1.
1,8 km/min tezlik necha m/s ga teng?
2.
Bir nechta shkivlar aylanma harakatni bir-biriga uzatmoqda. Birinchi va ikkinchi shkivlar o'zaro bir o'qqa mahkamlangan, ikkinchi va uchinchi shkivlar esa o'zaro tasmali uzatma orqali bog'langan. Agar shkivlarning radiuslari 10R1=2R2=5R310R_1 = 2R_2 = 5R_3 munosabatda bo'lsa, birinchi va uchinchi shkiv chekka nuqtalarining markazga intilma tezlanishlari nisbatini (a1/a3a_1/a_3) aniqlang.
3.
Quyidagi birliklarning qaysi birlarini o'zaro taqqoslash mumkin?

1) kmmin2\frac{\text{km}}{\text{min}^2} 2) dmkgh\frac{\text{dm}\cdot\text{kg}}{\text{h}} 3) km2kgh2\frac{\text{km}^2\cdot\text{kg}}{\text{h}^2} 4) kgmh\frac{\text{kg}\cdot\text{m}}{\text{h}}
4.
Jismga to'rtta kuch rasmda ko'rsatilgandek ta'sir etmoqda. Ushbu kuchlarning teng ta'sir etuvchisini aniqlang.
Savol
5.
Bir kuch m1m_1 massali jismga 2 m/s2^2 tezlanish, m2m_2 massali jismga 6 m/s2^2 tezlanish bera oladi. Shu kuch m1m2m_1 - m_2 massali jismga qanday tezlanish (m/s2^2) bera oladi?
6.
mm massali OAOA sterjen rasmda ko'rsatilgandek muvozanatda turibdi. Bunda: m=2m = 2 kg, OA=1,5OA = 1,5 m va sinα=0,8\sin\alpha = 0,8.

FF kuchning OO nuqtaga nisbatan kuch momentini (N\cdotm) aniqlang.
Savol
7.
Massasi 3,6 kg bo'lgan yog'och bo'lagi yonganda qancha issiqlik miqdori (kW\cdoth) ajraladi?
8.
Massasi 8 kg bo'lgan jism tik yuqoriga 30 m/s tezlik bilan otildi. Jismning maksimal potensial energiyasini (J) toping.
9.
4 kg massali sharcha sharqqa 3 m/s tezlik bilan, 0,5 kg massali sharcha esa 10 m/s tezlik bilan janubga harakatlanib ketyapti. Sistema massa markazining tezligini (m/s) aniqlang.
10.
Zichliklari 4 marta farq qiluvchi 20 dm3^3 hajmli bir xil ikki sharcha rasmda ko'rsatilgandek kerosinda muvozanatda turibdi. Yuqoridagi jismning yarmi suvga botgan. Arqonning taranglik kuchini (N) toping.
Savol
11.
Chetki vaziyatdan tebranishni boshlagan mayatnikning tebranish amplitudasi 12 cm ga teng. Mayatnik ilk 0,5 s da amplitudaning yarmini bosib o'tdi. U keyingi 4,5 s da qancha masofa (cm) bosadi?
12.
1 mol kislorodning molyar massasini (g/mol) aniqlang.
13.
Ideal gaz pV2=constpV^2 = \text{const} qonuniyat bo'yicha kengaymoqda. Bunda gazning temperaturasi qanday o'zgaradi?
14.
Hajmi 40 m3^3 bo'lgan xonadagi harorat 24 ^\circC bo'lganda nisbiy namlik 80 % ni tashkil etdi. Xonadagi suv bug'i massasini (g) toping.
Savol
15.
Ideal issiqlik mashinasi isitkichining temperaturasi 127 ^\circC, sovutkichniki esa 27 ^\circC ga teng. Isitkich minutiga 600 g tabiiy gaz yoqsa, mashinaning quvvatini (kW) aniqlang.
16.
Vakuumda joylashgan nuqtaviy zaryadning o'zidan rr masofada hosil qilgan maydon kuchlanganligi 8,82 V/m ga teng bo'lsa, uning kerosin ichida shu masofadagi maydon kuchlanganligi qancha (V/m) bo'ladi? Kerosin uchun dielektrik singdiruvchanlik 2,1 ga teng.
17.
Zaryadlari 4 nC va 2-2 nC bo'lgan ikki nuqtaviy zaryad orasidagi masofa 10 cm ga teng. 4 nC zaryaddan qanday masofada (cm) elektr maydon kuchlanganligi nolga teng bo'ladi? 21,41\sqrt{2}\approx1{,}41.
18.
Sig'imi CC bo'lgan zaryadlangan kondensator plastinkalari qarshiligi RR bo'lgan o'tkazgich orqali tutashtirildi. Kondensator zaryadining 0,1 % i o'tkazgich orqali o'tishi uchun qancha vaqt kerak bo'ladi?
19.
Zaryadlangan sfera radiusi 2 marta ortsa, uning elektr maydon energiyasi qanday o'zgaradi?
20.
To'la zaryadi qq bo'lgan \ell uzunlikdagi simda zaryadlarning tartibli harakat tezligi vv ga teng bo'lsa, simdan oqayotgan tok kuchini toping.
21.
3 ta bir xil qarshilikni necha xil usulda ulash mumkin?
22.
Berilgan elektr zanjiridagi ampermetrning ko'rsatkichini (A) toping. Manbaning ichki qarshiligini inobatga olmang.
Savol
23.
Fazoda bir nechta tokli o'tkazgichlar biror A nuqtada sharqqa 0,6 T, janubga 0,2 T, pastga 0,9 T induksiyalar hosil qilmoqda. A nuqtadagi natijaviy induksiyani (T) aniqlang.
24.
Tomonlari 20 cm va 30 cm bo'lgan to'g'ri to'rtburchakli ramkaning maksimal aylantiruvchi momenti 240 μ\muN\cdotm ga, ramkadan oqayotgan tok kuchi esa 0,5 A ga teng. Magnit maydon induksiyasini (mT) aniqlang.
25.
Induktivligi 20 mH bo'lgan g'altakdan 12 A elektr toki oqmoqda. G'altakda hosil bo'layotgan magnit oqimni (mWb) aniqlang.
26.
Energiyasi 50 mJ bo'lgan kondensatorga g'altak ulanib elektromagnit tebranishlar konturi hosil qilindi. Tebranish konturining davri 12 ms bo'lsa, 28 ms vaqtdan keyin g'altakdagi energiyani (mJ) toping.
27.
Dielektrik singdiruvchanligi 2,5 va magnit singdiruvchanligi 1,6 bo'lgan muhitning absolyut nur sindirish ko'rsatkichini toping.
28.
Nur sindirish ko'rsatkichi 5/3 bo'lgan suyuqlik ichida 15 cm radiusli havo bo'shlig'i bor. Bo'shliqqa parallel nurlar dastasi tushurilsa, uning ichida ko'rinuvchi nurning radiusi qanday (cm) bo'ladi.
29.
1 mm da 250 ta shtrixi bor difraksion panjara orqali ekranda hosil qilinayotgan 4-tartibli maksimum 3030^\circ da ko'rinadi. Panjaraga tushayotgan to'lqinning uzunligini (nm) toping.
30.
Elektronning impulsi to'lqin uzunligi 490 nm bo'lgan fotonning impulsiga teng. Elektronning tezligini (m/s) aniqlang (vcv \ll c). me=91031m_e = 9\cdot10^{-31} kg.
31.
Vodorod atomi uchta foton nurladi. Nurlangan foton impulslarini taqqoslang.
Savol
32.
82207Pb^{207}_{82}Pb qo'rg'oshin yadrosidagi neytronlar sonini aniqlang.

Topshiriqlar (33-35) va javob variantlari (A-F) ni o'zaro moslashtiring.

33-35.
Stansiyadan 5 km masofaga mis sim orqali ikki liniyali elektr toki uzatilmoqda. Iste'molchiga yetib borayotgan quvvat 90 kW ga, stansiyadagi kuchlanish esa 4 kV ga teng. Liniyada kuchlanishning 10 % i isrof bo'ldi.

Javob variantlari:

A)
200
B)
400
C)
946
D)
50
E)
25
F)
748
SavolABCDEF
33.
Liniyadagi kuchlanish tushuvini (V) aniqlang.
34.
Liniyada oqayotgan tok kuchini (A) aniqlang.
35.
Mis simning massasini (kg) aniqlang.
36.
Massasi 4 kg bo'lgan jism yerdan 80 m balandlikda tinch turibdi. U 1:4 nisbatda parchalangandan keyin, kichik bo'lak 120 m/s gorizontal tezlik oldi.
a) Ikkinchi bo'lakning maksimal kinetik energiyasini (kJ) toping.
b) Bo'laklarning yerga urilish nuqtalari orasidagi masofani (m) aniqlang.
37.
Suvli idishga ipga osilgan alyuminiy sharcha tushirildi. Idish rasmda ko'rsatilgandek gorizontal a=7,5a = 7,5 m/s2^2 tezlanish bilan harakatlana boshladi. Sharcha hajmi 6 dm3^3 ga teng.
Savol
a) Sharchaga ta'sir etayotgan arximed kuchini (N) aniqlang.
b) Ipning taranglik kuchini (N) toping.
38.
Silindr shaklidagi 200 g massali muz bo'lagi vertikal holatda suvda suzib yuribdi. Uning asos yuzasi 80 cm2^2 ga teng. Uni suvga 5 cm botirib qo'yib yuborildi. π3\pi \approx 3.
a) Muz bo'lagining kichik tebranishlar davri (s) topilsin.
b) Maksimal tezligi (m/s) topilsin.
39.
Massasi 5 kg bo'lgan geliy gazining hajmi 127 ^\circC haroratda 2 m3^3 ga teng. Uning zichligi izobarik ravishda 2 kg/m3^3 gacha kamaydi.
a) Gazning oxirgi haroratini (K) toping.
b) Gazga berilgan issiqlik miqdorini (kJ) toping.
40.
Ideal issiqlik dvigateli isitkichining temperaturasi 800 K. Isitkichning bergan issiqlik miqdori 12 kJ ga, sovutgichning olgan issiqlik miqdori esa 3 kJ ga teng.
a) Sovutgichning temperaturasi (K) qancha?
b) Sovutgichning temperaturasini o'zgartirmasdan faqat isitgichning temperaturasi 2 marta orttirilsa, dvigatelning FIK necha marta ortadi?
41.
Tomoni 20 cm bo'lgan muntazam uchburchakning ikkita uchiga 8 nC va 4-4 nC zaryadlar joylashtirilgan.
a) Uchburchakning uchinchi uchidagi umumiy potensialni (V) aniqlang.
b) Uchburchakning uchinchi uchiga 6 nC sinov zaryadi kiritilsa, shu zaryadni qarshisidagi tomon o'rtasiga ko'chirishda bajarilgan ishni (nJ) toping.
42.
O'zgaruvchan tok zanjirida aktiv qarshiligi 12 Ω\Omega ga, to'la qarshilik esa 18 Ω\Omega ga teng. Zanjirdagi kuchlanishning effektiv qiymati 27 V.
a) Quvvat koeffitsiyentini toping.
b) Zanjirdagi effektiv tok kuchini (A) toping.
43.
600 nm to'lqin uzunlikdagi monoxromatik yorug'lik difraksion panjaraga tik tushmoqda. Panjara doimiysi 3,5 μ\mum ga teng.
a) Ekranda hosil bo'layotgan eng katta tartibini aniqlang.
b) Ekrandagi maksimumlar sonini toping.
44.
Tinchlikdagi energiyasi 8 pJ bo'lgan zarra 0,6c0,6c tezlik bilan harakatlanmoqda.
a) Zarrachaning kinetik energiyasini (pJ) toping.
b) Zarrachaning impulsini (kg\cdotm/s) toping.
45.
nn ta α\alpha va 7 ta β\beta^- yemirilishdan so'ng elementning protonlar soni 9 taga kamaygan.
a) nn ni toping.
b) Elementning atom massasi qanchaga kamaygan?