Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Darslikdagi barcha qalin yozilgan atamalar, rasm ostidagi izohlar va rasmiy lug‘at.
Sindzo Abe 2012-yildan boshlagan islohotlar nomi: pul- kredit sohasini kengaytirish, iqtisodiyotni moliyaviy qo‘llab- quvvatlash, byudjet xarajatlarini oshirish, eksportni rag‘batlantirish, strukturaviy islohot. Natijada ishsizlik pasaydi, eksport ko‘paydi, iqtisodning qayta tiklanishiga yordam berdi
R. Erdog‘an asos solgan konservativ islom yo‘nalishidagi partiya; 2002-yilgi parlament saylovida g‘alaba qozonib, hukmron partiyaga aylandi
Iqtisodiyoti asosan qishloq xo‘jaligiga asoslangan mamlakat; Moldova iqtisodiy jihatdan agrar-industrial mamlakatlar qatoriga kiradi
Iroq agressiyasi — 1990-yil 2-avgustda Iroq armiyasining Kuvaytga bostirib kirishi; u Kuvaytni mintaqaviy xavfsizlik konsepsiyasini to‘liq qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi, iqtisodiy oqibatlari ham juda og‘ir bo‘ldi
Tashkilot; AQSH ma’muriyati 2001-yil 11- sentyabrda Nyu Yorkda uyushtirilgan terroristik aktlar uchun javobgarlikni «Al-Qoida» tashkiloti bilan Usoma bin Lodinga yukladi va terrorchilarning bazalarini bombardimon qildi
Xitoyda inson aralashuvisiz boshqarilayotgan fabrikalar; ularda narsalarning industrial interneti (IIoT) kabi texnologiyalar qo‘llaniladi
XXI asr boshlarida arab mamlakatlarida boshlangan inqilobiy jarayonlar; 2011-yili Suriyani ham qamrab oldi
Bir-biridan unchalik uzoq bo‘lmagan va odatda, bir butun deb hisoblanadigan orollar to‘dasi
Kambodja 1999-yili uning teng huquqli a’zosi bo‘ldi
Hamfikr a’zo; Turkmaniston MDHning assotsiatsiyalashgan (hamfikr) a’zosi
1957-yilgi Rim shartnomasi asosida YIH bilan birga tashkil etilgan hamjamiyat
Axborot va yangi texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida shakllana boshlagan, olimlar «axborot jamiyati» deb atagan jamiyat
1990-yili Moldovaning janubi-sharqiy mintaqalaridagi mahalliy rusiyzabon aholi orasida kuchaygan kayfiyat; ular o‘zlari yashaydigan hududni Dnestrbo‘yi Moldaviya Respublikasi deb e’lon qildi, bu qonli to‘qnashuvga olib keldi
Yaponiyada so‘nggi yillarda ishlab chiqilgan dastur; shunga qaramay jamiyatda ayollar o‘rni past, rahbarlik lavozimlarida ularning hissasi 5% ni tashkil qiladi
Iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar jarayoni bo‘lib, unda tabiiy resurslardan foydalanish, investitsiyalarni yo‘naltirish, ilmiy-texnik taraqqiyotning yo‘nalishini belgilash, shaxsning rivojlanishi va institutsional o‘zgarishlar bir-biri bilan moslashtiriladi; maqsad kishilarning sifatli yashash darajasini ta’minlash
Armanistonda S. Sargsyanning bosh vazir lavozimiga saylanishiga qarshi boshlangan norozilik namoyishlari; natijada u iste’foga chiqdi va 2018-yil may oyida hokimiyatga muxolifat yetakchisi N. Pashinyan keldi
Ikki nemis davlatini ajratib turgan devor; 1989-yil 9- noyabrda qulatildi
2008-yil avgustda Gruziya va Rossiya o‘rtasida Janubiy Osetiya va Abxaziya sababli bo‘lib o‘tgan, tezda yakunlangan harbiy mojaro
Gonkong (xit. Syangan) va Makao (Aomen) — Xitoyning shu tamoyil amal qiluvchi maxsus ma’muriy hududlari. Gonkong 1997-yilgacha Britaniya, Makao 1999-yilgacha Portugaliya hududi edi
Asosiy aholisi bitta millatga mansub davlat
1991-yilgi konstitutsiyaga binoan Laosda hukmron bo‘lgan tizim; mamlakatdagi yagona siyosiy partiya — Laos Xalq demokratik partiyasi
Polshada muxolifatdagi kasaba uyushmasi; uning yetakchisi Lex Valensa 1990-yilgi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi
O‘zbekiston faoliyatida qatnashib kelayotgan, xalqaro maydonda nufuzli bo‘lgan xalqaro tashkilotlardan biri
Xitoyda 2016-yilgacha uzoq yillar olib borilgan siyosat; uning natijasida mamlakatda yoshlar soni keksa avlod soniga nisbatan kamayib ketdi
2013-yili AQSHda paydo bo‘lgan jamoat tashkiloti; 2020- yili Jorj Floydning o‘ldirilishi butun dunyoda «Black Lives Matter» norozilik namoyishlariga olib keldi
SSSR parchalangach, sobiq sovet respublikalarining asosiy qismi tanlagan iqtisodiy yo‘l; erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish fuqarolarning iqtisodiy faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratdi
Lotin Amerikasi mamlakatlarining AQSH bilan munosabatlaridagi modellardan biri: AQSH bilan pragmatik hamkorlik tarafdori bo‘lgan variant. Bu variant AQSHning Braziliya va Argentina bilan munosabatlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi
Germaniya parlamenti; 2005-yil noyabrda bundestag yig‘ilishida A. Merkel GFR kansleri etib saylandi
1930-yillardagi inqiroz; 2007–2009-yillardagi global inqirozni miqyosi va oqibatlari bo‘yicha faqat u bilan tenglashtirish mumkin
Rossiya davlat hokimiyatining yangi organlaridan biri; 1993-yil dekabrda Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi
Turkiyada so‘nggi yuz yillik tarixi davomida bir nechta davlat to‘ntarishi bo‘lib, hokimiyatni harbiylar egallagan. 2016-yili harbiylar navbatdagi harbiy to‘ntarishni amalga oshirishga urinib ko‘rdi, ammo isyon bostirildi
(ingliz. default — majburiyatlarni bajarmaslik) — kredit shartnomasini bajarmaslik, ya’ni qarz majburiyatlari yoki obligatsiyali kredit shartnomasi bo‘yicha foizlarni yoki asosiy qarzni o‘z vaqtida to‘lamaslik, to‘lay olmaslik
Osiyo va Afrika mamlakatlarida XX asr oxirida kuzatilgan aholining shiddat bilan o‘sishi; tibbiyot yutuqlari tufayli o‘rtacha umr ko‘rish o‘sib, bolalar o‘limi pasaydi. Resurslar cheklangan holda u ko‘plab yechilmayotgan muammolar manbayiga aylandi
Sharqiy Yevropada asosan tinch yo‘l bilan amalga oshirilgan inqiloblar; ular natijasida Sharqiy Yevropa davlatlari rivojlanishning iqtisodiy va siyosiy yo‘nalishi etib Yevropa Ittifoqini tanladi
Afrika mamlakatlarida fuqarolik jamiyatini tuzishga intilish, bir partiyali tizimdan ko‘p partiyali tizimga o‘tish tendensiyalari
Mamlakatdan noqonuniy (nolegal) migrantlarni chiqarib yuborish; D. Tramp davrida AQSH tarixidagi eng yirik deportatsiya dasturi amalga oshirilib, qisqa muddatda minglab nolegal migrantlar chiqarib yuborildi
Qat’iy xalqaro valyutaga nisbatan milliy valyutaning rasmiy kursini pasaytirish
Afg‘onistonda tolibon hukumati tomonidan tashkil etilgan, jamiyat hayotida shariat normalariga rioya qilish ustidan nazorat qiluvchi politsiya
(lot. diversificatio — o‘zgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi
Xalqaro huquqda jinoyat sodir qilgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki unga nisbatan chiqarilgan sud hukmini ijro etish uchun bir davlatdan ikkinchi davlatga berish
O‘zining siyosiy, diniy yoki boshqa ijtimoiy xavfli g‘oyalari haqligiga ishongan va ularni kishilar, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish uchun harakat qiladigan «g‘oyaviy» jinoyatchi
Ijtimoiy-siyosiy, diniy, milliy maqsadlarga taqiqlangan usullar orqali erishishning nazariyasi va amaliyoti. Taqiqlangan usullar deganda inson va fuqaro huquq va erkinliklariga qonunda man etilgan kuch ishlatish, zo‘rlik yo‘li bilan tajovuz qilish tushuniladi
XX asr oxiriga kelib katta moddiy resurslarga ega bo‘lmagan davlatlar ham to‘qnash kela boshlagan muammolar; XXI asrda etno-ijtimoiy mojarolar o‘tgan asrdagi sinfiy kurashlarga nisbatan ham jiddiyroq muammolar manbayi bo‘lishi mumkin
Etnik mojaroning shakllaridan biri bo‘lib, unda etnik ziddiyat diniy ziddiyat bilan qo‘shilib ketadi
1993-yili Vashingtonda Isroil va FOQT delegatsiyalari uni bosqichma-bosqich 5 yil ichida tuzish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi; birinchi bosqich G‘azo sektori va Iordan daryosining G‘arbiy sohilini FOQTning avtonom boshqaruviga berish bilan boshlandi
Oslo shahrida imzolangan kelishuvga ko‘ra 1994-yili Yosir Arofat boshchiligida tashkil qilingan; siyosiy markazi etib Romalloh shahri belgilandi
Falastinliklarning o‘z davlatini saqlab qolish uchun kurashiga boshchilik qilish uchun tuzilgan tashkilot; unga uzoq yillar Yosir Arofat boshchilik qildi. 1993-yili Isroil va FOQT bir-birini tan olganligi to‘g‘risida e’lon qilindi
1993-yili prezident B. Yelsin farmoni bilan saylovlar o‘tkazilgan Rossiya davlat hokimiyatining yangi organlaridan biri; 1993-yil dekabrda unga saylovlar bo‘lib o‘tdi
Obro‘li klub; 2008-yildan Lotin Amerikasidagi eng yirik uchta davlat — Braziliya, Meksika va Argentina unga a’zo bo‘ldi
Jahonning yetakchi liderlari norasmiy klubi; 1994-yili AQSH prezidenti Bill Klinton Rossiyani G7 ga taklif qildi
Ijtimoiy tizimning muhim belgisi bo‘lib, unga binoan, turli ijtimoiy guruhlar, ayni holatda erkaklar va ayollarning jamiyatdagi imkoniyatlari bir-biridan muqim farq qiladi
1990-yillar o‘rtalarida Ruanda va Burundida tutsi va xutu xalqlari o‘rtasidagi kurash keskinlashib, genotsidga olib keldi; natijada Ruandaning 1 millionga yaqin aholisi halok bo‘ldi
1991-yil avgustda bir guruh sovet rahbarlari tomonidan tuzilgan qo‘mita; uning tuzilishi SSSRning parchalanish jarayonini yanada tezlashtirdi
Atmosferaga is gazining ko‘p miqdorda chiqarilishi boshlab bergan jarayon; sayyoramizda o‘rtacha harorat yil sayin ko‘tarilib bormoqda
2007–2008-yillari AQSHning moliya sektorida boshlangan inqiroz 2009-yilga kelib dunyo miqyosidagi global retsessiyaga aylandi; miqyosi va oqibatlari bo‘yicha uni faqat 1930-yillardagi Buyuk depressiya bilan tenglashtirish mumkin
Ukraina milliy valyutasi; 1996-yili muomalaga kiritilgan, ammo tez qadrsizlanib bordi
1992-yil fevralda Italiyada boshlangan kampaniya; unda hokimiyatning yuqori qatlami va asosiy partiyalar rahbariyatida ommaviy korrupsiya holatlari aniqlandi, poraxo‘rlikda ayblanib uch mingga yaqin kishi qamoqqa olindi
Harbiy mashg‘ulotlar yoki qurol va harbiy texnikani sinovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan obyekt
2004-yil mayda bo‘lib o‘tgan saylovlarda so‘llar bilan hamkorlikda g‘olib chiqqan partiya; hukumatni Manmohan Singh boshqardi
Xalqaro munosabatlarda qirq yildan ortiq hukmronlik qilgan dunyo tartibi; Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotsializmning qulashi, SSSRning parchalanishi natijasida «ikki qutbli dunyo» modeli barham topdi
XX asrning ikkinchi yarmidagi inqilob, so‘nggi yuz yil davomidagi ilm-fan rivojlanishining qonuniy natijasi; asosiy belgilari tovarlarni tabiiy va sintetik materiallardan ommaviy ishlab chiqarish, mashinalardan keng foydalanish, konveyerli liniyalar, zavod- avtomatlar va sanoat robotlarini yaratish
Bir davlatdan boshqasiga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun ko‘chuvchi shaxs
1990-yillarda Rossiyada to‘xtatishning iloji bo‘lmagan jarayon; 1992-yil 1-yanvardan erkin qo‘yib yuborilgan narxlar keskin ko‘tarildi, inflyatsiya va siyosiy beqarorlik investitsiyalarning kirib kelishiga to‘sqinlik qildi
Alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma- xilligini hisobga olgan holda barcha o‘quvchilar uchun teng sharoitlar ta’minlangan holda beriladigan ta’lim. Inklyuziv ta’lim maktablarda jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladi
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy institutlardagi rivojlanish va o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi
XXI asrning birinchi choragida jadallashgan jahon iqtisodiyotining birlashuv jarayoni; bunda G‘arb davlatlarining rivojlanayotgan mamlakatlar bilan yaqinlashuvi yuz berdi
2013-yili XXR Raisi Si Szinpin ilgari surgan tashabbuslar; xalqlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va aloqalarni kengaytirishga yo‘naltirilgan bu megaloyihalar borgan sari dunyoning ko‘plab mamlakatlarini jalb qildi
O‘zbekiston faoliyatida qatnashib kelayotgan, xalqaro maydonda nufuzli bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardan biri
Bu iqtisodiyotning pulning harakati, foiz stavkalari, valyuta kursi, ish haqi, shuningdek, ishlab chiqarish va iste’molning dinamikasi bilan xarakterlanuvchi holati, faollik darajasini bildiradi
Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiyaning tezda tiklanib, jahonning iqtisodiy yetakchi davlatlaridan biriga aylanishi (yapon «iqtisodiy mo‘jizasi»)
Irqlarning teng emasligi, «oliy» irqlarning «past» irqlar ustidan hukmronlik qilishi to‘g‘risidagi g‘ayriilmiy, reaksion nazariya
Voqelikni bilishda ongning imkoniyatini rad etuvchi yoki uni juda cheklangan deb biluvchi falsafiy konsepsiya
O‘zbekiston faoliyatida qatnashib kelayotgan, xalqaro maydonda nufuzli bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardan biri
Erondagi 1979-yilgi inqilob; tarixda birinchi marta islomiy boshqaruvni umumdemokratik institutlar bilan birlashtirdi, Eronning jahon va mintaqa siyosatidagi roli va o‘rnini o‘zgartirdi. Uning g‘oyalari butun mintaqa rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatib kelmoqda
Italiyada urushdan keyingi iqtisodiy o‘sish shunday deb atalgan; u aholining hayot tarzida, qadriyatlar va madaniyatida tub burilishlar yasadi
Rossiya va Belarus o‘rtasida tuzilishi to‘g‘risida shartnoma imzolangan ittifoq davlat; u ikki davlat o‘rtasida yaqinlashuv va huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, bojxona va boshqa tizimlarni birlashtirishni, davlatlararo hokimiyat tizimlarini shakllantirishni, ayni paytda davlatlar mustaqilligi va suvereniteti saqlanib qolishini ko‘zda tutadi
Xalqaro hamjamiyatdan ajratib qo‘yish, yakkalash
Tashkilot; Saudiya Arabistoni podshoh Abdulloh davrida (2005–2015) unga a’zo bo‘ldi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti. D. Tramp AQSHning JSSTdan chiqishi to‘g‘risida farmon imzolagan, J. Bayden bu farmonni bekor qildi
SSSR tarqalib ketganidan so‘ng, Kobulga mujohidlar kirib kelgach, Afg‘onistonda hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan guruh; mamlakat nomi Afg‘oniston Islom Respublikasi deb o‘zgartirildi, barcha qonunlar bekor qilinib, shariat qoidalari joriy etildi
2011-yili Suriya janubidagi Darayya shahrida juma namozidan so‘ng boshlangan g‘alayonlar shunday nom oldi; isyonchilar B. Asad rejimini ag‘darish, demokratik islohotlar o‘tkazishni talab qildilar
Bugungi kunda Germaniya va Avstriyada hukumat rahbari
Bu qo‘shimcha qiymat olishda foydalaniladigan moddiy, intellektual va moliyaviy vositalar yig‘indisi
Xitoy hukumati 2018-yili SHUARdagi «majburiy» lagerlar mavjudligini tan olib, ularni shunday deb atadi va mintaqada ekstremizmga qarshi kurash uchun zaruriy choralar sifatida qarashini bildirdi
Laosning milliy valyutasi; XXI asr boshiga kelib uning qiymati oshmoqda
B. Klinton davrida AQSHni ijtimoiy davlatga aylantirish siyosati: ma’muriyat ijtimoiy sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi, federal xarajatlarning asosiy qismi inson resurslarini rivojlantirishga sarflandi
Bir partiya (blok) hukumatni shakllantirish uchun yetarli ovoz ololmaganda tuziladigan hukumat; 2025-yilgi saylovda g‘olib XDI va XSI bloki ovozlari yetarli bo‘lmagani sababli shunday hukumat tuzildi
Lotin Amerikasi mamlakatlarining AQSH bilan munosabatlaridagi modellardan biri: iqtisodiy va xavfsizlik manfaatlarining umumiyligi asosida AQSH bilan do‘stona munosabatlar tarafdori bo‘lgan variant. Bunga Kolumbiya va Meksikani kiritish mumkin
Falastin 2012-yili shu maqomda BMT faoliyatida qatnashish huquqini oldi
Aholisi ko‘p millatli tarkibga ega davlat; bu shu davlatda etno- ijtimoiy qarama-qarshilik kelib chiqishini muqarrar qilib qo‘ymaydi (masalan, O‘zbekistonda turli millatlarning tinch-totuv yashash an’anasi shakllangan)
Jahonda bir-biridan ustun bo‘lmagan bir nechta siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy markazlar (qutblar)ning mavjudlik holati
Zamonaviy demokratik mamlakatlarda siyosiy hayotni tashkil qilishning asosiy konstitutsiyaviy tamoyillaridan biri bo‘lib, mafkuraviy plyuralizm (ko‘pfikrlilik)ning yorqin ifodalangan ko‘rinishidir
Ularga Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Qatar, Kuvayt va O‘mon kiradi
Yaponiyaning hukmron partiyasi; 1996-yili hokimiyatga kelgan, yetakchisi Ryutaro Xasimoto. XX asr oxiri — XXI asrda ichki siyosatda yetakchilikni saqlab qoldi
Turkiyaning milliy valyutasi; liraning qadrsizlanishi Turkiyadagi moliyaviy beqarorlikka sabab bo‘lgan omillardan biri bo‘ldi
1998-yil martda bo‘lib o‘tgan parlament saylovida g‘alaba qozongan partiya; uning yetakchisi A. B. Vajpayi bosh vazir lavozimini egalladi
Qirg‘izistonda 2005-yilgi voqealar; natijasida hokimiyatga K. Bakiyev keldi
Bu nom hudud aholisining o‘zagi lotin tili bo‘lgan ispan, portugal va fransuz tillarida so‘zlashishi sababli kelib chiqqan; mintaqa 20 million kv.km hududni egallaydi va 33 ta mustaqil davlat va bir qancha qaram hududlardan iborat
Bu afg‘on qabilalari tomonidan saylanadigan umumafg‘on oqsoqollar kengashi
Italiyaning siyosiy va iqtisodiy hayotida keng tarqalgan salbiy hodisa; davlat institutlarining chuqur inqirozi mafiya tizimlarining faoliyati bilan bog‘liq edi, hokimiyatning oliy rahbariyati bilan mafiya o‘rtasidagi aloqa sud jarayonida ochib tashlandi
Totalitar mafkuraning barham topishi natijasida vujudga kelgan holat; unga progressiv g‘oyalar bilan birga millatchilik, diniy mutaassiblik, tajovuzkorlik g‘oyalari ham kirib keldi
Mamlakat miqyosida moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyot
Bu belgilangan parametrlar bo‘yicha ma’lum mahsulot turini yaratish borasidagi barcha texnologik jarayonlar (ilmiy- texnik izlanishlar, konstruktorlik ishlari, ishlab chiqarishni tayyorlash, ishlab chiqarish, sotish va loyihani servis qo‘llab- quvvatlash) majmuyi
2019-yildan tashkil qilingan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi; unda mintaqadagi iqtisodiy, xavfsizlik, suv va energetika, gumanitar hamda boshqa sohalardagi muammolar o‘z yechimini topib bormoqda
Den Syaopin tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida Xitoyning qirg‘oq bo‘yidagi to‘rtta viloyatini shunday deb e’lon qildi; bu iqtisodiy zonalarda chet el investorlari uchun qulay sharoitlar yaratildi
Tinchlik garovi; etnik mojarolarning oldini olishning samarali yo‘li
Laos parlamenti; 1991-yili konstitutsiya qabul qilingach, uning qonunchilik faoliyati kuchaydi
SSSRda 1920-yillarda o‘tkazilgan sovet respublikalari o‘rtasidagi chegaralarni belgilash; unda etnik faktor yaxshi inobatga olinmagan, natijada ko‘plab aholi vakillari o‘z milliy respublikalari hududidan tashqarida qolib ketgan
Mistika, ya’ni g‘ayritabiiy kuchlarga moyillik, mistikaga asoslangan diniy-idealistik dunyoqarash shakli
Bu bitta mamlakatda va butun dunyoda madaniyatlar xilma-xilligini saqlab qolishga yo‘naltirilgan siyosat hamda bu siyosatni asoslovchi nazariya va mafkura
1990-yili ko‘plab sovet respublikalarida qabul qilingan hujjat; respublikalar konstitutsiyalariga o‘zgartirishlar kiritilib, respublika qonunlarining ittifoq qonunlariga nisbatan ustunligi ta’minlandi
Misrdagi radikal tashkilot; 2011-yil H. Muborak iste’foga chiqqach bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida shu tashkilotdan nomzod M. Mursiy g‘alaba qozondi
Bu 1920–1940-yillardagi fashistik tashkilotlarning g‘oyaviy-siyosiy davomchisi bo‘lgan o‘ng radikal oqim
XX asr oxiriga kelib Lotin Amerikasida oldingi o‘ringa chiqqan rivojlanish modeli; Augusto Pinochet davrida Chilida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Neoliberal islohotlarning birinchi bosqichi iqtisodiy o‘sishga turtki bo‘lib, modernizatsiyaga ko‘maklashgan bo‘lsa, keyinchalik ba’zan retsessiyaga olib keldi; 2001-yili Argentinaning defolt e’lon qilishi neoliberal eksperimentlarga nuqta qo‘ydi
Ommaviy o‘quvchiga mo‘ljallanib, aniq andozalar asosida yozilgan, badiiy jihatdan unchalik yuksak bo‘lmagan, mafkuraviy jihatdan mavjud tartiblarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan asarlar; bozorning barcha qonunlariga rioya qiladigan, xaridorlarning turli qatlamiga mo‘ljallangan adabiy tovar
XX asrning ikkinchi yarmi — XXI asr boshlarida jadal modernizatsiyalashni amalga oshirib, taraqqiyotning yuksak sur’atlarini ta’minlagan Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur, Gonkong; ularda aholining yashash darajasi keskin yaxshilandi
Ozarbayjondagi muxolifatchi siyosiy tashkilot; 1990- yili Bokuda namoyish boshlagan, 1992-yilgi davlat to‘ntarishidan so‘ng A. Elchibey boshchiligida hokimiyatga kelgan, ammo mamlakatda tinchlik va totuvlikni ta’minlay olmagan
Sayyoramizni quyoshning radioaktiv nurlaridan himoya qilib turgan qatlam; inson ishlab chiqarish faoliyati natijasida buzilmoqda
(lot. paritas — tenglik) — xarid qilish qobiliyati pariteti — bu turli mamlakatlar valyutalarining o‘zaro nisbati bo‘lib, ularning ma’lum tovar yoki xizmatga nisbatan sotib olish qobiliyatini hisobga oladi. Boshqacha aytganda, bu turli mamlakatlarda bir xil sonli valyutaga bir turdagi tovar va xizmatlarni sotib olish demakdir
2005-yili qabul qilingan konstitutsiyaga binoan Iroq shunday deb e’lon qilindi: u Iroq xalqini tashkil qiluvchi uchta etnos — sunniy arablar, shia arablar va kurdlar kelishuviga asoslangan
«Sovuq urush» tugashi munosabati bilan AQSH armiyasi shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Pauell taklif qilgan harbiy doktrina
Meksikaning milliy valyutasi; 1994-yil dekabrda boshlangan moliyaviy-iqtisodiy inqirozda keskin tushib ketdi
Saralangan fuqarolarning ehtiyojlariga emas, xalq ommasi ehtiyojlariga qaratilgan siyosiy pozitsiya yoki nutq shakli
ITI natijasida jahonning ilg‘or mamlakatlari sivilizatsiyaning industrial bosqichidan o‘tgan davr (postindustrial sivilizatsiya)
Sanoatni energiya va resurslar sarfini kamaytiruvchi yuqori texnologiyalarga asoslangan tizim; unga o‘tkazish sivilizatsiya zimmasidagi yukni ancha kamaytirishi mumkin
Qaysidir soha, jabhada mavjud barcha imkoniyatlar, vositalar yig‘indisi; keng ma’noda «zaxira» vositalari
Ichki bozorni ma’lum cheklovlar (import va eksport boj to‘lovlari, subsidiyalar va boshqa tadbirlar) orqali chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan siyosat
SSSRda boshlangan siyosat; u Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini chuqur isloh qilish uchun imkoniyat yaratdi
Bu qarz yoki kreditni to‘lash shartlarini qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirish
Hindistonning milliy valyutasi; 1990-yillarda devalvatsiya qilindi
Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining sammit formati; uning birinchi sammiti 2023-yil BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi davrida bo‘lib o‘tdi
Bir nechta maqsadni, xususan: aybdorni jazolashni, jamoat tartibini saqlash va mavjud qoida, uning buzilganligiga qaramasdan, o‘z kuchini saqlab qolishini rasman ta’kidlashni ko‘zda tutadi
Ko‘pfikrlilik; XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida faol islohotlar olib borgan, mafkuraviy xilma-xillik va siyosiy plyuralizm uchun imkoniyat yaratgan mamlakatlarda demokratik jamiyatga o‘tish tinch yo‘l bilan amalga oshdi
Ikki qarama-qarshi blok o‘rtasidagi kurash; uning yakunlanishi bilan bu bloklar o‘rtasida Afrikaga ta’sir uchun kurash yakun topdi va 1990-yillarda Tropik va Janubiy Afrikada muhim o‘zgarishlar yuz berdi
XXR rahbariyati XXI asrning dastlabki yigirma yilini iqtisodiy, harbiy, tashqi siyosiy qudratni oshirish va jahonda sifat jihatidan yangi o‘rinni egallash uchun shunday bosqich sifatida qaradi
Davlat yoki boshqa biron-bir muassasa tomonidan boshqa davlat, muassasa, alohida shaxsga ko‘rsatiladigan moliyaviy yoki moddiy yordam
Xitoydagi innovatsiyalarning asosiy yo‘nalishlaridan biri — ishlab chiqarishga sun’iy intellekt va avtomatlashtirishni faol joriy qilish; bu samaradorlikni oshiradi va xarajatlarni kamaytiradi
Bu ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qo‘llaniladigan usul va vositalar yig‘indisi
Qozog‘istonning milliy valyutasi; 1993-yil noyabrda muomalaga kiritildi
(yun. theos — xudo va kratiya, hokimiyat) davlat boshqaruv shakli, bunda davlat (odatda, monarxiya davlati) boshlig‘i bir vaqtning o‘zida diniy boshliq ham hisoblanadi
Ekstremizmning eng xavfli shakli; davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari hamda xalqaro tashkilotlarning qarorlar qabul qilish jarayoniga aholini qo‘rqitish yoki qonunga xilof boshqa harakatlar bilan bog‘liq zo‘ravonlik orqali ta’sir ko‘rsatish mafkurasi va amaliyoti
Minglab kishilarning o‘limiga olib keladigan va atrof-muhitga cheksiz zarar yetkazadigan halokat (masalan, Bhopal kimyo zavodidagi portlash, Tri Mayl Aylend, Chernobil, Fukusima-1 atom elektrostansiyalaridagi halokatlar)
XXI asr boshlarida Kambodjada keng avj olgan savdo: ota-onalar bolalarini arzimagan pulga sotardi
O‘zgacha dunyoqarash, hayot tarzi, xulq-atvor, axloq va urf-odatlarga nisbatan sabr-bardoshli bo‘lish
1994-yili Afg‘onistondagi mojaroga qo‘shilgan yangi siyosiy kuch; yetakchisi mulla Umar fuqarolar urushini tugatib, islomiy tartib o‘rnatishini e’lon qildi. Tolibon 1996-yil sentyabrda Kobulni egallab, mamlakatni «Afg‘oniston Islom amirligi» deb e’lon qildi; 2021-yil 15-avgustda Kobulni yana egallab, o‘z hokimiyatini o‘rnatdi
Mafkuraviy tuzum shakli bo‘lib, totalitar jamiyatda aholini keng miqyosda, ommaviy ravishda mafkuraviy qayta tarbiyalash vositasi
Dahshatli filmlar; ommaviy iste’molga mo‘ljallangan mahsulotlardan biri
Keskin konservativ qarashlarga ega bo‘lgan mutaassib kishi
Bitta tizim yoki shaklga keltirish
Shaharlar soni ko‘payib, ularda davlatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti jamlanishi bilan bog‘liq tarixiy jarayon
XX asrning ikkinchi yarmiga xos bo‘lgan siyosiy atama. U «sovuq urush»da va u bilan bog‘liq qurollanish poygasida bevosita ishtirok etmayotgan davlatlarga nisbatan qo‘llanilgan. Dastlab kapitalistik dunyo va sotsialistik lagerga kirmagan barcha mamlakatlar «uchinchi dunyo» deb atalgan
Yuqumli kasalliklarga qarshi emlashda qo‘llaniladigan vosita
Lotin Amerikasi mamlakatlarining AQSH bilan munosabatlarida shakllangan uchta modeldan biri: jangovar, AQSHning mintaqadagi yetakchilik rolini tan olmaydigan va lotin amerikacha sotsializmga intiladigan variant. Bunga Venesuela, Kuba, Kosta Rika, Nikaragua, Boliviya kabi mamlakatlar kiradi
Boltiqbo‘yi respublikalari — Latviya, Litva va Estoniyada ommaviy namoyishlar natijasida tashkil qilingan harakatlar; ular 1990-yili bu respublikalarning SSSR tarkibidan amalda chiqishiga olib keldi
Turkmaniston parlamentining yuqori palatasi; G. Berdimuhamedov uning raisi lavozimini saqlab qoldi
XXI asr boshlarida insoniyat duch kelgan eng xavfli muammolardan biri; insoniyatga o‘tgan asrlardan buyon ma’lum bo‘lsa-da, hozirgi davrda jahon siyosatida yangi sifat va o‘rin kasb etmoqda
2001-yil 11-sentyabrdagi terroristik aktdan so‘ng AQSH Eronni shunday atadi; Eron bu tamg‘adan qutulish uchun ancha ishlarni amalga oshirdi
YI shiori; unda YIning turli qadriyatlari mujassamlashgan: YIga kiruvchi har bir davlat o‘z madaniyati, tili va an’analariga ega bo‘lsa-da, barchasi umumiy qadriyatlarni qabul qiladi
Si Szinpin boshchiligidagi XKP va XXR rahbarlarini birlashtirgan g‘oya; eng umumiy ma’noda «xitoy millatini tiklash» yo‘lida ikki qadam — XKPning yuz yilligi (2021-yil)da «o‘rtacha farovonlik» darajasiga erishish, XXRning yuz yilligi (2049-yil)da jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan o‘rin olish tushuniladi
SSSR tarqalgach XXRda davom ettirilgan sotsializm qurish yo‘li; hokimiyatni yagona Xitoy kommunistik partiyasi (XKP) egallab turadi. 1992-yili XKPning XIV syezdida islohotlarning maqsadi bozor iqtisodiyotiga asoslangan sotsializm qurish sifatida belgilandi
Barcha tabiiy ofatlarga qaraganda ham ko‘proq vayron qilish qudratiga ega qurol; uning paydo bo‘lishi tarixda ilk bor insoniyatning o‘z-o‘zini yo‘q qilish xavfini tug‘dirdi
Eronning jahon hamjamiyatiga to‘laqonli integratsiyalashuviga to‘siq bo‘lib turgan dastur; 2015-yil iyulda Eron bilan oltita davlat imzolagan kelishuv orqali hal qilindi, ammo 2018-yili AQSH shartnomadan chiqishi bilan kelishuv amalda kuchini yo‘qotdi
1993-yili kuchga kirgan Maastrixt shartnomasi ta’minlagan fuqarolik; YIga kiruvchi mamlakatlar fuqarolari hech qanday vizasiz Ittifoqning istalgan mamlakatida xohlagan muddatigacha yashashi va mahalliy saylovlarda ishtirok etishi mumkin bo‘ldi
«Atirgullar inqilobi» natijasida Gruziyada hokimiyatga kelgan, ko‘pchiligi G‘arb davlatlarida ta’lim olgan siyosatchilar
Buyuk Britaniyadagi Leyboristlar partiyasi; 2001- yilgi parlament saylovida yana g‘alaba qozondi. Ularning siyosatining ustuvor yo‘nalishi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan investitsiyani oshirish, ta’limni rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish, ishsizlikka qarshi kurashish, sog‘liqni saqlashni yaxshilash edi
Siyosiy islohotlarni davom ettirish maqsadida 2022- yili e’lon qilingan konsepsiya; unga ko‘ra partiya va saylov tizimi liberallashdi, prezident vakolatlari muddati qisqartirildi
Atrof-muhitni muhofaza qilish va patsifistlar, shuningdek, atom energiyasidan foydalanishga qarshi harakat tarafdorlaridan tuzilgan partiya. Partiyaning asosiy maqsadi — ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy barqaror rivojlanishni uyg‘unlashtirishdan iborat
2002-yili Yevropada (Buyuk Britaniyadan tashqari) joriy qilingan yagona valyuta; YI davlatlarini yanada yaqinlashtirdi
2013-yili V. Yanukovichning Yevroittifoq bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvni imzolashdan bosh tortishi sabab Kiyevda va boshqa shaharlarda bo‘lgan ommaviy norozilik chiqishlari ijtimoiy tarmoqlarda olgan nom
1957-yilgi Rim shartnomasi asosida tashkil etilgan hamjamiyat; 1992-yilgi Maastrixt shartnomasi bilan Yevropa Ittifoqi Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga asoslangan holda tashkil etildi
1951-yilgi Parij shartnomasi asosida tuzilgan birlashma; Yevrointegratsiya tarixidagi dastlabki bosqich
1979-yildan 1998-yilgacha Yevropa valyuta tizimida qo‘llanilgan valyuta birligi (ing. ECU — European Currency Unit); uning o‘rnini yevro egalladi
O‘zbekiston faoliyatida qatnashib kelayotgan, xalqaro maydonda nufuzli bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardan biri
Yevropa parlamenti; integratsiyaning chuqurlashuvi bilan uning maqomi oshdi, Yevroparlamentga to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovlar o‘tkaziladigan bo‘ldi
YIga a’zo davlatlar o‘rtasida turli sohalarda hamkorlik va birlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan murakkab va ko‘p qirrali jarayon
2002-yili prezident J. Bush Eronni «yovuzlik tayanchi» mamlakatlari qatoriga qo‘shib, terrorizmni moliyalashtirishda aybladi
Yaponiyada 1990-yillardagi iqtisodiy inqiroz davri: ko‘chmas mulk va aksiyalar narxi keskin tushib ketdi, «muammoli qarzlar»ning ko‘pligi bank sohasining inqiroziga sabab bo‘ldi, iqtisodiy o‘sish sur’ati pasaydi
1996-yili sulton Qobus imzolagan O‘monning birinchi konstitutsiyasi tuzilishini ko‘zda tutgan vakillik va maslahat organi
2025-yil 13-iyunda Isroilning Eronga qarshi boshlagan harbiy operatsiyasi va Eron harbiy kuchlarining javob zarbalari; u mintaqada tanglikni yanada oshirib, katta urush xavfini kuchaytirdi
YIga yangi taklif qilingan davlatlar uchun ko‘zda tutilgan davr; bu davr mobaynida ular o‘z qonunchiligini, moliyaviy va iqtisodiy tizimini yagona Yevropa talablariga moslashtirishi lozim edi
Sharqiy Yevropa mamlakatlari tanlagan rivojlanish modeli; ularning asosiy qismi G‘arb davlatlarining iqtisodiy va harbiy-siyosiy tashkilotlari — avvalo, YI va NATOga a’zo bo‘ldi
Globallashuvga ko‘plab mamlakatlarda g‘arblashuv jarayoni sifatida qaraladi; bu G‘arbning kuchayib borayotgan iqtisodiy, harbiy va, ayniqsa, madaniy ta’siri bo‘lib, aksariyat davlatlarda salbiy munosabat uyg‘otmoqda
2001-yili paydo bo‘lgan mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti
2025-yildan ichki chegaralarda vizalar va bojxona nazoratini bekor qilgan 29 ta davlatdan iborat hudud, ya’ni bu davlatlar o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tishda pasport taqdim etilmaydi
Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi magistral gaz quvurining Boltiq dengizi tubidan o‘tgan va portlatish (diversiya)dan keyin ishlamay qolgan qismi
Iqtisodiy nazariya, shuningdek, ushbu nazariyaga asoslangan keskin iqtisodiy islohotlar