1.
Agar aa — umumiy tezlanish, ana_n — normal tezlanish, ata_t — tangensial tezlanish bo'lsa, quyidagilardan qaysi birlari o'rinli bo'lishi mumkin?

1) an>aa_n > a 2) aata \ge a_t 3) at>aa_t > a 4) aana \ge a_n
2.
Jism boshlang'ich tezliksiz 5 s davomida 7,5 m masofa bosdi. Keyin 12 s davomida o'zgarmas tezlik bilan harakat qildi. So'ngra 6 s da esa tekis sekinlashib to'xtadi. Jismning oxirgi 12 s ichidagi o'rtacha tezligini (m/s) aniqlang.
3.
Massasi 300 g bo'lgan jism 2 m/s2^2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Natijaviy kuchni (N) aniqlang.
4.
Bikirligi 1,6 kN/m bo'lgan prujinaga 5 kg massali yuk osilgan. Prujina qanchaga (cm) cho'ziladi?
5.
Vaznsiz ipga massasi 12 kgkg bo'lgan sharcha rasmda ko'rsatilgandek osilgan.

Bunga ko'ra BCBC ipning taranglik kuchini (NN) toping. sinα=5/13\sin\alpha = 5/13
Savol
6.
Massasi 2,5 kg bo'lgan jism qiyalik burchagi 3030^\circ bo'lgan va qiya tekislikka parallel 12 N kuch bilan ushlab turilibdi. Jism va sirt orasidagi ishqalanish kuchini (N) toping.
7.
Massasi m1m_1 va m2m_2 bo'lgan jismlarning tezliklari mos ravishda v1\vec{v}_1 va v2\vec{v}_2 bo'lgan jismlar noelastik to'qnashdi. To'qnashuvdan so'ng birinchi jismning kinetik energiyasini aniqlang.
8.
Ko'l sirtidan 40 m chuqurlikdagi umumiy bosimni (kPa) aniqlang. p0=105p_0 = 10^5 Pa
9.
x=Acosωtx = A\cos\omega t qonuniyat bilan garmonik tebranayotgan jismning tezligi ifodasini ko'rsating.
10.
Agar shar ichi geliy gazi o'rniga teng miqdorda neon gazi bilan almashtirilsa, sharning ko'tarish kuchi qanday o'zgaradi? Shar qobig'ining massasini hisobga olmang. Havoning molyar massasi 29 g/molg/mol ga teng.
11.
16 g misdagi atomlar sonini toping.
12.
Ideal gaz bosimi pV2=constpV^2 = \text{const} qonuniyat bo'yicha ortmoqda. Bunda gazning temperaturasi qanday o'zgaradi?
13.
Suv ichidagi pufakcha hajmi 32 mm3^3. Pufakcha ichidagi qo'shimcha bosimni (PaPa) aniqlang. π=3\pi = 3.
14.
12 mol bir atomli ideal gazning temperaturasi 60 K ga ortdi. Uning ichki energiyasi qanday (kJ) o'zgargan?
15.
Isitkichning temperaturasi 627 ^\circC, sovutkichniki esa 600 K. Isitkich gazga 400 J issiqlik miqdori beradi. Gazning uch siklda bajargan ishini (J) toping.
16.
Zaryadlari q-q, +2q+2q, 8q-8q va +12q+12q bo'lgan to'rtta bir xil simob tomchilari qo'shildi. Hosil bo'lgan tomchining umumiy zaryadini aniqlang.
17.
Radiusi 5r5r va 3r3r bo'lgan sharlarning zaryadlari mos ravishda 20q-20q va +4q+4q ga teng. Dastlab, sharlar tekkizilmasdan oldingi F1F_1 kuch bilan ta'sirlashmoqda. Ular bir-biriga tekkizilib qaytib olingandan keyin F2F_2 kuch bilan ta'sirlashadi. F1/F2F_1/F_2 nisbatni aniqlang. Sharlar orasidagi masofa ularning radiuslaridan juda katta deb oling.
18.
Quyida cheksiz kondensatorlar sistemasi tasvirlangan. Sistemaning to'la sig'imini aniqlang.
Savol
19.
Berilgan elektr zanjir sistemasining AA va BB nuqtalaridagi to'la qarshilikni aniqlang.
Savol
20.
Berilgan elektr zanjir sxemasining klemmalari orasidagi to'la qarshilikni (Ω\Omega) aniqlang.
Savol
21.
Alyuminiyning termik koeffitsiyentini aniqlang maqsadida doimiy kuchlanish manbaiga alyuminiy bo'lagini ulab eriyotgan muzga solinganda zanjirdagi tok kuchi 35 mA ga teng bo'ldi. Qaynayotgan suvga solinganda esa tok kuchi 25 mA bo'ldi. Alyuminiyning termik koeffitsiyenti qanchaga (10310^{-3} K1^{-1}) teng?
22.
Magnit maydonda aylanma harakat qilayotgan zaryadli zarrachaning aylanish chastotasi ν\nu ga, magnit maydon induksiyasi esa BB ga teng. Berilganlardan foydalanib zaryadning qanday kattaligini topsa bo'ladi?
23.
Tebranish konturida kondensatordagi zaryad q0sinωtq_0\sin\omega t qonuniyat bo'yicha o'zgarmoqda. G'altak induktivligi LL bo'lsa, konturdagi to'la energiya qanchaga (mJ) teng?
24.
Yopiq zanjirdan tok o'tishi natijasida elektromagnit maydon hosil bo'ldi. t=5t = 5 min da bu maydon qancha masofani (km) bosib o'tadi?
25.
Lazer nuri ikkiga bo'lindi. Ular bir xil qalinlikdagi suvda shishadan o'tib ekranga tushadi. Ularning qaysi biri ekranga tezroq yetib boradi?
26.
O'quvchi 5050^\circ burchak ostida ko'rinadigan jismga 10 marta kattalashtiradigan lupa orqali qaraganda burchak necha gradus bo'lib ko'rinadi?
27.
Fokus masofasi 20 cm bo'lgan linzadan 60 cm uzoqlikda mavhum va to'g'ri tasvir hosil qilindi. Linzaning kattalashtirishini aniqlang.
28.
Difraksion panjara doimiysi 6 μm\mu m ga teng. Ekranda 55-tartibli maksimum nolinchi maksimumdan deyarli 9090^\circ ga farq qiladi. Panjaraga tushayotgan to'lqinning uzunligini (μm\mu m) aniqlang.
29.
Tinchlikdagi zichligi 12,8 g/cm3^3 bo'lgan jism 0,6c0,6c tezlik bilan harakat qilmoqda. Uning harakatdagi zichligini aniqlang.
30.
Quyidagi elektron o'tishlardan qaysi birida eng katta impulsga ega foton yutilgan?
Savol
31.
π\pi mezon ikkita yorug'lik kvantiga ajraldi va o'zaro qarama-qarshi yo'nalishda harakatini davom ettirdi. Ularning energiyalari mos ravishda ε1\varepsilon_1 va ε2\varepsilon_2 ga teng (ε1>ε2\varepsilon_1 > \varepsilon_2). π\pi mezonning ajralishdan oldingi impulsini aniqlang.
32.
Geliy atomning bog'lanish energiyasi 27 MeV ga teng. Uning solishtirma bog'lanish energiyasini (MeV) aniqlang.

Topshiriqlar (33-35) va javob variantlari (A-F) ni o'zaro moslashtiring.

33-35.
Elektron va pozitron rr radiusli aylana atrofida harakatlanib pozitroniy hosil bo'ldi. Elektronning massasi mem_e, zaryadi ee ga teng.

Javob variantlari:

A)
2mec2ke22r2m_ec^2-\frac{ke^2}{2r}
B)
2mec2ke24r2m_ec^2-\frac{ke^2}{4r}
C)
+ke24r+\frac{ke^2}{4r}
D)
+ke22r+\frac{ke^2}{2r}
E)
ke22r-\frac{ke^2}{2r}
F)
ke24r-\frac{ke^2}{4r}
SavolABCDEF
33.
Pozitroniyning kinetik energiyasini toping.
34.
Pozitroniyning to'la energiyasini toping.
35.
Pozitroniyning potensial energiyasini toping.
36.
Massasi 1,2 kg bo'lgan jism 80 m balandlikdan 5 m/s boshlang'ich tezlik bilan otildi.
a) Jismning to'la uchish vaqtini (s) toping.
b) Dastlabki 3 s dagi impuls o'zgarishini (kg\cdotm/s) toping.
37.
Gorizontga qiyalatib otilgan 800 g massali jismning maksimal ko'tarilish balandligi 80 cm ga, uchish uzoqligi 2,4 m.
a) Jismning boshlang'ich tezligini (m/s) toping.
b) Jismning maksimal balandlikdagi kinetik energiyasini (J) aniqlang.
38.
Tennis raketkasiga koptok 12 m/s tezlik bilan urilib 16 m/s tezlikda qaytadi. Bunda koptokning kinetik energiyasi o'zgarishi 14 J ga teng bo'ldi.
a) Koptokning massasini (kg) toping.
b) Koptok impulsining o'zgarishini (kg\cdotm/s) toping.
39.
Bir atomli ideal gazning bosimi hajmga quyidagicha bog'langan.
Savol
a) 121 \to 2 o'tishda gaz ichki energiyasi qanchaga (J) kamaygan?
b) 121 \to 2 o'tishda gaz tashqariga qancha issiqlik (J) chiqargan?
40.
Karno sikli bo'yicha ishlovchi dvigatelda isitkich va sovutkichning temperaturalar nisbati T1/T2=7/4T_1/T_2 = 7/4 ga teng. Sovutkichga bir siklda beriladigan issiqlik miqdori Q2=400Q_2 = 400 J ga teng.
a) Gazning besh siklda bajargan ishini (J) aniqlang.
b) Dvigatelning FIK ni (%) toping.
41.
Ikki parallel cheksiz o'tkazgich orasidagi masofa 4 cm, ulardan bir yo'nalishda oqadigan toklar esa mos ravishda 4 A va 3 A ga teng.
a) Ikkala o'tkazgichning 5 m uzunligi qanday kuch bilan (μ\muN) ta'sirlashadi?
b) Birinchisidan 1 cm, ikkinchisidan esa 5 cm uzoqlikda joylashgan nuqtadagi natijaviy induksiyani (μ\muT) aniqlang.
42.
Radiolokatordan chiqayotgan elektromagnit to'lqin uzunligi 12 cm ga teng. U har sekundda 5000 ta impuls chiqaradi. Impuls davomiyligi 2 μ\mus.
a) Radiolokatordan chiqayotgan elektromagnit to'lqinning tebranish davrini (ns) toping.
b) Elektromagnit to'lqin yetib borishi mumkin bo'lgan eng uzoq masofani (km) toping.
43.
Ikki kosmik kema bir tomonga mos ravishda 0,8c0,8c va 0,6c0,6c tezlikda harakatlanmoqda.
a) Ularning nisbiy tezligini klassik usulda toping.
b) Ularning nisbiy tezligini to'g'ri (relyativistik) usulda toping.
44.
Tinchlikdagi energiyasi EE bo'lgan jismning tezligi 0,6c0,6c dan 0,8c0,8c gacha ortdi.
a) Jismning impuls o'zgarishini aniqlang.
b) Jismning kinetik energiyasi qanday o'zgaradi?
45.
Vodorod atomi elektroni 44-energetik sathdan 33-energetik sathga o'tdi.
a) Nurlangan foton chastotasini (Hz) toping.
b) Nurlangan foton impulsini (kg\cdotm/s) toping.