Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Darslikdagi barcha qalin yozilgan atamalar, rasm ostidagi izohlar va rasmiy lug‘at.
Hokimiyat cheklovlarsiz, bus-butunligicha monarx qo‘lida bo‘lgan boshqaruv shakli; qirolning cheklanmagan hokimiyati g‘oyasi asosida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida shakllangan, Angliyada XVI asrda shakllandi
Fransiyada kardinal Rishelyo ministr bo‘lgan yillarda (1624–1642) uzil-kesil mustahkamlangan boshqaruv; uning mohiyatini Lyudovik XIV ning «Davlat — bu men» degan jumlasi yaqqol aks ettiradi
Charlz Dilk «erkin savdo» o‘rniga joriy qilishni taklif qilgan, Angliya va butun Britaniya imperiyasini chet davlatlar raqobatidan himoya qilishga qaratilgan savdo
Yunoncha «abijun» – «mudratuvchi», uxlatuvchi so‘zidan kelib chiqqan, arabchada afyun deyiladi; o‘zbek tilida ko‘proq «qoradori» deb yuritiladi
Angliyada ikki yuz ellik yil ichida yuz bergan o‘zgarish; oqibatida yerlar yirik mulkdorlar qo‘lida to‘plandi, dehqonlar yo‘qoldi, qishloq xo‘jaligida yollanma ishchilar asosiy kuch bo‘lib qoldi
Yerni sotish va sotib olishga, uni xususiy mulkka aylantirishga ruxsat bergan islohot; dehqonlar chek yerga ega bo‘ldilar
Kishilar qishloq xo‘jaligiga tayangan iqtisodiyot va an’analar asosida yashagan, tabaqalarga bo‘lingan jamiyat; neolit davridan XVIII asrning 60-yillaridagi sanoat inqilobigacha davom etgan
Amerikada klassik ta’lim va kasb-hunar ta’limini qo‘shib olib boruvchi o‘quv yurti
Xavf-xatar katta bo‘lgan uzoq masofalar bilan savdo qilish uchun savdogarlarning birlashmasi; ular umumiy xarajatlar uchun mablag‘ qo‘shib, aksiyaga ega bo‘lardi
Kompaniyaning umumiy xarajatlari uchun mablag‘ qo‘shib, foydadan o‘z ulushini olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog‘oz
Ispan mustamlakalarida shahar va qishloq okruglarini boshqargan amaldor
Mashinalar, mexanizmlar va inshootlarni o‘rganadigan fan; XVIII asrda texnik fanlar rivoji bilan shakllandi
Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun olib borilgan urush, ayni paytda burjua inqilobi: milliy mustaqillikka erishish va kapitalistik munosabatlarni o‘rnatish vazifasini hal qildi; milliy- ozodlik urushi shaklida o‘tdi
XVIII asr o‘rtalarida shakllangan zamonaviy millat: ko‘chib kelganlarning yagona tarixiy taqdiri yuzaga keldi, ingliz tili umumiy tilga aylandi, urf-odatlar birxillashdi, aholining ko‘pchiligi o‘zini «amerikalik» deb atay boshladi
Yevropa tarix fanida sharqona taraqqiyot shakli shunday ataladi. Asosiy belgilari: avloddan avlodga o‘tib kelayotgan kamtarona hayot tarzi, diniy sabr-toqat, yer egaligining o‘ziga xos shakli, kishilar hayotining davlat tomonidan tartibga solinishi. Asosi — qishloq xo‘jaligi, urf-odat va an’analar (agrar jamiyat)
Boshqa davlat hududini qo‘shib olish: AQSH Meksika bilan urush (1846–1848) natijasida Meksikaning qariyb yarim hududini anneksiya qildi
Qadimgi yunon-rim davri — Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim sivilizatsiyalarini anglatadi
1787-yil 17-sentyabrda qabul qilingan konstitutsiya; AQSHda respublika tuzumini o‘rnatdi va prezident lavozimini joriy qildi
Markazlashgan va tarqoq manufaktura turlarini mujassamlashtirgan korxona: mahsulotning alohida qismlarini mayda hunarmandlar yasaydi, ularni yig‘ish esa tadbirkorning ustaxonasida amalga oshiriladi
Imperiyadan ajralib chiqish kayfiyati; u kuchayib, Boburiylar imperiyasi inqirozga yuz tuta boshladi
Sarroflar almashish uchun tangalarni terib qo‘yadigan stol; zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank XV asrda Genuyada paydo bo‘lgan
1795-yilgi konstitutsiyaga ko‘ra qonunchilik hokimiyatiga ega bo‘lgan qonunchilik korpusining ikki palatasidan biri
Fransiyada 1804–1814-yillar davri: 1804-yili Senat Napoleonni «Fransuzlar imperatori Napoleon I» deb e’lon qilib, monarxiya qayta tiklandi; bu monarxiya zodagonlar emas, burjuaziya manfaatlariga xizmat qilardi
Qimmatli qog‘ozlar, tovarlar, xomashyo, qimmatbaho metallar va valutalar kabi turli aktivlarni sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan savdo maydonchasi; yirik shaharlarda tashkil qilingan, savdogarlar mahsulotlarini e’lon qilib, oldi-sotdi shartnomasi tuzgan maxsus joy
Shimoliy Niderlandda paydo bo‘lgan yangi davlat; Niderland Respublikasi Yevropada 1609-yili tashkil topgan birinchi burjua davlati hisoblanadi
«Darvoza» ma’nosini bildiradi; Said Ali Muhammad 1844- yilda o‘zini Bob deb e’lon qildi – uning fikricha, Mahdiy shu darvozadan kirib, odamlarga o‘z inoyatini beradi
Shia diniy mazhabining bobiy tariqati vakillari; rivoyatga ko‘ra 1000 yil avval yo‘qolgan 12-imom – Mahdiyning Yer yuzida adolat o‘rnatish uchun yaqinda tashrif buyurishi g‘oyasini targ‘ib qilganlar, 1840-yillar oxirida Eronda qo‘zg‘olon ko‘targanlar
Rus davlati paydo bo‘lganidan beri feodal jamiyatdagi oliy tabaqa, zodagonlar qatlami. Ular votchinaga egalik qilgan, o‘z hududlarida mutlaq hokimiyatga ega bo‘lgan va knyazga xizmat qilgan
Yangi davrda yuz bergan, feodal tartiblarni buzib tashlab, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga yo‘l ochgan inqiloblar
Angliyadan farqli ravishda Fransiyada kapitalistik sektorda yaratilgan boyliklarning feodal mulk, unvon va lavozimlar sotib olishga sarflanishi; feodalizm hukmronligining yaqqol ko‘rinishi
(yap. «busido» – «jangchining yo‘li») samuraylar kodeksi: jamiyatda, jangda va yolg‘izlikda haqiqiy jangchi uchun qoidalar, tavsiyalar va xatti-harakatlar me’yorlari to‘plami
XV–XVII asrlarda yevropaliklar tomonidan yangi savdo yo‘llarining ochilishi; kapitalning dastlabki jamg‘arilishini tezlashtirdi, mustamlaka tizimining shakllanishini boshlab berdi
Rusda hukmdorlar 1547-yilgacha shunday atalgan
Davlat organlari vakolatlarining kengayishi (sud va soliq tizimining markazlashuvi, boj siyosati, muntazam armiyaning tuzilishi) munosabati bilan shakllangan amaldorlar tizimi; absolyut monarxiya uchun tayanch bo‘lgan
Mustamlakalarda spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, tuz, qog‘oz kabi bozorgir mahsulotlar savdosi ustidan o‘rnatilgan davlat nazorati
Yaponiyada viloyatlarni nazorat qilgan feodallar; ularning qo‘lida samuraylar xizmat qilardi
Rossiyaning ilg‘or fikrli kishilarining samoderjaviye va krepostnoylik huquqiga qarshi aniq dastur bilan olib borgan kurashi
XVII asr birinchi choragida Jazoir, Tunis va Tripolida yanicharlar tomonidan saylanadigan hukmdor
Akbarshoh siyosati: mamlakatni boshqarishga musulmonlar bilan birga hindlarni ham jalb qildi, hindlarni ta’qib qilishni to‘xtatdi, to‘liq diniy erkinlikni e’lon qildi
1795–1799-yillarda Fransiya Respublikasining besh kishi (direktorlar)dan iborat hukumati
(ingl. egalik, qaram o‘lka) Britaniya imperiyasi tarkibidagi o‘zini o‘zi boshqaradigan va Britaniya qirolini davlat boshlig‘i deb tan oladigan davlat. Qirolning dominiondagi vakili — general-gubernator
Parlament tarafdorlari; sochini doira shaklida olishgani uchun shunday atalgan
Diniy bo‘lmagan maktablar; Turkiyada Tanzimat davrida paydo bo‘ldi
Maxsus belgilangan maqsad bilan uyushtiriladigan sayohat
Ekin maydonlarining kengayishi va chorva mollari sonining ko‘payishi hisobiga mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish; texnikadan yetarli foydalanmaslik, yerga ishlov berishning qoloq usuli va hosilning pastligi bilan tavsiflanadi
Mashinali ishlab chiqarishning butun bir tizimi; sanoat to‘ntarishi natijasida manufaktura o‘rnini egalladi
Dorilarni tayyorlash va saqlashdagi talablar; Xitoyda shifokor Li Shi Chjen bu borada 1900 ga yaqin dori haqida yirik asar yaratgan
1787-yil may oyida Filadelfiyada ish boshlagan, shtatlardan saylangan vakillar yig‘ini; AQSH Konstitutsiyasini ishlab chiqdi
Yer rentasi shakllaridan biri bo‘lib, feodal foydasiga ishlab berish, oziq-ovqat (natural) va naqd pul shaklida mavjud bo‘lgan
O‘ziga tegishli yoki ijaraga olingan yer uchastkasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik turidagi xususiy qishloq xo‘jaligi korxonasi
(lot. og‘irlik, qadoq) Angliyada va boshqa ba’zi mamlakatlarda 453,6 grammga teng og‘irlik o‘lchovi
Pul birligi: Shimoliy Amerikadagi mustamlakalarda o‘ldirilgan har bir hindu uchun 50– 100 funt sterling to‘langan, bu mablag‘ yaxshi yer uchastkasini sotib olishga yetarli edi
1804-yilda Napoleon nashr etgan burjua huquqi normalari to‘plami; mulk huquqini, xususiy tadbirkorlik erkinligini va oilaviy huquq normalarini ta’minladi
Galileo Galiley Kopernik ta’limotini (Yer Quyosh atrofida va o‘z o‘qi atrofida aylanadi) davom ettirib asos solgan nazariya
Buyuk Britaniyaning Hindistondagi barcha mustamlakalarini boshqaruvchi; bu lavozimga «Ost Indiya» kompaniyasining Kalkutta shahridagi gubernatori tayinlandi
Mustamlakada vitse-qirol kabi butun hokimiyatga va keng huquqlarga ega bo‘lgan boshliq; unga viloyatlarning gubernatorlari bo‘ysungan
Fransiyada 1302–1789-yillarda faoliyat yuritgan oliy tabaqaviy vakillik organi — barcha tabaqa va barcha provinsiyalar vakillari yig‘ilishi. Angliyada bu organ «parlament» deb ataladi
1815-yil Vena kongressida imzolangan aktga binoan Muqaddas Rim imperiyasi o‘rnida tuzilgan 34 ta mustaqil davlat va 4 ta erkin shahardan iborat ittifoq; Avstriya vakili uning doimiy raisi sanalardi
Odam boshini tanasidan judo qilish orqali o‘lim jazosini amalga oshirish mexanizmi. Birinchi marta 1792-yilda fransuz vrachi Jozef Gilotenning taklifi bilan Fransiyada qo‘llanilgan va 185 yil davomida ishlatilgan
XVI–XVIII asrlarda Fransiyada protestant (kalvinizm) tarafdorlari; ular odam o‘z ruhini cherkov aralashuvisiz ham qutqarishi mumkinligiga ishonishgan, dabdabali marosimlar va ortiqcha xarajatlarga qarshi chiqishgan
O‘rab turgan olamga ilohiy emas, dunyoviy, insoniy qarash tarafdori; har bir shaxsning noyobligi va qadrini ko‘rsatishga urindilar
O‘rta asrlarda hukmron bo‘lgan, insonni aqliy, ma’naviy kamsitishga asoslangan dunyoqarash o‘rniga shakllangan yangi dunyoqarash; industrial sivilizatsiyaning ma’naviy asosi bo‘ldi
Uyg‘onish davrida insonga, tabiat va jamiyatga yangicha qarash; dastlab XIV–XV asrlarda Italiyada paydo bo‘ldi
XVI asrda Niderland inqilobi davrida Ispaniyaga qarshi mustaqillik uchun kurashgan niderland dvoryanlari; kamtarona kiyinganligi uchun ispan aristokratlari ularni shunday atagan
Yaponiyada umumiy harbiy majburiyatni joriy etgan, yevropacha nusxadagi yangi qo‘shinni shakllantirgan islohot
Turkiylar va keyinchalik Usmoniylar imperiyasida feodal yer egaligi shakli; timar yoki len egasi shaxsan harbiy yurishlarda qatnashishi va har 3 ming aqcha daromadi hisobidan bitta otliq askar olib kelishi shart bo‘lgan
Hindiston va Janubi-sharqiy Osiyoga tarqalgan sivilizatsiya; unda kishining ijtimoiy holati tug‘ilish omili, ya’ni ota- onasining jamiyatdagi o‘rni bilan belgilanadi
Hind milliy madaniyatining G‘arb madaniyati bilan yaqinlashuvi asosida yuz bergan diniy va madaniy hayotdagi chuqur o‘zgarishlar
Angliya hukumati tashkil qilgan kengash; Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosatining yo‘nalishlarini belgilab borgan
Hindlarning dini; unda sigir muqaddas hisoblanadi va uning go‘shti iste’mol qilinmaydi
Ijro hokimiyatini qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limot (Jon Lokk)
Xitoyda dehqonlar yerlarni ijaraga olib ekin ekardi; ijara haqi hosilning 50 foizini tashkil etib, dehqonlarni holdan toydirardi
1852-yili Lui Napoleon Bonapart Napoleon III nomi bilan imperator deb e’lon qilingach o‘rnatilgan imperiya (1852–1870); nisbatan barqarorlik va jadal iqtisodiy yuksalish davri
Insonning faqat tabiat qonunlarini emas, jamiyat rivojlanishi qonunlarini ham anglay olishiga ishonch; Ma’rifat asrining eng muhim jihati
Ishlab chiqarishda ilmiy bilimlarning qo‘llanilishi natijasida yuz beradigan, insonning tabiatga va ishlab chiqarish tizimiga munosabatini tubdan o‘zgartiradigan inqilob; bu davrda fan asta- sekin ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi
Prezident qasamyodi
Insonning shaxsiy hayoti jamoaga bog‘liq bo‘lmagan, faqat uning o‘ziga tegishli hodisa deb qaraladigan, inson huquqlarini jamiyat manfaatlaridan mutlaq ustun qo‘yadigan ta’limot; negizida har bir shaxsning yagona va beqiyosligini tan olish yotadi
Ruhoniylar sotgan maxsus yorliq; puldor kishilar uni hatto hali qilib ulgurmagan gunohlari uchun ham sotib olardi
Insoniyat tarixining ikkinchi bosqichi; asosi — sanoat
Papa dindan qaytganlarni jazolashni topshirgan sud; dindan qaytganlar uning hukmiga ko‘ra gulxanlarda yoqildi
XIX asrning 30–40-yillarida shakllangan mafkura (asoschilari V. G. Belinskiy va A. I. Gersen); G‘arbiy Yevropa bilan Rossiya taraqqiyotidagi umumiylikni isbotlashga, G‘arb bilan aloqalarni mustahkamlashga va uning ilg‘or yutuqlaridan foydalanishga chaqirgan
Ta’sis majlisi 1789-yili qabul qilgan hujjat; so‘z va matbuot erkinligi hamda xususiy mulkning daxlsizligi kabi burjua huquqlarini e’lon qildi. Mohiyati «Ozodlik, Tenglik, Birodarlik» so‘zlarida ifodalangan
Ekinlar hosildorligi va chorvachilik mahsuldorligini oshirish, yangi texnologiyalar, mexanizatsiya, o‘g‘itlar va boshqalarni joriy etish orqali mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish
(lot. interventio – aralashuv) bir yoki bir necha davlatning boshqa bir davlat ichki ishlariga zo‘rlik bilan aralashuvi, uning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi qaratilgan harakatlari
Asosini islom dini tashkil qiladi; bu din musulmonlarning dunyoqarashini ham, hayot tarzini ham belgilaydi. Barcha musulmonlarning tengligiga asoslangani uchun keng tarqaldi; Yangi davr boshlarigacha Yevropaga nisbatan ilg‘or sivilizatsiya o‘chog‘i edi
Meydzi islohotlaridan so‘ng Yaponiyada joriy etilgan yagona pul birligi
Reformatsiyaga qarshi kurashish uchun Rim papasi 1540-yili ta’sis etgan orden (Iyezus — Iisus, Iso); oldiga «adashgan olomonni cherkovga qaytarish» vazifasi qo‘yilgan, asoschisi Ignatiy Loyola
1830-yil iyulda inqilobdan so‘ng yirik burjuaziya Lui Filippni taxtga o‘tqazib, monarxiyani saqlab qolgan davr; yangi konstitutsiyada so‘z, matbuot, yig‘inlar erkinligi e’lon qilindi
XVIII asr o‘rtalarida Xitoy hukumati Guanchjoudan tashqari barcha shaharlarda yevropaliklar bilan savdo qilishni taqiqlab yuritgan siyosat
Ispanlardan ozod bo‘lishga harakat qilgan Jazoir aholisi jihod bayrog‘ini ko‘targan musulmon korsarlarni qo‘llagan
So‘l deputatlar; ko‘pchiligi Jironda departamentidan saylangani uchun shunday nom olgan
XVII asrda paydo bo‘lgan an’anaviy yapon teatri (qo‘shiq, raqs, mahorat); aktyorlari faqat erkaklar bo‘lib, yuzlari murakkab usulda grim qilinardi
XIX asrda Xitoyda tasviriy san’at, musiqa, teatr bilan birga rivojlangan san’at sohasi
Protestantlikning Jeneva shahrida fransuz Jan Kalvin asos solgan oqimi; ta’limotining asosi «Duo o‘qi va ishla!» shiori bo‘lib, yangi zodagonlar va burjuaziyaga ma’qul keldi
Burjua jamiyatidagi hukmron sinf vakili, kapital egasi, yollanma mehnatdan ekspluatatsiya qiluvchi
XVI asrdan dastlab G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada shakllangan yangi jamiyat; nomi «kapital» so‘zidan olingan, unda xususiy mulk va yollanma mehnatdan foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratildi
Manufaktura egasi mahsulotni bozorda sotib, foydaning bir qismini yollanma ishchilarga ish haqi tarzida beradigan munosabatlar; asta-sekin feodal munosabatlarni siqib chiqardi
XIX asr boshlarida Rossiyada shakllana boshlagan kapitalistik xo‘jalik shakli; shunga qaramasdan Rossiya qoloq agrar mamlakat bo‘lib qolaverdi
Rivojlanishi uchun ikki muhim shart zarur bo‘lgan tuzum: kapital to‘plash imkoniyatining paydo bo‘lishi va erkin ishchi kuchining mavjudligi
Yevropada XV–XVII asrlarda keng tarqalgan yelkanli kema turi
(ital. «ko‘mirchilar») 1807–1832-yillarda Italiyada faoliyat yuritgan yashirin inqilobiy jamiyat. Karbonariylarning asosiy maqsadi monarxlar zulmini yengish va konstitutsiyaviy hukumat o‘rnatish edi
Yamanning bir necha asrdan beri ziravorlar savdosini nazorat qilib kelgan Adan shahri savdogarlarining uyushmasi; XV asrda inqirozga yuz tutdi
Dengizchilarning kashfiyotlari, dengiz oqimlari va shamol yo‘nalishi to‘g‘risidagi bilimlar natijasida rivojlangan soha
Hindu qishloqlarining boshlig‘i; hokimiyati nasliy bo‘lgan
Hind jamiyatida odamlar bo‘lingan guruhlar; insonning jamiyatdagi o‘rni uning qaysi kastaga mansubligi bilan bog‘liq
Britaniya va Rossiya imperiyalari o‘rtasidagi Osiyo va Kavkazorti uchun raqobat; uni Birinchi rus–eron urushi boshlab bergan
Qirol tarafdorlari; uning armiyasida otliq qo‘shin asosiy kuchni tashkil qilgani uchun shunday atalgan
Feodal munosabatlar Yevropaning boshqa hech bir mamlakatidagidek mukammal bo‘lmagan holat; butun XVII asr davomida uning vatani Fransiya bo‘lib qoldi
Rus arxitekturasi uchun xarakterli yo‘nalish; insonning Vatan oldidagi burchini, faxr tuyg‘usini, davlatning birlamchiligi va qudrati g‘oyasini aks ettiradi
Xitoyliklar dunyoqarashining asosi bo‘lgan ta’limot; Minlar davrida olim Van Yanmin uni o‘zgargan tarixiy vaziyatga mos ravishda yangicha sharhlay boshladi
Fransiya burjua inqilobi yillari Direktoriya o‘rniga joriy etilgan ijroiya hokimiyatining uchta rahbaridan biri. Konsullik 1799–1804-yillari amal qilgan
Kongress iqtisodiyotni boshqarish uchun tuzgan, mustaqillik tarafdorlari boshqargan tashkilot
Reformatsiyaga qarshi kurash; katolik cherkovi tomonidan protestantlarga qarshi qo‘llanilgan barcha tadbirlar
Maxsus masala bo‘yicha ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma, bitim (odatda, davlatlar o‘rtasida)
1792–1795-yillarda Fransiyaning oliy qonun chiqaruvchi organi
Ispan mustamlakalarida shahar va qishloq okruglarini boshqargan amaldor
Jazoirda ispanlarga qarshi jihod bayrog‘ini ko‘targan musulmon dengiz qaroqchilari; yetakchilari Aruj, keyin Xayriddin Barbarossa
Savdogarlar va bankirlar orasida keng tarqalgan xat; savdogar shu xat vositasida Samarqand, Jidda, Maskat, hatto Astraxanda ham osongina pul olishi mumkin bo‘lgan
Lotin Amerikasiga birinchi ko‘chib kelgan ispan va portugallarning avlodlari
XVI–XVII asrlarda Xitoy teatr san’atining eng mashhur turi, umummilliy teatr; uning asosida Pekin operasi shakllangan
Muqaddas Rim imperiyasi tarkibidagi knyazlik; masalan, Saksoniya, Bavariya, Brandenburg kurfyurstliklari
Ma’lum iqtisodiy tizimda xo‘jalik yuritishning turli shakllari mavjudligi (masalan, bozor bilan sust bog‘langan patriarxal, yarim natural xo‘jalik; mayda tovar ishlab chiqaruvchi xo‘jalik (hunarmandlar, kosiblar); kapitalistik va boshqalar)
(lot. keng yer-mulk) Lotin Amerikasida yevropaliklarga tegishli yirik yerga egalik shakli
O‘rtayer dengizi sharqiy hududlarining umumiy nomlanishi
Fransiyadagi pul birligi: 1788-yilga kelib davlatning tashqi qarzi besh milliard livrga yetgan
Sanoat to‘ntarishi davrida ishchilarning birinchi ommaviy harakati — mashina va dastgohlarni buzuvchilar harakati; ishtirokchilari afsonaviy ishchi Ned Ludd nomi bilan o‘zlarini «luddchilar» deb atadilar
Martin Lyuter tarafdorlari; ular o‘z mazhabi va cherkovini tashkil qildilar
Mahalliy knyazlar hokimiyatini tugatgan islohot; joylarda hokimiyat imperator tayinlaydigan gubernatorlar qo‘liga o‘tdi
XVIII asr Yevropa tarixiga shu nom bilan kirdi; uning g‘oyalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Rossiya va Shimoliy Amerikaga tarqaldi
XVIII asrning buyuk g‘oyaviy harakati: ishtirokchilari — ma’rifatparvarlar insonning tuganmas kuch va imkoniyatlariga ishonib, ommani ma’rifatli qilishni zarur deb bildi; cherkov ta’limoti, absolyutizm va feodal tartiblarni tanqid qildi. Eng mashhurlari — Volter, Monteskyo, Russo, Didro, Adam Smit
Rivoyatga ko‘ra 1000 yil avval yo‘qolgan 12-imom; bobiylar uning Yer yuzida adolat o‘rnatish uchun tashrif buyurishini kutganlar
Xitoyda provinsiya (viloyat)larni boshqargan oliy tabaqaga mansub zodagonlar. Mandarin so‘zi portugalcha «mandar» — «boshqarmoq», «idora etmoq» ma’nosini bildiradi; ularning o‘rnini hayvonlar, o‘simliklar rasmlari bilan bezalgan kiyimiga qarab bilish mumkin edi
Mehnat taqsimoti va qo‘l hunari texnikasiga asoslangan korxona; bitta katta bino ostida ko‘plab hunarmandlar har biri bitta ish bilan shug‘ullangan
Mustamlakalarga egalik qilgan davlat (Ispaniya, Portugaliya); mustamlakalarning butun iqtisodiy rivojlanishi metropoliyalar manfaatlariga bo‘ysundirilgan, ular uchun Yangi Dunyo oltin, kumush va plantatsiya mahsulotlari manbai edi
1868–1869-yillardagi syogunatni tugatib, imperator hukmronligini tiklagan voqealar va keyingi islohotlar; imperator Musuxito hukmronligi rasman «Meydzi» deb atalib, «ma’rifatli boshqaruv»ni anglatardi
(yap. izzat-hurmatli darvoza) Yaponiya imperatorining qadimgi unvoni
1848-yilgi inqilob paytida Prussiya qiroli unga saylov belgilashga va konstitutsiya ishlab chiqishga va’da bergan
1789-yilda uchinchi tabaqa deputatlari o‘z yig‘ilishini shunday deb e’lon qildi; Milliy kengash absolyutizmni tugatishga qaror qildi
Buyuk fransuz inqilobi davridagi Fransiyaning (1789– 1791) oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organi. General shtatlar o‘rniga tuzilgan
Ilgari asosan tor doiradagi saroy ahliga xizmat qilgan tasviriy san’at ko‘rinishi
Maxfiy Kengashdan ajralib chiqqan, asosiy vazirlardan iborat kollegiya; qirol hukumatiga aylanib, parlament oldida hisobdor bo‘ldi, hukumatni parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega partiya lideri shakllantiradigan bo‘ldi
(fr. — diniy tashkilot) cherkov tomonidan o‘z dinini targ‘ib qilish va boshqa dindagilarni o‘z e’tiqodiga o‘tkazish uchun yuborilgan shaxs
Biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish
Ispaniyada majburan xristian diniga o‘tkazilgan andalusiyalik musulmonlar; Xayriddin 70 mingini Jazoir va Tunisga olib keldi
Davlatga qarashli yerlar
Yevropada kelgusida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan inqiloblarga qarshi birgalikda kurashish maqsadida 1815- yili Rossiya, Avstriya va Prussiya monarxlari tuzgan ittifoq
1776-yil 4-iyulda qabul qilingan, asosan T. Jefferson tayyorlagan hujjat; yangi davlatning qaror topganligini e’lon qildi, davlat qurilishining asosi sifatida xalq suvereniteti prinsipini, xalqning yashash, ozod bo‘lish va tenglikka huquqini e’tirof etdi
XIX asr 60–70-yillarida Rossiyada shakllangan harakat; yo‘lboshchilari M. A. Bakunin, P. L. Lavrov, P. N. Tkachyov bo‘lib, unda uchta asosiy oqim bo‘lgan: anarxistik (isyonchilik) – har qanday hokimiyatga qarshi; tashviqotchilik – dehqonlarni tashviqot orqali inqilobga tayyorlash; fitnachilik – inqilobni fitna yo‘li bilan ozchilik tomonidan amalga oshirish
Xitoyda soliqlar natural holda — sholi bilan olinar edi; faqat XVI asrdan soliqlar kumush tanga bilan to‘lana boshlandi
Efiopiya hukmdori shunday atalardi
Reformatsiya tufayli boshlangan, Ispaniya hukmronligiga qarshi xalq harakati; eski tartiblarning yangisi bilan almashinishiga olib keldi
Akbarshohning hududiy-ma’muriy islohoti natijasida imperiya noiblar tomonidan boshqariladigan hududlarga ajratildi
Eng muhim davlat lavozimlariga o‘z odamlarini qo‘yib olgan asilzodalar partiyasi; tevongun uning zo‘ravonligiga chek qo‘ydi
Boris Godunov vafotidan keyingi davr: qisqa vaqt ichida bir nechta podsho almashdi, boyarlar ta’siri kuchaydi, Polsha va Shvetsiya Rossiya ichki ishlariga aralashdi, Polsha Moskvani egallab oldi
Ivan Grozniy davrida podshoning yakkahokimligini o‘rnatish, boyarlarning mustaqilligiga barham berish va dushmanlarini zo‘rlik va terror vositalari bilan bostirish siyosati (1565–1572)
Asosan Yevropadan, birinchi navbatda Angliya va Irlandiyadan kelgan ko‘chmanchilar istiqomat qilgan hududlar (Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya); mahalliy aholi yashaydigan boshqa hududlarga nisbatan imtiyozli mavqega ega edi
1795-yilgi konstitutsiyaga ko‘ra qonunchilik korpusining ikkinchi palatasi; ijro hokimiyati — Direktoriyani tayinlagan
(1600–1858) «Ost Indiya» (Hindiston va Janubi-sharqiy Osiyo) va Xitoy bilan savdo qiluvchi xususiy kompaniya, Angliya hukumatining bosib olingan hududlarni ekspluatatsiya qilish apparati. Hindistondan Yevropada sotish uchun gazlama, ip, indigo, afyun, selitra olib ketar edi
1871-yili 72 kun faoliyat yuritgan hokimiyat; Fransiya tarixining keyingi davri uchun respublika tuzumini uzil-kesil o‘rnatdi
Toifalar vakillaridan iborat organ; Genrix VIII uni o‘ziga bo‘ysundirgan, 1688-yildan boshlab eng muhim masalalarni qirol emas, parlament hal qiladigan bo‘ldi
Plantatsiya egasi; AQSH plantatorlari qullarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilish evaziga juda katta boylik orttirgan
Shimoliy Amerikada kapitalistik tuzum rivojlanayotgan sharoitda saqlanib qolgan qullar mehnati; XVII asrdan boshlab Afrikadan ko‘plab qora tanli qullar olib kelindi. Inqilobdan keyin ham janubiy shtatlarda saqlanib qoldi
Qullar mehnatiga asoslangan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, asosan, katta foyda keltiradigan paxta yetishtiradigan xo‘jalik
Rus hukmdorining unvoni; 1547-yili Ivan IV Rossiya tarixida birinchi bor podsholik tojini kiydi. Bu unvon uni G‘arbiy Yevropa qirollari bilan tenglashtirdi
Dvoryanlarga harbiy yoki davlat xizmati uchun to‘lov sifatida berilgan yer
Yer egasi; krepostnoy dehqonlar unga qaram bo‘lgan, 1803-yildan pomeshchiklarga dehqonlarni to‘lov evaziga ozod qilishga ruxsat berildi
Insoniyat tarixining uchinchi bosqichi; asosi — axborot va xizmat ko‘rsatish sohasi
Sulton in’om qiladigan unvon; masalan, sulton Misr hukmdori Muhammad Aliga posho unvonini in’om qilgan
AQSHda ijro hokimiyatini boshqarish uchun 4 yil muddatga saylanadigan va keng vakolatlarga ega bo‘lgan lavozim; birinchi prezident — Jorj Vashington (1789)
Fransiyada 1848-yili mamlakatda tartib o‘rnatish uchun joriy etilgan, katta vakolatlarga ega lavozim; prezidentga hukumat tuzish va uni iste’foga chiqarish huquqi berildi
O. Kromvel o‘rnatgan boshqaruv; ijro hokimiyati to‘liq protektor qo‘liga o‘tdi
Pravoslav va katolik cherkovlari bilan birga xristianlikning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan ta’limot
Reyxstagdagi katoliklarning tashabbusiga norozilik bildirgani uchun shunday atala boshlagan M. Lyuter tarafdorlari
Kapitalizm rivojlanishining Germaniyada qaror topgan yo‘li: krepostnoy pomeshchik xo‘jalik shakli kapitalistik xo‘jalikka juda sekinlik bilan rivojlanib kiradi; feodalizm elementlari saqlanib qolgan, burjuaziya siyosiy hokimiyatga ega emas, demokratiya rivojlanmagan
Angliyada kalvinistlar shunday atalgan; ular cherkovni mo‘l-ko‘lchilik bilan o‘tadigan diniy ibodatlardan «tozalash»ga urindilar
Axloq qoidalariga qat’iy amal qilish, ehtiyojlarning o‘ta cheklanishi, tejamkorlik, mehnatsevarlikka xos bo‘lgan hayot tarzi; keyinchalik inqilobiy harakatning mafkuraviy asosi bo‘ldi
Mustamlakalar vakillarining yig‘ini: Birinchi Qit’a Kongressi 1774-yil Filadelfiyada yig‘ilib, Britaniya siyosatini qoraladi; Ikkinchi Qit’a Kongressi mustaqillik uchun urush boshlashga qaror qildi
1785-yilda Koreyada tuzilgan hujjat; zaiflashayotgan feodal tuzumni mustahkamlashga bo‘lgan urinishlar (qirol Yeongjo islohotlari) unda o‘z ifodasini topdi
Otasi turk, onasi arab bo‘lganlar shunday atalgan; XVIII asr boshlarida Liviyada Ahmad Karamanli boshchiligida ularning hokimiyati o‘rnatildi
Parlamentning quyi palatasi; 1832-yilgi islohotdan so‘ng davlat budjetini nazorat qilish huquqini saqlab qoldi, hukumat faqat uning oldida javobgar bo‘ldi, u ishonchsizlik bildirsa hukumat iste’foga chiqishga majbur bo‘lardi
Hind malikasi; masalan, inglizlarga qarshi isyonchilarga rahbarlik qilgan rani Lakshmi Bay
Bozorlarda mahsulot ko‘payishi natijasida uni ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o‘rtasida paydo bo‘lgan bellashuv; kasodga uchramaslik uchun mahsulotni tez, sifatli va arzon ishlab chiqarish talab qilinardi
Odamlarning irqlarga bo‘linishini va bir irqning boshqasidan (qolganlaridan) ustunligini tasdiqlovchi mafkura yoki qarashlar tizimi; qulchilikning eng g‘ayriinsoniy ko‘rinishi sifatida shakllangan
G‘arbiy Yevropada xristianlik (katolik) cherkovini isloh qilish uchun boshlangan harakat; 1517-yili Germaniyada Martin Lyuterning «95 tezislar»i bilan boshlandi
Mehnat daromadi va kapital qo‘yilmalardan olingan daromaddan tashqari har qanday daromad
1847-yili Kamillo Kavur nashr qilgan gazeta nomi; keyin Italiyani birlashtirish uchun kurash davrining umumiy nomiga aylandi
Hind hukmdori (knyaz); Hindistonni zabt etish jarayonida hind rojalarining xazinalari Angliyaga tashib ketildi
Ta’sis majlisi deputatlaridan qirol tarafdorlari bo‘lganlar («royal» — «qirol»)
Hindu va afrikalikning aralash nikohidan paydo bo‘lgan aholi guruhi; fuqarolik huquqlaridan mahrum, zobit va amaldor lavozimlarini egallay olmagan
Rus podshosining hukmronligi
Usmoniylar imperiyasida viloyatlar bo‘lingan hudud; sanjoqlarni sanjoqbey boshqarardi
Sanjoqni boshqargan; sipohiylarning harbiy harakatlarda qatnashishini, zarurat tug‘ilganda sulton farmoni ijrosini ta’minlash uning zimmasiga yuklatilgan
Styuartlar davridagi monopoliya tizimi natijasida tashqi savdoni egallab olgan londonlik boylarning qudratli guruhi
Oq tanli aholini boshqa etnik guruhlar (asosan, qora tanlilar va hindular)dan ajratish; qora va oq tanlilar uchun alohida maktablar, jamoat transportida o‘tirish zonalarini chegaralash (oqlar oldinda o‘tirishi) va hokazolarda namoyon bo‘ldi
N. M. Karamzin, V. A. Tropinin va V. A. Venetsianov kabilar ijodiga xos bo‘lgan yo‘nalish; XVIII asr oxiridan uni klassitsizm siqib chiqara boshladi
Muhammad ben Ali as-Senusiy asos solgan musulmon birodarlik jamiyati; XIX asr 40–50-yillarida Liviya ijtimoiy hayotida ta’sirli rol o‘ynagan, qarashlarida islom mistitsizmi (so‘fiylik) bilan vahhobiylik uyg‘unlashgan
XVI–XVIII asrlarda Yaponiya aholisi bo‘lingan toifalar: Si — samuraylar, No — dehqonlar, Ko — hunarmandlar, Syo — savdogarlar
Kishilar bir-biridan kapitalning mavjudligi va daromad darajasiga qarab farqlanadigan jamiyat
(yap. «xudolar yo‘li») qadimgi yapon dini bo‘lib, ezgu va yovuz ruhlarga e’tiqodni o‘z ichiga oladi. Asosiy xudo — Quyosh ma’budasi Amaterasu, rivoyatga ko‘ra Mikado uning avlodi hisoblanadi
Zemstvo sobori qarori bilan tuzilgan yangi qonunlar to‘plami; unga ko‘ra dvoryanlarni boyarlar sudiga berish taqiqlandi
Nodirshoh avvalgi shia mazhabi o‘rniga davlat dini sifatida o‘rnatgan mazhab
Yer egaligining shakli; Ismoil I Safaviy markaziy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida uni deyarli butunlay bekor qildi
(yap. qo‘mondon, lashkarboshi) O‘rta asrlarda Yaponiyadagi harbiy hukmdor. 1192–1867-yillarda Yaponiya hukmdorlari unvoni bo‘lib, ular hukmronligi davrida imperator sulolasi haqiqiy hokimiyatdan mahrum bo‘lgan. Uchta syogun sulolasi mavjud bo‘lgan: minamoto, ashikaga, tokugava
O‘z shaxsiy muvaffaqiyatiga erishish uchun har qanday ishga, tadbirga tayyor bo‘lgan omilkor shaxs; yollanma mehnatdan foydalanar, raqobatchilik qilar va kapital yig‘ar edi
(arab. «tanzim» – «tartib o‘rnatish») 1839– 1876-yillarda Usmoniylar imperiyasining barcha sohalarini modernizatsiyalashtirish (yangilash, zamonaviy tus berish)ga yo‘naltirilgan islohotlar
Dehqonlar shaharlik xaridorlar uchun turli tovarlar — ip, mato, sopol va boshqa buyumlar tayyorlaydigan ishlab chiqarish shakli; kapitalizm qishloqqa shu tarzda kirib keldi
«Buyuk huzurhalovat samo davlati» – Xun Syusyuan o‘rnatmoqchi bo‘lgan adolat podsholigi; shu sababli harakat qatnashchilarini «taypinlar» deb atadilar
(lot. terror — qo‘rquv, dahshat) o‘z siyosiy raqiblarini jismoniy zo‘ravonlik ishlatish, shu jumladan, o‘ldirish orqali qo‘rqitish siyosati
«Hokim» degan ma’noni bildiradi; XIX asrda hokimiyatni egallagan hokim Li Xa In hukmronligi davri shu nom bilan mashhur
Ismoil I Safaviy suyurg‘ol o‘rniga joriy etgan yer egaligi shakli: yerni bir umrga, lekin meros bo‘lib qolmaslik sharti bilan tarqatish
Parlamentdagi asosiy partiyalardan biri; qirolning huquq va manfaatlari hamda mavjud tartiblarning buzilmasligini quvvatlardi
Bozorda sotish uchun mo‘ljallangan mahsulot; XVII asrdan Rossiyada g‘alla hamma yerda tovarga aylandi
Bozorda sotishga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar
Kasaba uyushmalari; 1799-yilgi taqiq bekor qilingach, yangi qonun ularning faoliyatiga ruxsat berdi. Bu ishchilar huquqlarini himoya qilishda katta qadam bo‘ldi
Pul birligi: 1809-yilgi shartnomaga ko‘ra Britaniya har yili Eronga 160 ming tuman yordam puli berish majburiyatini oldi
Bir monarx boshchiligidagi davlatlar ittifoqi; 1707-yili parlament Angliya bilan Shotlandiya o‘rtasidagi ittifoq haqidagi kelishuv (uniya)ni qonunlashtirdi
Tomas Mor o‘z asarida yaratgan ideal davlat nomi; keyinchalik adolatli jamiyat tasvirlangan asarlar va g‘oyalar shunday ataladi — mavjud bo‘lmagan, xayoliy jamiyat haqidagi orzular
Shimoliy viloyatlar 1579-yilda imzolagan va ittifoq tuzgan hujjat; ular Filipp II ni taxtdan tushirilgan deb e’lon qildilar
1640-yili yig‘ilgan va uzoq vaqt tarqatilmaganligi uchun shunday nom bilan tarixga kirgan parlament; uning yig‘ilishi inqilobning boshlanishi edi
Fransuz jamiyatidagi oddiy odamlar: dehqonlar, ishchilar, burjuaziya va kambag‘allar. Birinchi tabaqa — ruhoniylar, ikkinchisi — dvoryanlar; ular aholining 6 foizini tashkil qilib, soliq to‘lamas edi
Qirolning parlament aktlariga qo‘yish huquqi; XVIII asrda Angliya qiroli bu huquqdan foydalanmay qo‘ydi
Parlamentdagi asosiy partiyalardan biri; parlament huquqlarini faol himoya qilardi va muhim iqtisodiy va siyosiy islohotlar o‘tkazilishi tarafdorlari edi
Ispan mustamlakasida butun hokimiyatga ega bo‘lgan boshliq: gubernatorlar va boshqa amaldorlarni tayinlar, xazina va qurolli kuchlarni boshqarar, farmonlar chiqarar, Ispaniya qiroli nomidan ruhoniylarning tayinlanishini tasdiqlar edi
Boyarlarning vorisiylik asosida egalik qilgan ota mulk yerlari
1524-yili Germaniyaning janubida boshlangan, ruhoniy Tomas Myunser boshchilik qilgan va butun Germaniyani qamrab olgan dehqonlar qo‘zg‘oloni
XVI asrda dunyoning eng aholisi ko‘p va boy qismi; asosiy belgilari — kishilarning kamtarona hayot tarzi, diniy sabr-toqat, yer egaligining o‘ziga xos shakli, hayotning davlat tomonidan tartibga solinishi
Yapon poeziyasining eng keng tarqalgan janri — qofiyalashmagan besh qator lirik she’rlar; «Tomchi suvda ummonni ko‘rish kerak» degan badiiy tamoyil asosida yozilgan
Inqilobni oxiriga yetkazishni talab qilgan o‘ta so‘l oqim; Avliyo Yakob monastirining kutubxonasida yig‘ilganligi uchun shunday atalgan
Hokimiyat yakobinchilar va ularning yo‘lboshchilari — Robespyer, Marat, Dantonga o‘tib, shafqatsiz terror boshqaruvi o‘rnatilgan davr; 1794-yilda quladi
Amerika shunday atalgan; Yangi Dunyo mamlakatlari metropoliyalar uchun oltin, kumush va plantatsiya mahsulotlari manbai edi
Insoniyat taraqqiyotining O‘rta asrlardan keyingi bosqichi; Buyuk geografik kashfiyotlardan 1918-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va ikki bosqichga bo‘linadi
1789-yili taxtga kelgan Sulton Salim III islohotlari: armiya qayta tuzildi, harbiy bilim yurtlari ochildi, flot qayta tashkil qilindi; maqsadi markaziy hokimiyatni kuchaytirish orqali imperiya yaxlitligini asrab qolish edi
1865-yili Istanbulda tuzilgan, Turkiyada konstitutsion tuzum joriy qilishni maqsad qilgan maxfiy siyosiy tashkilot a’zolari; Yevropada bu tashkilot «Yosh Turkiya», ishtirokchilari «Yosh turklar» nomini oldi
Eski zodagonlar va ritsarlar bilan quda-andachilik qilib, yuqori martaba va unvonlar sotib olgan boyib ketgan tadbirkorlar qatlami
Xitoydan yozuv tizimi va moddiy madaniyatning ancha qismini qabul qilgani uchun Xitoy sivilizatsiyasining bir tarmog‘i ham deyiladi; ammo undan farqli ravishda shaxsning o‘z hayot yo‘lini erkin tanlash huquqi rad etilmaydi
Qurolli kuchlarda xizmat qiluvchilar ongiga singdirilgan davlat manfaatlariga sodiqlik, imperatorga muhabbat va o‘limni nazar-pisand qilmaslik g‘oyalari
Osiyoda saqlanib qolgan tartib: barcha yerlarning bosh mulkdori davlat bo‘lib, hukmdor shaxsida mujassamlashgan edi; G‘arbiy Yevropa va Osiyo sivilizatsiyalari o‘rtasidagi asosiy farq
Inglizlar XIX asr o‘rtalarida Hindistonda boshlagan, ulkan mustamlakani G‘arbiy Yevropa sivilizatsiyasining yutuq va imtiyozlari hamda kamchiliklariga jalb qilish jarayoni
Mamlakatni birlashtirish g‘oyasini ilgari surgan Juzeppe Madzini tuzgan inqilobiy tashkilot
Xususiy mulkni boshqarishning bir turi bo‘lib, yirik yer egalari bo‘lgan nemis zodagonlari xususiy xo‘jaligining kapitalistik tarzda isloh qilingan shaklidir, ya’ni ular yollanma mehnatdan foydalanganlar, lekin shu bilan birga, krepostnoylar mehnatini ham saqlab qolganlar
Syogun Yosimune joriy etgan qonunlar to‘plami; mamlakat va jamiyat hayotini tartibga solishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi
Joylarda tuzilgan mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari
Tabaqaviy-vakillik organi bo‘lib, podsho tomonidan muhim siyosiy masalalarni muhokama qilish va qonunlar qabul qilish uchun yig‘ilgan. Ilk bor 1549-yili Ivan IV chaqirgan
Portugallar yapon orollariga feodal o‘zaro to‘qnashuvlar avjida olib kelgan o‘qotar qurollar
Syogun Yaponiyani tashqi dunyodan ajratib qo‘ygan siyosat (XVII asrda joriy etilib, 200 yildan ortiq davom etgan): o‘zga dinlar, chetdan kitob olib kirish, yaponlarning chetga chiqishi taqiqlangan; maqsadi mustamlakaga aylanish xavfining oldini olish edi
O‘zlarini Muhammad payg‘ambar avlodlari deb hisoblovchilar; XVI asr boshida Marokash janubida yuksala boshlagan
1866-yilda Prussiya Avstriya ustidan g‘alaba qozongach, Bismark Prussiya bilan Germaniyadagi boshqa davlatlar o‘rtasida tuzgan ittifoq; Bismark uning konstitutsiyasini ishlab chiqdi
1688-yili parlament Yakov II ni taxtdan mahrum qilib, taxtga Villem van Oranyeni o‘z talablari asosida o‘tkazishi; qirol hokimiyati parlament tomonidan cheklandi
(ingl. xartiya, hujjat) ingliz ishchilarining 1836–1848-yillardagi dastlabki ommaviy ijtimoiy-siyosiy harakati bo‘lib, ular mehnatkashlar ahvolini yaxshilash va aholi huquqlarini himoya qilish talablari bilan chiqdi
Krepostnoylik bekor qilingach (1861) dehqonlarga berilgan yer; dehqon unga egalik qilish uchun to‘lov to‘lashi shart edi
(«sof», «toza») 1636-yili manchjurlar sardori Abaxay o‘z davlatini shunday atadi; manchjurlarning chin sulolasi 1644- yildan 1911-yilgacha Xitoyda hukmronlik qildi