Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Darslikdagi barcha qalin yozilgan atamalar, rasm ostidagi izohlar va rasmiy lug‘at.
Ustrushonada oliy hukmdorning unvoni
Xorazmiy asoschisi bo‘lgan matematika fani; «Algebra» so‘zining o‘zi uning «Al-jabr val-muqobala» nomli risolasidan olingan
Olimning «al-Xorazmiy» nomidan kelib chiqqan va fanda abadiy o‘rnashib qolgan so‘z
Viloyatlardagi boshqaruv ishlarini olib borgan amaldor
Somoniylar hukmdori; Nasr ibn Ahmad davrida Buxoro Registonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilgan
Amir qarorgohi hamda saroy a’yonlari, navkar va xizmatkorlarining turar joylari bo‘lgan joy; devonlar bilan birga Somoniylarning boshqaruv ma’muriyatini tashkil etgan
Xorazmiy hind sanoq tizimidan foydalanib asos solgan sanoq tizimi; unda 0 soni son sifatida e’tirof etilgan
Qoraxoniy xonlari «qoraxon» unvoni bilan birga ulug‘langan faxriy unvonlardan biri
Nafaqa; uni, oylik maosh kabi, vazir belgilagan
Turk jangchilari himoyalanish chog‘ida qo‘llagan usul
Xazinachi
Abul Hasan Ash’ariy asos solgan, sunniylik aqidasiga muvofiq ta’limot; adashgan guruhlarning aqidaviy g‘oyalariga qarshi turgan
Eftaliylar alifbosi shu yozuv asosida shakllangan; alifbo 25 harfdan iborat bo‘lgan
IX–X asrlarda katta yer egalaridan yer ijaraga olgan ijarachilar; yer egalari o‘z yerlarini qishloq jamoalarining kam yerli a’zolariga ijaraga bergan
Dargohdagi mehmonlarni qabul qilish xizmatining boshlig‘i
Mahalliy hokimliklar markaziy hokimiyatga to‘lab turgan to‘lov; boj to‘lab turish bilan ular o‘z mustaqilligini ma’lum darajada saqlab qolgan
Kidariylarning tangalari shu yozuvda zarb etilgan
Eftaliylar davlatida tarqalgan diniy e’tiqodlardan biri
Xalq; xoqonlikdagi ko‘chmanchi chorvador aholi «budun» yoki «qora budun» nomlari bilan yuritilgan
Buxoro hukmdorlari unvoni; arablar davrida ham mavqeini saqlab, aholidan arablar foydasiga soliq yig‘gan
Qoraxoniy xonlari «qoraxon» unvoni bilan birga ulug‘langan faxriy unvonlardan biri
Turkiylarda qadimda bo‘ri ilohiylashtirilgan; ko‘plab nishonlarida bo‘ri tasviri bo‘lgan
G‘aznaviylar boshqaruv tizimining markazidagi idora; unga oliy hukmdor faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar va amallar kirgan
Vazir siylangan unvonlardan biri
Viharalarda asosiy fan: diniy qonun-qoidalar va Xudoning mohiyati hamda irodasi (xudojo‘ylik) haqidagi ta’lim
Harbiy devon tarkibida harbiy masalalarni ko‘ruvchi devon
Harbiy devon tarkibida harbiylarga maosh berish bilan shug‘ullanuvchi devon
Saljuqiylar davrida eng yuqori darajadagi pul birligi; sof oltindan zarb etilgan
Temirdan yasalgan himoya vositasi; yelkada osilgan zirhli yelkapo‘sh bilan bir bo‘lgan
Bu davrda paydo bo‘lgan chopuvchi qurolning yangi turi
Turk xoqonligi o‘z davlat mafkurasiga ko‘ra «el» deb atalgan; «mangu el», «Tangri (ilohiy) el», «turk eli» kabi iboralar shakllangan
El (davlat) boshqaruvchilar; To‘n yabg‘u qaram o‘lkalarga yuborgan o‘z vakillari
«Millatni to‘plagan» degan ma’noni anglatadi; To‘nyuquq bitigida xoqon unvoni sifatida keltirilgan
Xalqlarning shakllanishini o‘rganishda qo‘llaniladigan ibora; qabiladan keyingi bosqichdagi birlik. O‘zbeklar alohida etnik birlik (elat) bo‘lib, Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning g‘arbiy mintaqalarida shakllangan
Kelib chiqishi bir-biriga yaqin bo‘lgan turli qabila va elatlarning asrlar davomida qo‘shilib borishi
Yunoncha «xalq»; xalqlarning kelib chiqish tarixi va shakllanish jarayonini o‘rganishda fanda qo‘llaniladigan ibora
Astronomiya fani; Beruniy puxta egallagan fanlardan biri
Ichki bozorlarda ishlatilgan mis chaqa
Fiqh sohasidagi olim; Marg‘inoniy hanafiy mazhabi bo‘yicha buyuk faqih darajasiga ko‘tarilgan
Oliy hukmdorga mo‘ljallangan o‘rin-ko‘rpa, gilam, chodir va shunga o‘xshashlar uchun mas’ul xizmat boshlig‘i
Taxminan 6 km ga teng masofa o‘lchov birligi; turli hududlarda farqlangan, Markaziy Osiyoda odatda qadamlar bilan o‘lchanib, 12 000 qadamga teng bo‘lgan
Haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar (Forobiy ta’rifi)
Islom shariati sohasi; «Hidoya» asari islom huquqshunosligining barcha sohalarini o‘zida ifoda etgan
Lashkarning doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi saralangan qismlari; ulardagi xizmat kamida sakkiz bosqichdan iborat bo‘lgan
Islom dinining asosiy manbalaridan biri; ularni yig‘ishda Buxoriy, Termiziy, Dorimiy kabi vatandoshlarimizning xizmatlari katta bo‘lgan
Asoschisi Abu Hanifa (Nu’mon Sobit Kufiy); jamiyatda yuz beradigan har qanday savolga, yangi diniy masalalarga yechim topishga intilgan. Bugun Markaziy Osiyo musulmonlarining aksari shu mazhabga ergashadi
Asoschisi imom Ahmad ibn Hanbal; Qur’on va sunnat asosiy manba, ijmo va sahobalarning gaplari keyingi o‘rinlarda turadi
Harbiy masalalarni ko‘rish (devon jaysh) va harbiylarga maosh berish bilan shug‘ullanuvchi (devon ravotib) kichik devonlarga bo‘lingan devon; uning boshlig‘i musulmon bo‘lishi shart edi
Aholi majburan jalb etilgan ishlar; aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi umaviylarga qarshi norozilik kuchayishiga sabab bo‘lgan
G‘aznaviylar davrida alohida o‘rinda bo‘lgan xizmat; uning shakllari: ulug‘ hojib, saroy hojibi, navbatchi hojib, hojib-jomador
Viloyat boshlig‘i
Ilk islom davrida ulamolarning bir ovozdan qabul qilgan qarorlari
Algebrada o‘z-o‘ziga ko‘paytiriladigan miqdor
O‘rta asrlarning IV–VIII asrlarni o‘z ichiga olgan birinchi bosqichi
Yirik mansabdorlarga davlat oldidagi xizmati uchun in’om qilingan yer va suvdan iborat katta mulk (X asrdan); avvaliga ma’lum muddatga berilib, nasldan naslga o‘tkazilmagan
Somoniylar chiqargan kumush dirham turi; yuqori sifatli sof kumushdan zarb etilib, asosan xalqaro savdo aloqalarida ishlatilgan
Keshda oliy hukmdorning unvoni
Qishloq jamoalari tasarrufidagi ma’lum yer maydonlari
Boshqa din vakillaridan yig‘iladigan soliq, jon solig‘i; islomni qabul qilmaganlar to‘lagan
Yer ostidagi maxsus qabr
Birlashma; arablar istilosigacha o‘lka bir necha mulklardan tashkil topgan konfederatsiyaga birlashib turgan
Matolarni bo‘yash
Abu (arabcha «ota») so‘zining izofa qaratqichli birikma holatidagi shakli (masalan, Abu Ali ibn Sino). «Abu» bilan kelgan ism shaxsning otasi, «ibn» bilan kelgan ism esa shaxsning o‘g‘li degan ma’noni bildiradi
Shahar miqyosida faoliyat ko‘rsatgan amaldor
Algebrada ildizni o‘ziga ko‘paytirishdan hosil bo‘lgan kattalik
O‘rta asrlarda shaharning uch qismidan biri (ko‘handiz, shahriston, rabod); har bir qism alohida devor bilan o‘ralgan
Qishloqlardagi istehkomli turar joy; mudofaa inshooti, chokarlar to‘planadigan joy, ma’muriy markaz hamda oziq-ovqat va qurol-yarog‘ ombori vazifasini o‘tagan
Xorazmshoh Abul Hasan Ali ibn Ma’mun 1004-yilda Gurganchda asos solgan ilm markazi; unda Beruniy ilm ahliga boshchilik qilgan, Ibn Sino ham faoliyat yuritgan
Eftaliylar davrida viloyatlarni boshqargan, hukmdorga tobe sulolalar; har biri o‘z kumush yoki mis tangalarini zarb etgan
Maktabdan yuqori bosqichdagi ta’lim dargohlari «madrasa» nomi qat’iylashguncha shunday atalgan
Choch hukmdori; Farg‘ona ixshidi va Choch maliki o‘rtasidagi ixtilofdan foydalangan Xitoy 751-yilda Turonga yurish boshlagan
Toxaristonda oliy hukmdorning unvoni
Saroydagi o‘rta amaldor
Arabcha «yo‘nalish, yo‘l, ta’limot»; shariat mazhablari — islomda diniy huquq tizimlari va yo‘nalishlari
Lug‘aviy ma’nosi «fizikadan so‘ng»; tabiatdan tashqari narsalar, ya’ni fizika fani doirasidan tashqari bo‘lgan, inson his-tuyg‘ulari bilan bog‘liq fanlar turkumi
Zardushtiylik ibodatxonalaridagi ruhoniylar – diniy marosimlarni bajaruvchilar; marosimlarni avloddan avlodga saqlab qolgan, tarbiyalanuvchilarga zardushtiylik o‘git-pandlarini o‘rgatgan
Moddalar solishtirma og‘irligini aniqlash usuli; ilk bor Xorazmda Ma’mun akademiyasida Beruniy tomonidan kashf etilgan
Asoschisi imom Molik ibn Anas; birinchi manba Qur’oni karim, ikkinchi manba hadis hisoblanadi, shar’iy masalalarda Madina hayoti va odatlari ko‘p hollarda ustun turgan
Abu Mansur Moturidiy asos solgan ta’limot; sof diniy aqida doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulug‘laydi, inson o‘z xatti- harakatlarini tanlashda ixtiyorli deb hisoblaydi
Qur’onni tafsir qiluvchi
Hadis to‘plovchi
Somoniylar chiqargan kumush dirhamlardan birining nomi
Bozordagi tartibni ushlab turgan amaldor; mahsulotlar sifati, idishlar tozaligi, tarozi toshlari va uzunlik o‘lchovchi asboblarning to‘g‘riligini nazorat qilgan
O‘z hokimlari tomonidan boshqarilgan yarim mustaqil hokimlik (Sug‘d, Toxariston, Ustrushona, Chag‘oniyon va boshqalar); mulk hukmdorlari o‘zlarini markazga ko‘p ham tobe hisoblamagan
Hukmron sulola vakillari, mulkdor dehqon va aslzodalarning katta-katta yer maydonlaridan tortib qishloq aholisiga tegishli mayda xususiy yerlargacha
Davlat tasarrufidagi yerlar
Oliy martabali din peshvolari va sayyidlar qo‘l ostidagi yerlar
Qoraxoniylar boshqaruvda joriy qilgan shakl: qo‘l ostidagi viloyatlarni (mulklarni) sulola namoyandalariga bo‘lib berish
Iqtoga ega bo‘lgan mulkdor; o‘ziga in’om qilingan hududdagi aholidan olinadigan soliqlarning ma’lum qismini olish huquqiga ega bo‘lgan
Xristianlikning oqimi; Chochda tarqalgan dinlardan biri
Suv sathini belgilovchi uskuna; Farg‘oniy 861-yilda yasagan, ilk bor Nil daryosida sinab ko‘rilgani uchun shunday nom olgan
Vazir unvoni; bu unvondagi vazirlar xonaga oliy hukmdordan boshqa kim, hatto taxt vorisi kirsa ham, salomlashish uchun o‘rnidan turmagan
Vazir Nizomulmulk tomonidan asos solingan madrasalar; Bag‘doddagi birida olti ming talaba yashab ta’lim olgan, talabalarga stipendiya berilgan
Xorazmshohlarda hukumat boshqaruvi; u vazir (bosh vazir) qo‘lida bo‘lgan, unga barcha devonlar bo‘ysungan
Sug‘dda yirik dehqon, savdogar va shahar amaldorlaridan iborat oliy organ; podsholik – ixshidlik hokimiyatini cheklab qo‘ygan
Sultonning shaxsiy otlari tasarrufida bo‘lgan lavozim egasi
Xonlik taxtiga sulolaning eng yoshi ulug‘ kishisi o‘tirish tartibi
Oshxona mutasaddisi
Bu davrda paydo bo‘lgan uzun va og‘ir qilich
Xufiya ishlarni bajaruvchi
Ovqatlanish tartibi; Ibn Sino bemorlarni davolashda unga ahamiyat berish kerakligini aytgan
Sirlangan koshin va naqshlar o‘yilgan, sirlangan yaxlit pishirilgan sopol taxtachalar; pardoz ishlarida ishlatilgan
Qishloqlardagi istehkomli turar joy; mudofaa inshooti, chokarlar to‘planadigan joy, ma’muriy markaz hamda oziq-ovqat va qurol-yarog‘ ombori vazifasini o‘tagan
O‘z davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shug‘ullangan va ularga oid asarlar yozgan olim; Ibn Sino shunday olim sifatida tan olingan
Qoraxoniylar davlatini boshqargan «buyuk xon» unvoni; tarixchilar sulola nomi Bilgakulning «qora» laqabiga nisbatan «qoraxon» deyilsa kerak, deb taxmin qiladilar
Qang‘ davlati davrida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib yuzaga kelgan o‘ziga xos uyg‘unlashgan madaniyat; arxeologik asarlarda shu nomni olgan
Ov uyushtiruvchi xizmat
O‘rta asrlarda shaharning uch qismidan biri (ko‘handiz, shahriston, rabod); har bir qism alohida devor bilan o‘ralgan
Shahar boshlig‘i
Osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash ishlari olib borilgan joy; Farg‘oniy Bag‘dod va Damashqdagi rasadxonalarda ishlagan
Yevropa uyg‘onish davri; uning natijasida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasidagi yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan
O‘rta asrlarning IX–XV asrlarni o‘z ichiga olgan bosqichi
Matematika fani; Beruniy puxta egallagan fanlardan biri
Yetkazuvchi, rivoyat qiluvchi, aytuvchi; hadislarni rivoyat qilgan kishi
Tarkibida oltindan tashqari qo‘shimcha metall aralashmasi bo‘lgan dinor
Vazir siylangan unvonlardan biri
Ishonchli; Imom Buxoriy «al-Jome as-sahih» («Sahih, ishonchli to‘plam») kitobiga faqat sahih hadislarni jamlagan
Tangrichilikda to‘rt tomoni teng bo‘lgan diniy ramz; turkiylar uni peshanalariga qizil rangda chizib yurganlar
Yuqori darajadagi harbiy lashkarboshi
Pul almashtiruvchi; savdogarlar o‘z pullarini shahardagi sarrofga topshirib, undan chek olganlar
Eftaliylar tashqi savdo bojidan manfaatdor bo‘lgani uchun Ipak yo‘lini o‘z nazoratida tutib turishga harakat qilgan
Saroy xizmatchisi
Bosh qo‘mondon; sulolaning eng ishonchli vakili yoxud shu xonadon a’zosi bo‘lgan
Shahar miqyosida faoliyat ko‘rsatgan amaldor
Jangchilarning himoya kiyimi; oyoq va qo‘llarni himoyalash uchun maxsus metall parchalaridan tayyorlangan
Saljuqiylar oliy hukmdorining unvoni; uning nomidan xutba o‘qilib, tanga zarb etilgan; mulk, yer-suv taqsimlash, mansablarga tayinlash, ariza va shikoyatlarni o‘zi nazorat qilgan
Eftaliylar davrida iqtisodiy-savdo munosabatlari yo‘lga qo‘yilishi natijasida dehqonchilik, chorvachilik bilan birga ravnaq topgan soha; Zog‘ariq, Bo‘zsuv, Darg‘om kanallari V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan
Turon aholisining bir qismi so‘zlashgan til; xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv, Farg‘ona, Sharqiy Turkiston va Xitoyda muomalada bo‘lgan
Turon zaminida turkiy yozuv bilan bir qatorda keng qo‘llanilgan yozuv; chapdan o‘ngga qarab yozilgan
Milodiy II–IV asrlar; shu davrdan boshlangan o‘zgarishlar natijasida O‘rta Osiyoning dehqonchilik viloyatlarida o‘nlab mahalliy hokimliklar tashkil topgan
O‘rta asrlarning XVI–XIX asrlarni o‘z ichiga olgan bosqichi
Qur’onni sharhlash; Zamaxshariyning «Kashshof» asari Qur’on tafsiriga bag‘ishlangan
Urxun-Yenisey bitiklarida yagona, azaliy, abadiy, hayot beruvchi, yaratuvchi, hukm qiluvchi, hamma narsani biluvchi deb maqtalgan
Arabcha «yo‘l»; tasavvuf maqsadlariga erishish uchun olimlar tomonidan tuzilgan maxsus maktablar. Eng yiriklari Yassaviya, Kubraviya va Naqshbandiya
Tudunlar bilan birga mahalliy boshqaruvni mustahkamlagan amaldor: iqtisodiy ahvolni kuzatish, soliq yig‘ish, harbiy masalalarni hal etish va xoqonlik bilan bog‘liqlikni ta’minlashga xizmat qilgan
Chin mohiyati nafsni poklash, axloqni sayqallash, ma’naviy kamolotga erishishdan iborat ta’limot. arabcha «jun, yung» ma’nosidagi «suf» so‘zidan olingan
Qoraxoniy xonlari «qoraxon» unvoni bilan birga ulug‘langan faxriy unvonlardan biri
Jinoyat uchun jazo turi: yetkazilgan zarar yoki jarohat uchun mol-mulk bilan to‘lov
Savdogar
Turk xoqonligi davrida Samarqandda amalda bo‘lgan yozma qonunchilik hujjati; ibodatxonada saqlangan, jazo berishda undan foydalanilgan
Chochning turkiy hukmdorlari sug‘diy yozuv va tilda zarb ettirgan VII–VIII asr tangalari
Turkiy aholi o‘rnashgan o‘lka. VII asrdan o‘lkamiz «Turkiston» nomi bilan atala boshlangan
Turk xoqonligidagi o‘ziga xos yozuv; biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38–40 ta harfdan iborat, tosh va yog‘ochga o‘yib yozishga juda qulay bo‘lgan
Tumanning nishoni: uzun nayzaga bo‘ri yoki boshqa hayvonning tilla suvi yuritilgan boshi va otning yoli o‘rnatilgan
Shaxsiy muhr; Turkon xotunning tug‘rosida bitik yozilgan edi
Din olimlari
Mamlakat ma’naviy hayotiga rahnamolik qilgan din va ilm peshvolari; keyinchalik bu nom «shayx ul-islom» nomi bilan yanada ulug‘langan
Saroy ishlari boshqaruvchisi; otxona, oshxona, novvoyxona, yerto‘lalarni nazorat qilgan, saroy xodimlari faoliyati uchun to‘liq javobgar bo‘lgan
Turkiy suvoriylar kashf etgan anjom; otliq askarlarga ot ustida mustahkam o‘tira olish va og‘ir aslahalar bilan qurollanish imkonini bergan
Davlat solig‘i; xiroj bilan birga yer egasidan ham, qo‘shchilardan ham alohida-alohida olingan
Samarqandning Vador qishlog‘ida tayyorlangan mato; Sharqda mashhur bo‘lgan
Masjid, madrasa va xonaqohlarga vaqtincha yoki abadiy foydalanish uchun berilgan yerlar
Buddaviy o‘quv maskani
To‘rt kishidan iborat guruh boshlig‘i
Viloyat boshlig‘i; uni oliy hukmdor tayinlagan
Arab xalifaligi hukmdori; masalan, umaviy hukmdorlari arab xalifalari bo‘lgan
Shahar atrofidagi suv bilan to‘ldirilgan mudofaa inshooti; undan faqat ko‘tarma ko‘prik orqali o‘tish mumkin bo‘lgan
Mamlakat ma’naviy hayotida ustoddan keyin turgan kishilar
Vazir siylangan unvonlardan biri
G‘aribxona, musofirxona
Turkiy tilda so‘zlashuvchi qabilalar ittifoqini – xoqonlikni boshqargan hukmdor
Qoraxoniylar bergan unvon (lavozim); u Yusuf Xos Hojib va Mahmud Qoshg‘ariyga berilgan
Buxoroda oliy hukmdorning unvoni
Juma namozida hukmdor nomini aytib, uning haqiga duo o‘qish, olqishlash
Turk xoqonligi asoschisi Buminga, keyin g‘arbga yurishlarga boshchilik qilgan Istamiga berilgan unvon
To‘n yabg‘u xoqonning Choch hududida muomalada bo‘lgan tangalari; sug‘diy yozuvda bitilgan
Turk jangchilari keng foydalangan harbiy taktika usuli
Hukmdorlikni tan olib berilgan yorliq; Otsiz Bag‘dod xalifasidan uni Xorazm va unga qo‘shib olingan viloyatlarning hukmdori deb tan olgan yorliq olgan
Tanga chiqaradigan joy; Iloq kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur bo‘lgan, kumush tangalar Marv, Samarqand, Buxoro va Shoshdagi davlat zarbxonalarida so‘qilgan
Hosil yetishtiruvchi, qo‘shchi
Umaviy xalifalari mahalliy sulolalardan olgan to‘lov; ba’zida u mahalliy aholidan yig‘ilgan jiz’ya sifatida qabul qilingan
Turk xoqonligi armiyasining bo‘linmalari; armiya o‘nlik, yuzlik, minglik va o‘n minglik – tumanlardan tashkil topgan
Hind raqamlariga asoslangan, hozir biz foydalanadigan hisoblash sistemasi; Xorazmiyning arifmetikaga oid risolasi uning Yevropada tarqalishiga sabab bo‘lgan
Tarix faniga italyan tarixchilari olib kirgan tushuncha; xususiy mulkchilik shakli o‘zgarishi davrlari bilan bog‘liq, tariximizda shartli ravishda ishlatiladi. Bizda IV asr oxiri – V asr o‘rtalaridan boshlanadi va ilk, rivojlangan, so‘nggi o‘rta asrlarga bo‘linadi
Yurtimiz va unga tutash hududlarga XVIII–XIX asr g‘arb olimlari va sayyohlari bergan nom
O‘rta asrlarda shaharning uch qismidan biri (ko‘handiz, shahriston, rabod); har bir qism alohida devor bilan o‘ralgan
Kalendar; Nizomulmulk davrida uni isloh etish uchun tuzilgan ishchi guruhga Umar Xayyom rahbarlik qilgan
Asarni batafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntirib berish; Forobiy yunon faylasuflari asarlariga sharhlar yozgan
Majlislarda dars bergan ilmli kishilar shunday atalgan
Yirik dehqonlar uy-qo‘rg‘onlarining mudofaa devorlaridagi kamondan o‘q otishga mo‘ljallangan joy
Qal’a boshlig‘i; Anushteginga Xorazm shixnasi unvoni berilgan
Eftaliylar hukmdori; viloyatlardagi mahalliy sulolalar unga tobe bo‘lgan
O‘n ming suvoriyga ega bo‘lgan tuman boshi
Asoschisi Muhammad ibn Idris Shofe’iy; fiqhiy hukm chiqarishda Qur’on, sunnat, ijmo va qiyosga suyanadi
Ajdodlarga, Osmonga (Tangri) va yer-suvga, jon va ruhlarga sig‘inish; Turk xoqonligining mafkuraviy asosi. Qadimgi turklar o‘z dinini «qam» deb yuritgan
Suv inshooti; suv tegirmoni va chig‘ir bilan birga kashf etilishi qishloq xo‘jalik ishlarining rivojiga ta’sir ko‘rsatgan
Suv inshooti; suv tegirmoni va charxpalak bilan birga kashf etilishi qishloq xo‘jalik ishlarining rivojiga ta’sir ko‘rsatgan
Kichik zobit
Oliy hukmdorga beriladigan ovqat, ichimliklarni ta’tib ko‘ruvchi