jismning tezligi ifodasini ko'rsating.
13.
5 mol CO2CO_2 gazidagi kislorod atomlari sonini aniqlang.
14.
Ideal gazning hajmi p/T=constp/\sqrt{T} = \text{const} qonuniyat bo'yicha 4 marta kamaydi. Bunda gazning ichki energiyasi qanday o'zgardi?
15.
20 g geliy gazi temperaturasi o'zgarmas bosim sharoitida 20 ^\circC ga orttirildi. Gazning bajargan ishini (J) aniqlang.
16.
0 ^\circC haroratli katta muz ustiga mis bo'lagi qo'yildi. Mis muzga to'liq botishi uchun u qanday boshlang'ich haroratda (^\circC) bo'lishi kerak?
17.
Vakuumda joylashgan nuqtaviy zaryadning o'zidan rr masofada hosil qilgan maydon kuchlanganligi 8,82 V/m ga teng bo'lsa, uning kerosin ichida shu masofadagi maydon kuchlanganligi qancha (V/m) bo'ladi? Kerosin uchun dielektrik singdiruvchanlik 2,1 ga teng.
18.
Quyida cheksiz kondensatorlar sistemasi tasvirlangan. Sistemaning to'la sig'imini aniqlang.
Savol
19.
qq zaryadga ega sharning radiusi 4 marta orttirilsa, uning elektr maydon energiyasi qanday o'zgaradi?
20.
Sig'imi CC bo'lgan zaryadlangan kondensator plastinkalari qarshiligi RR bo'lgan o'tkazgich orqali tutashtirildi. Kondensator zaryadining 0,1 % qismi o'tkazgich orqali o'tishi uchun qancha vaqt kerak bo'ladi?
21.
Al+3Al^{+3} ioni elektroliz jarayonida 5965005\cdot96500 C ga teng zaryad oqib o'tdi. Ajralib chiqqan moddaning miqdorini (mol) aniqlang.
22.
Vakuumli diodda katod va anod orasidagi kuchlanish 48 V. Anodga yetib borayotgan elektronlarning minimal kinetik energiyasini (eV) aniqlang.
23.
Induksiyasi 0,25 T bo'lgan bir jinsli magnit maydonga 20 cm2^2 yuzali ramka joylashtirildi. Agar ramkadan 0,6 A tok oqayotgan bo'lsa, ramkani aylantiruvchi maksimal kuch momentini (N\cdotm) aniqlang.
24.
Tajribalar natijasida bir jinsli magnit maydonda joylashgan tokli ramkaga ta'sir etuvchi eng katta moment 4,8 N\cdotm ekani aniqlandi. Ramka yuzasi 0,25 m2^2 va undan o'tayotgan tok 3 A ga teng bo'lsa, magnit maydon induksiyasini (T) aniqlang.
25.
G'altakdagi tok kuchi I=2,4+1,6tI = 2,4 + 1,6t [A] qonuniyat bo'yicha o'zgarmoqda. Agar g'altak induktivligi L=5L = 5 mH bo'lsa, unda hosil bo'layotgan o'zinduksiya EYuK ini (mV) toping.
26.
O'zgaruvchan tok zanjiriga qarshiliklari mos ravishda 8 Ω\Omega, 11 Ω\Omega va 5 Ω\Omega bo'lgan aktiv, induktiv va sig'im qarshiliklar ketma-ket ulangan. Zanjirdagi quvvat koeffitsiyentini toping.
27.
AA nuqta rasmda ko'rsatilgandek vertikal 8 m/s tezlik bilan, MNMN yassi ko'zgu esa gorizontal 3 m/s tezlik bilan chapga tomon harakatlanmoqda. AA nuqtaning ko'zgudagi tasvirining yerga nisbatan tezligini (m/s) toping.
Savol
28.
Fokus masofasi 20 cm bo'lgan linzada buyumning to'g'ri va mavhum tasviri hosil qilindi. Linza va tasvir orasidagi masofa 60 cm ga teng. Linzaning kattalashtirishini toping.
29.
Muhitda 2 zarra bir-biriga tomon 0,7c0,7c va 0,4c0,4c tezlikda harakat qilmoqda. Ularning nisbiy tezligi qanday bo'ladi? cc — yorug'likning vakuumdagi tezligi.
30.
Bor nazariyasiga ko'ra, vodorod atomi elektronining orbita radiusi ortsa, uning kinetik energiyasi qanday o'zgargan?
31.
Elektron va pozitron juftligi annigilyatsiyalanganda 2 ta gamma kvantini hosil qiladi. Dastlab, zarralarning boshlang'ich tezliklari juda kichik bo'lgan bo'lsa, hosil bo'lgan har bir gamma kvantning energiyasini aniqlang. mem_e — elektron va pozitronning massasi.
32.
Geliy yadrosining bog'lanish energiyasi 27 MeV ga teng. Uning solishtirma bog'lanish energiyasi qanchaga (MeV/nuklon) teng?

Topshiriqlar (33-35) va javob variantlari (A-F) ni o'zaro moslashtiring.

33-35.
Quyida massalari teng bo'lgan ikki diskning o'zaro friksion bog'lanishi tasvirlangan.
Savol

Javob variantlari:

A)
1
B)
2
C)
3
D)
4
E)
5
F)
6
SavolABCDEF
33.
161-6 nuqtalarning qaysi birida tezlanish eng katta?
34.
2, 4 va 6 nuqtalardan qaysi birining tezligi eng kichik?
35.
161-6 nuqtalarning qaysi biriga eng kichik kuch ta'sir qiladi?
36.
Balandligi 3 m, uzunligi esa 5 m bo'lgan qiya tekislikdan jism sirpanib tushishni boshladi. Uning qiyalik oxiridagi tezligi 6 m/s ga teng.
a) Qiya tekislikning foydali ish koeffitsiyentini (%) toping.
b) Jism va qiyalik orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping.
37.
1 kg massali sharcha 3 m/s tezlik bilan sharqqa, 0,5 kg massali sharcha esa 8 m/s tezlik bilan janubga harakatlanmoqda.
a) Sistema massa markazining tezligini (m/s) aniqlang.
b) Sharchalar noelastik to'qnashganda sistemaning energiyasi qanchaga (J) kamaygan?
38.
Rubob torining uzunligi 0,9 m, torining massasi 3 g va torning taranglik kuchi 3 N ga teng.
a) Tor tebranishlarining tarqalish tezligini (m/s) toping.
b) Torning taranglik kuchi 4 marta ortsa, to'lqin tezligi necha marta ortadi.
39.
Og'zi ochiq idish ichidagi gaz 200 K haroratdan 400 K haroratgacha qizdirildi. So'ngra idish germetik berkitilib harorati 320 K gacha sovitildi.
a) Birinchi holatda gaz bosimi qanday o'zgargan?
b) Ikkinchi holatda gaz bosimi qanday o'zgargan?
40.
Ichida 40 kPa bosim va 12103012\cdot10^{30} ta molekulasi bor idish 25 kPa bosimli va 510305\cdot10^{30} ta molekulasi bor idish kran orqali tutashtirilgan. T=constT = \text{const}.
a) Kran ochib yuborilsa, idishda qanday bosim (kPa) qaror topadi?
b) Kran ochilgandan so'ng birinchi idishdagi bosim qanchaga (kPa) kamayadi?
41.
MM massali va qo'zg'almas QQ zaryad atrofida rr radiusli orbita bo'ylab mm massali va q-q zaryadli zarracha aylanma harakat qilmoqda. Bunda: MmM \gg m, Q>0Q > 0, q>0q > 0 va o'zaro gravitatsion ta'sirni inobatga olmang.
a) q-q zaryadning tezligini aniqlang.
b) q-q zaryadning kinetik energiyasini toping.
42.
O'zgaruvchan tok zanjiriga qarshiliklari mos ravishda 12 Ω\Omega, 24 Ω\Omega va 8 Ω\Omega bo'lgan aktiv, sig'im va induktiv qarshiliklar ketma-ket ulangan.
a) Quvvat koeffitsiyentini aniqlang.
b) Zanjirdagi umumiy qarshilikni (Ω\Omega) toping.
43.
2 mikrogramm massaga ega chang zarrachasi bilan 12c/1312c/13 tezlikda harakatlanayotgan protonning impulslari o'zaro teng. cc — yorug'likning vakuumdagi tezligi.
a) Protonning impulsini (kg\cdotm/s) aniqlang.
b) Chang zarrachasining tezligini (m/s) aniqlang.
44.
Zarrachaning impulsi pp ga, to'la energiyasi esa 4pc4pc ga teng. Bir olim zarrachani ikkinchi sanoq sistemasidan kuzatganda uning impulsi 2p2p ekanini aniqladi.
a) Zarrachaning tinchlikdagi massasini toping.
b) Zarrachaning impulsi 2p2p bo'lgandagi to'la energiyasini toping.
45.
t=6t = 6 daqiqa davomida radioaktiv moddaning 15/1615/16 qismi yemirildi.
a) Moddaning yarim yemirilish davrini (s) toping.
b) Yarim yemirilish doimiysini (1/s) toping.