1.
202620252026^{2025} ifodani 7 ga bo'lgandagi qoldiqni toping.
2.
Quyidagilardan nechtasi ratsional sonlar?

1) 717\frac{7}{17} 2) 2217\frac{22}{17} 3) 2+lg32 + \lg 3 4) lne4+831\sqrt{\ln e^4} + \sqrt{\sqrt[3]{8} - 1} 5) 1+23\sqrt[3]{1 + \sqrt{2}}
3.
Berilgan ikki xonali sonning o'nlar xonasi birlar xonasidan 3 ga katta. Ikki xonali sonning raqamlari yig'indisining shu ikki xonali songa ko'paytmasi 364 ga teng. Bu sonning raqamlari ko'paytmasini toping.
4.
O'quvchi ikkita kitobni 205000 so'mga sotib oldi. Agar birinchi kitob narxi 15%15\% ga kamaytirilsa va ikkinchi kitob narxi 20%20\% ga oshirilsa, u holda kitoblarning yangi narxlari o'zaro teng bo'ladi. Birinchi kitobning narxi ikkinchi kitob narxidan necha so'mga qimmat ekanini aniqlang.
5.
Hisoblang.

((572)47+(163)112)33\left(\left(5^{\frac{7}{2}}\right)^{\frac{4}{7}} + (16^3)^{\frac{1}{12}}\right) \cdot 3^{-3}
6.
(211;75)\left(2\sqrt{11}; 7\sqrt{5}\right) oraliqda nechta butun son bor?
7.
Hisoblang.

12+21222\frac{1}{\sqrt{2} + 2} - \frac{1}{2 - \sqrt{2}} - \sqrt{2}
8.
nn ta hadli arifmetik progressiyaning nn ta hadi o'rta arifmetigi 2n2n ga teng bo'lsa, arifmetik progressiyaning o'ninchi hadini toping.
9.
Musbat hadli geometrik progressiyada b1+b2+b3=21b_1 + b_2 + b_3 = 21 va 1b1+1b2+1b3=712\frac{1}{b_1} + \frac{1}{b_2} + \frac{1}{b_3} = \frac{7}{12} tenglik o'rinli bo'lsa, b2b_2 ni toping.
10.
Agar (a+b+2024)2=4(a+2023)(b+1)(a + b + 2024)^2 = 4(a + 2023)(b + 1) bo'lsa, aba - b ni toping.
11.
Soddalashtiring: (x>8)(x > 8)

x+4x4+x4x4\sqrt{x + 4\sqrt{x - 4}} + \sqrt{x - 4\sqrt{x - 4}}
12.
Soddalashtiring.

1sin4αcos4αtg2α\frac{1 - \sin^4\alpha - \cos^4\alpha}{\operatorname{tg}^2\alpha}
13.
Tenglama nechta haqiqiy yechimga ega?

4x2cosx=0\sqrt{4 - x^2} \cdot \cos x = 0
14.
Tenglamaning haqiqiy ildizlari yig'indisini toping.

(743)x+(7+43)x=14\left(\sqrt{7 - 4\sqrt{3}}\right)^x + \left(\sqrt{7 + 4\sqrt{3}}\right)^x = 14
15.
Tenglamaning haqiqiy ildizlar yig'indisini toping (agar u bitta bo'lsa, shu ildizini toping).

log3x7(912x+4x2)+log2x3(6x223x+21)=4\log_{3x-7}(9 - 12x + 4x^2) + \log_{2x-3}(6x^2 - 23x + 21) = 4
16.
Tenglama nechta haqiqiy ildizga ega?

x2(π10)x10π=0x^2 - \left(\pi - \sqrt{10}\right)|x| - \sqrt{10}\pi = 0
17.
Tenglamaning eng katta ildizini toping.

x410x3+26x210x+1=0x^4 - 10x^3 + 26x^2 - 10x + 1 = 0
18.
Tengsizlik nechta butun yechimga ega?

2x1x7\bigl||2x - 1| - x\bigr| \le 7
19.
Tengsizlikni qanoatlantiruvchi butun sonlar nechta?

1x<1\left|1 - \sqrt{x}\right| < 1
20.
Agar f(x)={8+x,agar x<02x,agar x0f(x) = \begin{cases} 8 + x, & \text{agar } x < 0 \\ 2 - x, & \text{agar } x \ge 0 \end{cases} bo'lsa, f(f(f(5)))f\bigl(f(f(-5))\bigr) ni toping.
21.
Aniq integralni hisoblang.

01(x3x+2)2025(3x21)dx\int_0^1 (x^3 - x + 2)^{2025} \cdot (3x^2 - 1)\,dx
22.
f(x)=lnxlogcosxsinxf(x) = \left|\ln x - \log_{\cos x}\sin x\right| funksiyaning x0=π4x_0 = \frac{\pi}{4} nuqtadagi hosilasini toping.
23.
ABCABC uchburchakka aylana tashqi chizilgan. Bunda CBO=40\angle CBO = 40^\circ, OO — nuqta aylana markazi bo'lsa, α\alpha burchakni toping.
Savol
24.
f(x,y,z)=x2+1x212y212y2+1+4z214z2+1f(x, y, z) = \frac{x^2 + 1}{x^2 - 1} - \frac{2y^2 - 1}{2y^2 + 1} + \frac{4z^2 - 1}{4z^2 + 1}, a>1|a| > 1, 1<b1-1 < b \le 1 va 1c<1-1 \le c < 1 funksiya berilgan. Funksiyaning x=a21a1x = \frac{\sqrt{a^2 - 1}}{a - 1}, y=1b2+2by = \sqrt{\frac{1 - b}{2 + 2b}}, z=1c22(c1)z = \frac{\sqrt{1 - c^2}}{2(c - 1)} bo'lgandagi qiymatini toping.
25.
ABCABC uchburchakning BEBE bissektrisasi ACAC tomonni 4 va 8 ga teng kesmalarga ajratadi. Agar AB=6AB = 6 bo'lsa, BEBE kesma uzunligini toping.
Savol
26.
ABCABC uchburchakda ABAB va BCBC tomonlariga mos ravishda DD va EE nuqtalar olingan. AEAE va CDCD kesmalar OO nuqtada kesishadi. Kesmalar orasida BD:AB=1:3BD : AB = 1 : 3 va BE:BC=1:2BE : BC = 1 : 2 tengliklar o'rinli. Agar ABCABC uchburchakning yuzi 60 ga teng bo'lsa, AOCAOC uchburchak yuzini toping.
Savol
27.
ABCDABCD trapetsiyaga aylana ichki chizilgan. Aylana markazidan CC va DD uchlarigacha bo'lgan masofalar mos ravishda 2 va 4 ga teng. ABCDABCD trapetsiyaning yuzini toping.
Savol
28.
Muntazam oltiburchakning tomoni 1 ga teng. Uning tomonlari o'rtalari tutashtirilib yana oltiburchak hosil qilindi. Hosil bo'lgan oltiburchakka yana shunday tomonlari tutushtirildi va bu jarayon cheksiz davom etdi. Hosil bo'lgan oltiburchaklar yuzini toping.
29.
AB(6;2)\overrightarrow{AB}(6; 2) va AC(4;12)\overrightarrow{AC}(4; -12) vektorlardan tashkil topgan ABCABC uchburchakka tashqi chizilgan aylana radiusini toping.
30.
α\alpha tekislikdan tashqarida joylashgan AA nuqtadan ushbu tekislikka ABAB va ACAC og'malar hamda AHAH perpendikulyar tushirilgan. Bu yerda HH — perpendikulyarning asos nuqtasi bo'lib, BB, CC va HH nuqtalar α\alpha tekislikda yotadi. Agar AH=4AH = 4, ABH=45\angle ABH = 45^\circ, ACH=60\angle ACH = 60^\circ, BHC=60\angle BHC = 60^\circ bo'lsa, AHBCAHBC piramidaning hajmini toping.
31.
A={1;2;3;4;5;6}A = \{1; 2; 3; 4; 5; 6\} to'plam berilgan. Ushbu to'plamning nechta qism to'plamida 3 yoki 5 dan kamida bittasi qatnashadi?
32.
1000 gacha bo'lgan natural sonlar ichida 11 ga qoldiqsiz bo'linadigan va 2 ga ham 3 ga ham qoldiqsiz bo'linmaydigan sonlar nechta?

Topshiriqlar (33-35) va javob variantlari (A-F) ni o'zaro moslashtiring.

33-35.
Rasmda hajmlari teng bo'lgan konus, silindr va shar berilgan. Silindr o'q kesimi kvadratdan, konus o'q kesimi muntazam uchburchakdan iborat bo'lsa, (bu yerda rkonusr_{konus}, rsilindrr_{silindr}, rsharr_{shar} — asoslarning radiuslari)
Savol

Javob variantlari:

A)
1262\frac{\sqrt[6]{12}}{2}
B)
3663\frac{\sqrt[6]{3}}{\sqrt[3]{6}}
C)
1832\frac{\sqrt[3]{18}}{2}
D)
1236\frac{\sqrt[3]{12}}{6}
E)
1833\frac{\sqrt[3]{18}}{3}
F)
632\frac{\sqrt[3]{6}}{2}
SavolABCDEF
33.
Silindr asosi radiusining konus asosining radiusiga nisbatini (rsilindrrkonus)\left(\frac{r_{silindr}}{r_{konus}}\right) toping.
34.
Shar radiusining konus radiusiga nisbatini (rsharrkonus)\left(\frac{r_{shar}}{r_{konus}}\right) toping.
35.
Silindr asosi radiusining shar radiusiga nisbatini (rsilindrrshar)\left(\frac{r_{silindr}}{r_{shar}}\right) toping.
36.
Tenglama berilgan.

2(x2+x+1)213(x31)=7(x1)22(x^2 + x + 1)^2 - 13(x^3 - 1) = 7(x - 1)^2
a) Tenglama nechta haqiqiy ildizga ega?
b) Tenglamaning haqiqiy ildizlari ko'paytmasini toping.
37.
Tenglamani yeching.

(sinx+cosx)4+(sinxcosx)4+sin4x=3(\sin x + \cos x)^4 + (\sin x - \cos x)^4 + \sin 4x = 3
a) Eng kichik musbat ildizini toping.
b) [π;2π][-\pi; 2\pi] oraliqda nechta ildizga ega?
38.
f(x)f(x) funksiya uchun 2f(x)+f(1x)=3x2+x+4x(1x)2f(x) + f(1 - x) = \frac{3x^2 + x + 4}{x(1 - x)} tenglik o'rinli bo'lsa, (bunda f1(x)f^{-1}(x)f(x)f(x) ning teskari funksiyasi)
a) f(2)f(2) ni toping.
b) f1(2)f^{-1}(-2) ni toping.
39.
f(x)=2xf(x) = 2\sqrt{x} funksiya berilgan.
a) f(x)=2xf(x) = 2\sqrt{x} ga o'tkazilgan urinma OxOx o'qi bilan 3030^\circ tashkil qiladi. Urinmaning OxOx o'qi bilan kesishgan nuqtasidan y=2xy = 2\sqrt{x} funksiyagacha bo'lgan eng qisqa masofani toping.
b) f(x)=2xf(x) = 2\sqrt{x} funksiyasidan y=x2+3y = \frac{x}{2} + 3 to'g'ri chiziqqacha bo'lgan eng qisqa masofani toping.
40.
f(x)=x3+ax2+bx+cf(x) = x^3 + ax^2 + bx + c funksiya OxOx o'qini (1;0)(-1; 0) nuqtada kesib o'tadi va (2;0)(2; 0) nuqtada urinadi.
Savol
a) a+b+ca + b + c ning qiymatini toping.
b) Chegaralangan soha yuzini toping.
41.
Rasmda tomonlari 2, 4 va 6 ga teng bo'lgan kvadratlar tasvirlangan.
Savol
a) Shtrixlangan soha yuzini toping.
b) TK|TK| kesma uzunligini toping.
42.
ABCABC uchburchakning ACAC va ABAB katetlari mos ravishda 3 va 4 ga teng. ACAC kateti va BCBC gipotenuzasi orqali tashqi BCFEBCFE va ACMLACML kvadratlar chizilgan. Bunda O1O_1 va O2O_2 mos ravishda ACMLACML va BCFEBCFE kvadratlar diagonallari kesishish nuqtasi.
Savol
a) MF|MF| uzunligini toping.
b) AO1O2AO_1O_2 uchburchak yuzini toping.
43.
ABCDABCD trapetsiyaga aylana tashqi chizilgan. Trapetsiyaning kichik asosi 3 ga, katta asosi 13 ga, BB nuqtadan aylanadagi EE va DD nuqtalargacha bo'lgan masofalar 10 ga teng (bunda EE va DD nuqtalar ustma-ust tushmaydi).
Savol
a) AEAE kesma uzunligini toping.
b) ABCDEABCDE beshburchak yuzini toping.
44.
Yarim shar, silindr va konusdan quyidagi jism yasalgan. Konus yasovchisi 5 cm ga, shar radiusi 3 cm ga va jismning umumiy uzunligi 15 cm ga teng bo'lsa,
Savol
a) Jismning to'la sirtini (cm2cm^2) toping.
b) Jismning hajmini (cm3cm^3) toping.
45.
Quyida osma ko'prik parabola shaklida tasvirlangan. Ko'prikning eng katta ustunlari orasidagi masofa 300 m, qolgan ustunlar orasidagi masofalar 15 m dan va katta ustun balandligi 67 m ga teng. Ko'prik markaziga koordinata boshi ya'ni O(0;0)O(0; 0) nuqta joylashtirilgan.
Savol
a) Parabola tenglamasini tuzing.
b) 10 ta kichik ustunlar uzunliklari yig'indisini toping.