Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Darslikdagi barcha qalin yozilgan atamalar, rasm ostidagi izohlar va rasmiy lug‘at.
Davlatni boshqarish tartibiga qarshi qaratilgan hamda mansabni suiiste’mol qilishga oid jinoyatlar bo‘yicha sud ishlarini yurituvchi maxsus organ
Odat huquqi asosida ish ko‘ruvchi sudya
Arab bo‘lmaganlar; bu yerda Movarounnahr aholisi nazarda tutilgan
Algebra
Ulug‘ amir; Alisher Navoiy musharraf bo‘lgan unvon
Podshoga eng yaqin amir; Alisher Navoiy musharraf bo‘lgan unvon
Kentlar va qishloqlar tepasida turgan boshliq; ularni viloyat va tuman hokimlari tayinlagan
Devonbegi yonida bo‘lib, turli rasmiy marosimlarni uyushtirgan va o‘tkazgan amaldor
Qamal qiluvchi, tosh otuvchi mashinalar, «yunon olovi»ni otuvchi, devor buzuvchi texnikadan iborat yordamchi qism
Temur ta’sis etgan mansab; sipoh, raiyat yoki ariza-shikoyat bilan kelganlarning ahvolini, mamlakat obodonchiligini, muhim ishlar bajarilishini nazorat qilgan
Qo‘shin jangovar tartibining to‘rt qismidan biri (avang‘or, o‘ng va so‘l qanotlar, markaz)
Davlat xavf ostida qolib, harbiy safarbarlik e’lon qilingan paytlarda yig‘ib olingan favqulodda soliq
Amir Temur o‘zga davlatlarga savdogar, shayx, darvish va boshqalar niqobi ostida yuborib, ma’lumot to‘platgan kishi. Ular olib kelgan ma’lumotlar yopiq (maxfiy) majlislarda muhokama etilgan
Faxriy nisba, tug‘ va nog‘ora bilan taqdirlangan, hurmat-e’tiborga sazovor jangchilarga berilgan nom. Maoshi ikki ot bahosidan to‘rt ot bahosigacha bo‘lgan
Harbiy kamzul; yuzboshilar yurishda o‘zi bilan olgan
G‘isht terib, imorat qaddini bino qiluvchi usta
Qo‘shinning o‘ng qismi (qanoti)
Xoqon xazinasi uchun soliqlarni xonlar va ularning vakillari oldindan yig‘ib markazga yuborishi; so‘ng aholidan belgilangandan oshirib undirib olingan
Dostonlar ijrochisidan tashqari: Chig‘atoy ulusi, Oltin O‘rda, Qozon va Qrim xonliklarida kotiblar; Boburiylar davlatida harbiy qismlar hisob-kitobini yurituvchi va maosh to‘lovchi amaldorlar; Buxoro xonligida ma’muriy binolar qurilishi xarajatlarini hisoblovchilar; turkmanlarda urug‘ oqsoqollari
O‘lkalarda o‘troq aholini boshqargan hokim
Yurish xotirasi sifatida tarixi toshga bitilgan tosh. Amir Temurning 1391-yilgi Dashti Qipchoq yurishi haqidagi 11 qatorli bitiktoshi turkiy yozuvda bitilgan, hozir Ermitaj muzeyida saqlanadi
Savdogarlar mol-mulkidan olinadigan to‘lov (zakot bilan birga)
Savdogar; «Shajarayi turk»dagi parchada Chingizxon savdogarlari nazarda tutilgan
Xitoy va Hindistondan O‘rta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga boradigan xalqaro savdo yo‘li. Amir Temur unda savdo karvonlari xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rgan
Qal’alarga hujum qilishda foydalanilgan qamal mashinalari
Boshqaruvning ikki idorasidan biri (ikkinchisi – vazirlik, ya’ni devon); dargohni oliy hukmdor boshqargan
Egasiz qolgan, o‘lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, savdogarlardan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarib, ulardan yig‘ilgan daromadlarni omonat saqlagan vazir
Devonxona boshlig‘i; yetti vazir unga bo‘ysungan. Vazirlar bilan birga muhim moliyaviy ishlarni boshqargan va ularning faoliyatini nazorat qilgan
Amir Temur saltanatida markaziy boshqaruv organi vazifasini bajargan, devonbegi boshchiligidagi maxsus idora
Madrasalarda o‘qitilgan tafsir, hadisshunoslik, fiqh va boshqa ilmlar
Kebekxon pul islohotida zarb qilingan yirik tanga; 1 dinor 6 dirhamga teng bo‘lgan
Kebekxon pul islohotida zarb qilingan kichik tanga; 1 dinor 6 dirhamga teng bo‘lgan
Tuman hokimi; 1360-yili Amir Temur Kesh viloyatiga dorug‘a etib tayinlangan
Madrasalarda diniy ilmlar bilan bir qatorda o‘qitilgan handasa, aljabr (algebra), riyoziyot (matematika), mantiq, ilmi nujum (astronomiya), adabiyot, tarix, xattotlik va boshqa ilmlar
Uyg‘ur xoni; uyg‘ur ediquti (xoni) Baurchak Chingizxon lashkariga qo‘shilgan
Hukmdorning rasmiy buyrug‘i (hujjati); Sulton Husayn Mirzo farmonlarni Amir Temur uslubida «Abul G‘oziy Sulton Husayn so‘zimiz» iborasi bilan boshlagan, Amir Temur esa «Amir Temur Ko‘ragon so‘zimiz» deb boshlagan
Biron mamlakatni egallagan yoki dushman lashkarini yenggan amirga tug‘ va nog‘ora bilan birga beriladigan mukofot
Misdan yasalgan mayda chaqa pul
«Adolatli chaqa» – Ulug‘bek 1428-yilgi pul islohotida zarb ettirgan bir xil vazndagi salmoqdor fuluslarning xalq o‘rtasidagi nomi
Naqqoshlikdagi geometrik bezak turi; ustodlar peshtoq, ravoq va toqlarga parchin va girihlar qoplagan
Harbiy san’atning eng oliy sohasi. Mamlakat va qurolli kuchlarni urushga tayyorlash, urushni rejalashtirish va olib borish masalalarini o‘z ichiga oladi, kuchlarni harbiy harakatlar maydonlari va strategik yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlaydi; davlat siyosati bilan uzviy bog‘liq tushuncha
Qo‘shinning oldingi qismi; Amir Temur qo‘shini yasol tartibida 1-raqam bilan ko‘rsatilgan
Astronomiya
Sug‘orish ishlari
Yasol tartibida qo‘shinning zaxira qismi
Qal’alarga hujum qilishda foydalanilgan devorteshar mashinalar
Qo‘shinning chap qismi (qanoti)
Temir sovut; bahodirlar va mingboshi yurishda o‘zi bilan olgan
«Qaroqchi, talonchi» — Movarounnahr mo‘g‘ullari Sharqiy Turkiston va Yettisuvda yashovchi mo‘g‘ullarni shunday atagan
Samarqandning bosh suv inshooti; mo‘g‘ullar uni buzib, shaharni suvsiz qoldirgan
Ka’ba ustiga yopiladigan yopinchiq; Shohrux 1444–1445-yillarda Makkaga ka’bapo‘sh jo‘natgan
Yerga ishlov beruvchi asosiy dehqonlar guruhi; yirik yer egalari, dindorlar va oqsuyaklarning yerlariga ishlov bergan
Dehqonlar doimiy to‘lagan soliq
Yer va elning kattalari; «Temur tuzuklari»ga ko‘ra, ular oddiy fuqaroga jabr-zulm qilsa, yetkazilgan zarar ulardan undirilib, jabr ko‘rganlarga berilgan
VIII–IX asrlardan boshlang‘ich maktablar shunday atalgan; arabcha «kataba» (yozmoq) fe’lidan olingan, keyin «maktab» so‘zi bilan almashgan
Kebekxon zarb ettirgan yangi tangalarning xalq orasidagi nomi; keyin Oltin O‘rda va rus knyazliklarida ham muomalada bo‘lgan. Rus davlatidagi «kopeyka» shu nomning buzilgan shakli
Saroydagi lavozim; Kamoliddin Behzod Sulton Husayn Mirzo saroyida kitobdor lavozimini egallagan, shoh kutubxonasidagi mavqeyi baland bo‘lgan
Sim ro‘mol; yuzboshilar yurishda o‘zi bilan olgan
Tariqat; bu davrda rivojlanib, Oltin O‘rda xoni Berkaxon davrida xonlikning katta hududiga yoyilgan
Xat (yozuv) turi; Oqsaroy devorlarida tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi kufiy yozuvlari bo‘lgan, xattotlikda kufiy yozuvidan keng foydalanilgan
Qal’a boshlig‘i – komendant; har bir shahar va qishloqda sipoh-u raiyatga soqchilik qilib, ularni o‘g‘irliklardan himoyalagan
Emikdosh – shahzoda bilan birga o‘sgan kishi; Navoiyning bobosi Umarshayx Mirzoning, otasi esa G‘iyosiddin Mansur Mirzoning ko‘kaldoshi bo‘lgan
Faqir-u miskinlar uchun quriladigan joy
Xorazmshoh qo‘shinining katta qismini tashkil qilgan nomuntazam armiya
Jamiyatning yuqori qatlami vakillaridan iborat kengash; Temur muhim davlat ishlarini unda ko‘rib hal qilgan, unda o‘tirish va o‘rin olish tartibi belgilangan
Umumiy ma’noda «yozadigan joy»; maqsadi o‘qish va yozishni o‘rgatish hamda islom dinining asoslari bilan tanishtirish
Mahalliy hukmdor; Kebekxon davrida maliklarning o‘rnini turk-mo‘g‘ul urug‘i boshliqlari egallagan, avtonom huquqlari bekor qilingan
Mamlakatdagi muhim xo‘jalik va qurilish ishlarini, raiyat ahvolini kuzatib turgan vazir
Jangchi qullar; Xorazmshoh qo‘shinidagi 10 ming kishilik tansoqchilar (xaros) qismi mamluklardan iborat bo‘lgan
Qo‘shinning asosiy ilg‘or qismi; o‘ng va chap qanot ilg‘or qismlari madadida jangga kirgan
Tosh irg‘ituvchi qurol; qal’alarga hujum qilishda foydalanilgan
Tezyurar tuya va ot mingan chopqinchilar hamda choparlardan iborat qism; turli mamlakatlar va sarhadlar xabarlarini, qo‘shni hukmdorlar niyatlarini bilib, amirga yetkazib turgan
Qo‘shin jangovar tartibidagi o‘ng qanot
Qo‘shin jangovar tartibidagi so‘l qanot
Harbiy unvon; maoshi yuzboshilarnikidan uch baravar ortiq bo‘lgan
Ma’nosi «qizil bo‘yoq»; badiiy usullari o‘ta nafis bo‘lgan kichik hajmli tasviriy san’at asari
Tanganing to‘rtdan bir qismi – og‘irligi 1,5 grammga teng mayda kumush tanga; atama Temurning «Amir» unvonidan kelib chiqqan
Davlat boshqaruvini qo‘lga olgan Amir Temur olgan nom; xon esa nomigagina taxtda bo‘lgan
Binolarning tashqi ko‘rinishini bezatishda marmartoshlar bilan birga foydalanilgan plitkalar mozaikasi
Azon aytuvchi
Madrasada dars beruvchi olim; Ulug‘bek madrasasining birinchi mudarrisi «hamma ilmlarda yetuklikka erishgan komil kishi» bo‘lishi kerak deb, imtihon orqali tayinlangan
Barcha sudlarda qozilarga fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha xulosa bergan
Tovon puli yig‘uvchi; Amir Temur taslim bo‘lgan shaharlarga faqat muhassillarni jo‘natgan
Davlat lavozimi; Sulton Husayn Mirzo Navoiyni davlat ishlariga jalb etib, muhrdor qilib tayinlagan, Navoiy 1469– 1472-yillarda muhrdor bo‘lgan
Arabcha «nazorat qiluvchi»; diniy marosimlar, urf-odatlar va shariat qonunlarining bajarilishini nazorat qilgan
Xususiy yerlar; yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari ham, ziroatchilarning mayda paykallari ham xususiy mulk qatoriga kirgan
Davlat yerlari; dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan
Madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar
Kelajakni bashorat qiluvchi; munajjimlar Shohrux Mirzoning yangi tug‘ilgan o‘g‘li (Ulug‘bek) olim ham hukmdor bo‘lishini bashorat qilgan
Son jihatdan aniq va puxta tashkil qilingan, ilg‘or qurol-yarog‘ va bir turdagi aslaha-anjom bilan ta’minlangan, qismlari kiyim-boshi, bayroq yoki tug‘i orqali farqlangan qo‘shin; Amir Temur qo‘shini shunday bo‘lgan
Pirga ergashuvchi kishi; Sulton Husayn Mirzo Alisher Navoiyning muridi bo‘lishni orzu qilgan; Navoiy javobiga ko‘ra, «pirning tilagi – muridning tilagi bo‘lishi kerak»
Rassom; musavvirlar Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy va Navoiy asarlariga rasmlar (miniatyuralar) ishlagan
Amir Temur Boyazidni yengsa ham Turkiyani mustamlakasiga aylantirmadi: u yerga o‘g‘il- nabiralaridan birortasini podsho yoki hokim qilib qo‘ymadi, boshqaruvni Usmoniylar sulolasi ixtiyorida qoldirdi
Poliz maydonlari va bog‘larda ishlovchi; ular «bog‘bon» va «muzori» deb atalgan
«Ko‘ngling doimo Allohda bo‘lsin, qo‘ling esa ishda» degan g‘oya; o‘z mehnati bilan kun ko‘rishni ilgari suradi
Bahouddin Naqshband asos solgan tariqat; o‘z mehnati bilan halol kun ko‘rish g‘oyasini targ‘ib qilgan
Kishining qo‘shimcha nomi; Jaloliddin umrining katta qismi Rum (Turkiya) davlatida o‘tgani uchun o‘ziga «Rumiy» nisbasini olgan
Hukmdor nomidan o‘lkani boshqarishga tayinlangan shaxs; Mahmud Yalavoch, so‘ng uning o‘g‘li Mas’udbek Movarounnahr noibi bo‘lgan
Hokimiyat, saltanat ramzlari; 1370-yili Mir Sayyid Baraka ularni Amir Temurga topshirgan
Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar va mahalliy hokimiyat idoralari bilan bog‘lanib turishi ishlari bilan shug‘ullangan idora; unda harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri ishlagan
Hukmdor; Ozarbayjon otabegi (hukmdori) O‘zbek davlat ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan
Masjidlarga qarashli maktablarda qizlarga dars bergan (o‘g‘il bolalarga esa masjid imom-xatiblari dars bergan)
Temuriylar davridagi binolarning alohida ajralib turadigan muhim qismi
Pul tizimini yangilash: Mas’udbek 1271-yili 16 ta shahar va viloyatda bir xil vazndagi sof kumush tangalar zarb ettirgan; Kebekxon yagona pul tizimi uchun dirham va dinorlar zarb qildirgan
Amir Temur qo‘shini yasol tartibida qanotlarda (2 va 6-raqamlar) joylashgan qismlar
Shoh qasri, saroy; qadimgi turkiy tilda saroy «xarsh» yoki «qarsh» deb nomlangan. Kebekxon saroyi atrofida Nasaf bilan birlashib ketgan shahar Qarshi nomi bilan tanilgan
1339-yili Chig‘atoy ulusining sharqiy qismida tarqalgan vabo epidemiyasining Yevropa tarixidagi nomi; Yevropa aholisining 30–40 foizi nobud bo‘lgan
«Aralashgan, duragay» — mo‘g‘ullar kelib chiqishi aralash (asl mo‘g‘ul bo‘lmagan) odamlarni shunday atagan; Yettisuv mo‘g‘ullari Movarounnahrga ko‘chib kelganlarni «qoraunas» deganlar
Sud ishlarini amalga oshirgan sudya; aholi, qo‘shin, dindorlar va xizmatchilar uchun alohida qozilar bo‘lgan
Butun imperiya bo‘yicha odil sudlov holatiga javob bergan, raiyat qozilari faoliyatini nazorat qilgan
Mo‘g‘ullar ko‘p qo‘llaydigan taktika: yolg‘ondan chekinib, pistirmadan hujum qilib, o‘rab olish
Dushmanda qochish belgilari ko‘ringanda uni ta’qib etish uchun chapdast suvoriylardan tuzilgan qism
Qo‘shinning yirik qismi: Amir Temur qo‘shinni jang maydonida yetti qo‘lga bo‘lib joylashtirgan; zarur bo‘lsa qo‘l hal qiluvchi jangga tashlangan
Qurol-aslaha ombori; Samarqandda shahar janubida bo‘lib, unda turli mamlakatlardan kelgan qurolsoz ustalar ishlagan
Har bir shaharda aholini qo‘riqlab turgan kishi
O‘tochar qurol, ya’ni to‘p; arabchada «momaqaldiroq» ma’nosini bildiradi. O‘rta Osiyoda ilk bor Amir Temur qo‘shinida (1379-yil Urganch qamalida) ishlatilgan
Samoni kuzatish va o‘rganish uchun maxsus astronomik o‘lchov asbob-uskunalari joylashtirilgan inshoot; Ulug‘bek rasadxonasi 1428–1429-yillarda Samarqandda bunyod etilgan
Fransuzcha so‘z, «qayta tug‘ilish», «uyg‘onish» degan ma’nolarni anglatadi va madaniy tiklanish davrini ifodalaydi
Hukmdor otini yetaklab yuruvchi, hukmdor uzangisi sohibi
Matematika
O‘q solinadigan o‘qdon
Mahalliy hukmdor; Kebekxon davrida sadrlarning o‘rnini turk-mo‘g‘ul urug‘i boshliqlari egallagan, avtonom huquqlari bekor qilingan
Ilgarigi asrlarda yevropaliklarning Yaqin Sharqqa uyushtirgan yurishlari
Butun saltanat idoralarining kirim-chiqimlarini, xazina xarajatlarini nazorat qilgan vazir
Amir Temur jamiyatdagi o‘n ikki toifadan sakkizinchisiga kiritgan hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislarni shunday atagan
Forschada «boshi dorda», ya’ni boshi dorga osilishiga tayyor
XIV asrning 30-yillarida Xuroson janubi va Eronda paydo bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy harakat; 50–60-yillarda Movarounnahrga yoyilgan. Samarqandda hunarmandlar, do‘kondorlar, ayrim mudarrislar va talabalar faol qatnashgan
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Amir Temur shaharlar o‘rtasidagi yo‘llarda barpo ettirgan inshoot
Harbiy yurishlar davrida mag‘lub etilgan aholidan olingan soliq
Dushman qo‘shinini jangga chaqirish maqsadida o‘zini zaif qilib ko‘rsatish strategik hiylasi
Payg‘ambar avlodi; Amir Temur sayyidlarni o‘limga hukm etmagan, ularga yuqori hurmat bilan qaragan
Astronomik o‘lchov asbobi; G‘iyosiddin Jamshid yordamida Ulug‘bek rasadxonasida o‘rnatilgan ulkan sekstant Sharqdagi eng katta astronomik o‘lchov asbob hisoblangan
Sipohiylarning maoshlari va armiyaning holatidan xabardor bo‘lib, boshqarib turgan vazir
Askarlik xizmati; Amir Temur har bir toifa va jamoadan o‘z ixtiyori bilan sipohgarchilik xizmatiga kirishni istaganni askarlikka olishni buyurgan
Qo‘shindagi askar; oddiy sipohiyning maoshi u mingan otning bahosida bo‘lgan
Mo‘g‘ullarning asosiy taktik hiylasi: bir nechta bo‘linma oldinga jo‘natilib, keyin orqaga chekinayotgandek ko‘rsatilgan; dushman ta’qibga kirishgach, uning asosiy kuchlar bilan aloqasi kesib qo‘yilgan
«Eng oliyjanob sulton» — islomni qabul qilgan Tarmashiringa berilgan unvon
Hukmdorlar, ularga yaqin amirlar va yirik davlat amaldorlari ishlatgan oliy navli qog‘oz
Isfahon qamalida Amir Temur farmoni bilan qo‘y, qora mol, ot, tuya suyaklaridan qirqtirilib, po‘lat muhr bostirilgan va muvaqqat pul o‘rnida muomalaga kiritilgan pul; qamal tugagach tanga pullarga almashtirib berilgan
Xo‘jalikning asosi; Amir Temur davrida yangi kanallar qazilib, sug‘orma dehqonchilik maydonlari kengaydi
Tasavvuf ahli; Temur Malik so‘fiylar kiyimida (jandasida) Shomga yo‘l olgan
Amir Temur davrida ikki qiymatda zarb qilingan tangalarning kattasi – og‘irligi 6 grammga teng bo‘lgan tanga
Tarixiy asarlar yozish; XIII asrning ikkinchi yarmidan rivoj topgan (Juzjoniy, Otamalik, Rashiduddin, an-Nasaviy asarlari)
Tarxonlik yorlig‘ini olgan mulkdor ismiga qo‘shib aytilgan so‘z
Bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga biron xizmati uchun beriladigan, ko‘pincha barcha soliq, to‘lov va majburiyatlardan ozod qiluvchi yorliq; odatda amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan
Bosh qo‘mondonning yordamchisi; tunkalni tegishli joylarga yetkazgan, askar jam etish, qo‘shin qismlarining o‘rni, jangovar tartibi va ko‘chishini nazorat qilgan
Osiyo va islom tarixida XIV–XV asrlarni qamrab olgan davr; temuriylar ilm-fan, madaniyat rivojlanishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratgan
Hukmdorning qo‘shin to‘plashga qaratilgan maxsus buyrug‘i (farmoni)
Davlat maoshi
(«davlat», «xalq») Chingizxon tuzgan ilk mo‘g‘ul davlatining nomi; keyinchalik Chingizxon farzandlariga bo‘lib bergan mulklar (Jo‘chi ulusi, Chig‘atoy ulusi va b.) «ulus» deb yuritilgan. Asta-sekin «xalq» ma’nosini anglata boshlagan
Movarounnahrda davlat boshida turgan amir; xonlar esa faqat Chingizxon urug‘idan bo‘lgani uchun nomigagina taxtga o‘tqazilgan
Peshtoq-u ravoq hamda toqlarga parchin va girihlar qoplab, imoratga pardoz beruvchi usta
Mo‘g‘ullarning o‘z yozuvi bo‘lmagani uchun Chingizxon qabul qilgan yozuv; keyin uning o‘rnini arab yozuvi egallagan, u asosan saroyning ichki yozuviga aylangan
Qo‘shin ortidan boruvchi og‘ir karvon
Kambag‘allar va boshqa kishilarni ijtimoiy himoyalovchi asosiy manzil; kelgan odam issiq ovqat, non, meva bilan kutib olingan
Yuqori davlat lavozimi; Sulton Husayn Mirzo 1472-yilda Navoiyni amir (vazir)likka qo‘ygan, Navoiy 1472–1476- yillarda vazir bo‘lgan
Viloyat darajasida o‘troq aholini boshqargan hokim
Har bir sarhad, viloyat, shahar va lashkarda tayinlangan; hokimlar, raiyat, sipoh xatti-harakati, kirgan-chiqqan mol-mulk, begona kishilar, qo‘shni davlatlar haqida xabar yetkazib turgan
Xorazmshoh qo‘shini tarkibidagi mamluklardan iborat 10 ming kishilik tansoqchilar qismi
O‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan 10 xil asosiy yozuv uslubi: nasx, kufiy, muhaqqaq, nasta’liq, suls, tavqe, ta’liq, devoniy, riqo, riq’iy
Yozuv (xat) san’ati, kitob ko‘chirish hamda me’moriy inshootlar, badiiy buyumlarning sirtlariga yozuv yozish san’ati
Kambag‘al va miskinlar uchun ochilgan joy; Amir Temur dastlabki farmonlarida ularni ochishni buyurgan
Raqibni tor-mor etishni yakunlash, zaxira rolini bajaruvchi maxsus qism
Uluslarda hukmronlik qilgan xonzodalar unvoni; Chig‘atoy ulusi hukmdorlarining unvoni
Sayohatchilar va savdogarlar joylashishi uchun qurilgan bino
O‘ldirilgan qarindosh uchun o‘ch olish; amir Kayxusrav akasi Kayqubodning qatli uchun Amir Husaynni xun olish maqsadida o‘ldirgan
Oliy hukmdor nomiga o‘qiladigan xutba; 1388- yili oliy hukmdor sifatida Amir Temur nomiga xutba o‘qilib, tangalar zarb etilgan
Qadimgi va o‘rta asrlarda turkiylarda elchi, xabarchilarga nisbatan ishlatilgan atama
Amir Temur qo‘shinining jangdagi saflanish tartibi: hirovul, qanbullar, javong‘or, qalb, barong‘or, tug‘chi qism va izofadan iborat
Chingizxonning farmoyishlaridan iborat qonunlar kitobi; mo‘g‘ul zodagonlarining huquqiy qomusi. Unda bitilgan buyruqlarni bajarmagan hukmdor ag‘darilishi shart bo‘lgan
«Yasoq qo‘riqchisi»; Yasoq qoidalarini yaxshi bilgan Chig‘atoyni zamondoshlari shunday ta’riflagan
1206-yilda Chingizxon tashkil etgan davlatning nomi
Yo‘l bekati; choparlar, yo‘lovchilar ot almashtiradigan joy. Yomda doimo otlar ulovga tayyor turgan
Maxsus farmon; ulug‘ xoqon Munke soliq va hashar ishlarini tartibga solish to‘g‘risida yorliq chiqargan
Har yuz soqchi ustidan mas’ul etib qo‘yilgan boshliq. Maoshi o‘nboshilarnikidan ikki baravar ortiq bo‘lgan
Savdogarlar mol-mulkidan olinadigan to‘lov (boj bilan birga)
Tangalar (pullar) zarb qilinadigan joy; Ulug‘bek Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya va Andijonda zarbxonalar tashkil etib, fuluslar zarb ettirgan
Ulug‘bekning astronomiyaga oid asosiy asari («Ziji Ulug‘bek», «Ziji jadidi Ko‘ragoniy»); unda 1018 yulduz to‘plami tartiblab chiqilgan
Yo‘llarga tayinlanib, yo‘llarni qo‘riqlagan, o‘tkinchilar, savdogarlar, musofirlarning mol-mulki va jonini himoya qilgan
Min imperatorlari qo‘shni mamlakatlarni qaram deb hisoblab, Amir Temur elchilari olib borgan sovg‘a-salomlarni o‘lpon deb sanagan
Harbiy unvon; bahodirlik ko‘rsatgan oddiy askar o‘nboshilik martabasiga ko‘tarilgan. Maoshi oddiy sipohiynikidan o‘n barobar ortiq bo‘lgan
Har bir bo‘linma, guruh, qismning o‘z paroli; yurishda parokandalikka yo‘l qo‘ymaslik uchun bo‘lgan
Ko‘chmanchi mo‘g‘ullarning o‘troq hayotga o‘tishi; Kebekxon boshlagan bu siyosatni uning vorislari davom ettirgan
Usmoniylarning Yevropa mamlakatlariga qarshi olib borgan diniy g‘azoti; Amir Temur tayin etgan yangi hukmdorlar uni to‘xtatdilar
Mo‘g‘ullar bosqiniga qadar shaharning asosiy qismi shunday atalgan
Shariat talablariga asoslanib ish yurituvchi sudya
Diniy martabadagi kishilarni sud qilgan
Ko‘chmanchilar mahsulot tarzida to‘laydigan soliq: har podadan ikki yashar qo‘y, qimiz uchun har ming otdan bir biya olingan
Temuriylar davriga xos kubik shaklidagi maqbara; ustida tekis, asosan ko‘k (feruza) gumbaz joylashgan
To‘rtburchak shakldagi, sahnidan o‘tgan ariqlar bilan teng to‘rt qismga ajratilgan, devorlari burchagida minora, markazida saroy bo‘lgan bog‘