Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Darslikdagi barcha qalin yozilgan atamalar, rasm ostidagi izohlar va rasmiy lug‘at.
Aholining ijtimoiy va ma’naviy hayotini tartibga solish vazifasi yuklatilgan mansab egasi
Kosiblar to‘qigan tovlanma mato; talab yuqori bo‘lgan
Bo‘z to‘n tikish uchun to‘qilgan yo‘l-yo‘l gazlama
Ko‘p yillik ekinlarni bir dalada boshqa turdagi o‘simliklar bilan ma’lum bir ketma-ketlikda ekib borish tajribasi
Mang‘itlar chingiziy bo‘lmaganligi uchun Muhammad Rahimbiy o‘zini xon emas, amir deb e’lon qilgan; shundan boshlab davlat Buxoro amirligi deb yuritilgan
Davlat yerlari – xonga qarashli yerlar, o‘rmonlar, to‘qaylar; ulardan keladigan barcha daromad xon ixtiyorida bo‘lgan. Yirik dehqonlarga ijaraga berilib, hosilning 1/5 qismi soliq sifatida olingan
Soliq tizimida faoliyat yuritgan mansabdor; faoliyati sarkor tomonidan nazorat qilingan
Mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot davlat tomonidan qat’iy belgilab qo‘yiladigan tartib; o‘zgarmas, turg‘un va islohotlarga toqatsiz jamiyat
Anhor, kanal. Munis sug‘orish inshootlari va yer-suv munosabatlariga doir «Arnalar» risolasini yozgan
Tarixiy hujjatlar saqlanadigan joy
Harbiy harakatlar vaqtida avangard ortidan boradigan qo‘shin qismi
Qo‘qon xonligidagi muntazam qo‘shin; sipoh (otliq), to‘pchilar va sarboz (piyoda)lardan iborat bo‘lgan
Kosiblar to‘qigan, talab yuqori bo‘lgan ipak va yarimipak mato
Harbiy harakatlar vaqtida qo‘shinning oldinda boradigan qismi
Halqa-parchinli sovutlarning keng tarqalgan turi; parchindan 3–9 qator terib tayyorlangan
Bolalar ustki kiyimi
Suv to‘plash uchun qurilgan to‘g‘on; Abdullaxon II Oqchob darasida bahorgi yog‘ingarchilikdan to‘planadigan suvdan foydalanish uchun Abdullaxon bandini qurdirgan
Doston ijrochisi; baxshilar dostonlarni dutor va g‘ijjak jo‘rligida ijro etgan
1831-yilda Muhammad Alixon joriy qilgan unvon; faqat Toshkent hokimiga berilgan, unga Turkiston, Chimkent, Avliyoota ustidan siyosiy, iqtisodiy va harbiy nazorat topshirilgan
Xonlikning ma’muriy-hududiy bo‘linmasi; bekliklarni xon tayinlagan hokimlar boshqargan
Tovlanib turuvchi yo‘l-yo‘l yarimipak mato; kamzullar asosan undan tikilgan
Qoraqalpoqlarda urug‘ yoki qabila boshlig‘i; avvallari urug‘ yig‘inlarida saylangan
Xiva va Rossiya muzokaralarida ko‘zlangan savdo tartibi: «xazina mollari»dan boj olmaslik, qimmatbaho toshlar, rangli va qimmatli metallar bilan erkin savdo qilish
Qoraqalpoqlarda harbiy qismlarni boshqargan shaxs
Viloyat hokimining asosiy yordamchilaridan biri bo‘lgan lavozim
Haram xodimlari boshlig‘i
Markaziy boshqaruvdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan mansabdor
Hukmdorga qarashli yerlar; asosan zabt etilgan hududlar hisobidan shakllangan va yer solig‘i evaziga dehqonlarga ijaraga berilgan
Davlat boshqaruv tizimidagi idora; shayboniylar davrida uning ish vazifalari dargoh huzuridagi xizmatlarga o‘tib, o‘rni yo‘qolib borgan
Hukmron sulolaga tegishli yer-suv, mol-mulk boshqaruvi, nazorati va soliq ishlarini olib borgan maxsus tuzilma
O‘zi ergashgan g‘oyani birdan bir to‘g‘ri yo‘l deb qattiq ishonish, o‘zgalar va o‘zgacha qarashlarga nisbatan o‘ta murosasiz bo‘lish yoki ularni butunlay rad etish
Kumush va mis aralashmasidan tayyorlangan mis tanga
Subhonqulixon Buxoroda qurdirgan, shifoxona uchun mo‘ljallangan bino; madrasa vazifasini ham o‘tab, unda tabobat va ilohiyot ilmlari o‘rgatilgan
Erkaklar bosh kiyimi, ular uchun ziynat hisoblangan; XIX asrda kulohlar o‘rnini egallagan
Ishlab chiqarishda texnika qo‘llanilmagan sharoitda yetakchilik qilgan rivojlanish usuli; texnikaning qo‘llanilmasligi intensiv rivojlanishga to‘siq bo‘lgan
Saroy xavfsizligi, tartib va keldi-ketdidan xabardorlik yuklatilgan amaldor
Shariatga ko‘ra barcha musulmonlarga buyurilgan va bajarilishi shart bo‘lgan amallar
O‘rta asrlarda Buxoro hammomlarining nomi
Bahor gullari rangiday bezak berish san’ati
Qabrlar joylashgan xona; Mir Arab madrasasi go‘rxonasida Ubaydullaxon sag‘anasi, Mir Arab va uning qarindoshlari qabrlari bor
Muqaddas Qur’oni karimning 1/7 qismi ko‘chirib yozilgan kitob
Xalqqa jabr yetkazgan amaldorlarni keskin tanqid qiluvchi she’r; Maxmur ijtimoiy hajviyani yuksak pog‘onaga ko‘targan
Tugma qadaladigan ikki tomonida yoqasidan beligacha, yenglari va etagiga rangli ipdan chillak shaklida keng kashta tikilgan ko‘ylak
Geometriya; shayboniylar davrida rivojlangan fanlardan biri
Qishda va namgarchilikda kiyiladigan, yog‘ochdan yasalgan poshnali kavush
Ayollar taqinchog‘i
Astronomiya; shayboniylar davrida rivojlangan fanlardan biri
Davlat yerlarini dunyoviy va diniy amaldorlarga tortiq etish shakllaridan biri
O‘simliksimon shakldagi takrorlanuvchi taqsimlardan tuzilgan asosiy naqsh turi
Xon saroyi, boshqaruv tuzilmasi va harbiy kuchlarni ta’minlash uchun joriy etilgan turli soliqlar to‘plami
Qoraqalpoq ayollari yopib yurgan chopon
Qizil guldor matodan alohida maxsus tayyorlanib, so‘ngra to‘n yoki choponga tikiladigan yeng; qoraqalpoq kiyimlarining o‘ziga xos jihati
Doston ijrochisi; jirovlar qahramonlik dostonlarini qo‘biz jo‘rligida ijro etgan
Jangovar otlarning zirhli to‘shamasi; ikki yonlik, sag‘rinpo‘sh, ko‘krakpo‘sh, bo‘yinbog‘ va peshonabog‘dan iborat bo‘lgan
Ayollar bosh kiyimi
Ko‘ylak ustidan kiyiladigan torroq, kalta, yengli kiyim
Bayram kunlari chopon ustidan ba’zan belbog‘ o‘rniga bog‘langan kamar
Qoraqalpoq ayollarining mashhur bosh kiyimi; qiz uni o‘zi tikib, to‘yi kuni kiygan. Old tarafi qizil movutdan uchburchak shaklda, orqasidan uzun guldor «kokil» osilib turgan
Kitobxona boshlig‘i
Markaziy boshqaruvdagi kengash; xonlik hayotiga oid kundalik eng muhim masalalar unda hal etilgan
Oliy hukmdor va amaldorlarning xizmatidagilarni nazorat qilib turuvchi mansabdor
Qurilishda ishlatiladigan sirlangan sopol (koshinli g‘isht)
Ishqorli suv; hammomlarda unga mo‘ljallangan hovuzchalar bo‘lgan
Kigizdan konus shaklida tikilgan bosh kiyim; baland kulohlarni darvishlar, pastroqlarini mulla, qozi, ulamo va mudarrislar kiygan
Bolalar kiyimi
Qurilish ishlariga mas’ul mansabdor
Parchin qoplangan zirh; parchinlar ichki tomondan qoplangani uchun tashqaridan faqat parchin qatorlari ko‘ringan
Xonning qabulxonasi
Turg‘un holatda bir yo‘nalish bo‘ylab yadro toshlar otadigan artilleriya quroli
Dehqonchilik qilingan yer turi; maydoni suvli yerlardan kichik bo‘lgan, yarimko‘chmanchi urug‘lar asosan lalmi yerlarda yashagan
Harbiy sohada eng yuqori darajada turgan harbiy vazir
Kiyimlar majmui: yelka ichki va yelka ustki kiyimlar, bel ichki kiyimi, bosh kiyim, poyabzal, aksessuarlar va zargarlik buyumlari
O‘qituvchi
Muhammad Rahimxon I ning ma’muriy islohoti natijasida ilgarigi kent shakli o‘rniga joriy etilgan quyi ma’muriy bo‘linish
Qo‘lyozma kitoblarga rassomlar ishlagan rasm; shayboniylar davrida ularda oddiy xalq vakillari ham aks ettirilgan
1753–1758-yillarda amir Muhammad Rahim tomonidan chiqarilgan tanga; 1785-yilgi pul islohotidan keyin ham muomalada qoldirilgan
Mahalliy boshqaruvdagi amaldor; soliq tizimi mansabdorlariga yordam bergan
Oliy hukmdorga tegishli yilqi, ot-ulov va ularning ta’minotiga javobgar amaldor
Soliq yig‘uvchi mansabdor
Og‘irlik o‘lchovi; shayboniylar va ashtarxoniylar davridagi kumush tangalarning og‘irligi bir misqolga teng bo‘lgan
Ingichka tuya junidan tayyorlangan gazlama
She’rda fikrni yashirib ifodalash san’ati
Ayollar ko‘ylak ustidan kiygan, astar qo‘shib tikilgan kiyim; qishkisi paxta solib qavilgan. Keyinchalik o‘rnini kamzul egallagan
Amir Nasrulla islohotlari (1837-y.) natijasida tuzilgan, piyodalar (sarbozlar), navkar (otliq askar) va to‘pchilardan iborat qo‘shin; uni kiyim va qurol-aslaha bilan ta’minlash davlat zimmasida bo‘lgan
Maktubda yozilmagan barcha masalalarni og‘zaki yetkazgan elchi; shu yo‘l bilan maktublarning dushman qo‘liga tushishining oldi olingan
Hukmdor tortiq qilgan kiyimlar, harbiy asbob- anjomlar hamda soliq daftarlariga yig‘ilgan xirojni yozib boruvchi amaldor
Kigiz
Dargohdagi yirik amaldor; oliy hukmdorning eng yaqin va ishonchli kishisi, ichki va tashqi siyosat, harbiy masalalarda xonning asosiy maslahatchisi
Tasavvufning yo‘nalishi; Nodira ijodi unga asoslangan
Xattotlik san’atidagi xat turlari; Abdulazizxon bu xatlarda yuksak darajada yozish mahoratiga ega bo‘lgan
Yozuv turi; Kaltaminordagi Ogahiy fors tilida yozgan «nasta’liq» yozuvlari 1996–1997-yillarda qayta tiklangan
Buxoro amirligidagi muntazam harbiy kuchlar
Xonliklar qo‘shinining muntazam bo‘lmagan qismi (qilquyruq, qora qozon, qora chechak, qoracherik)
Chiqindi suvlari tushib ketadigan yo‘l
Qo‘ng‘irot xonlarining dastlabki vakillari davrida faoliyat yuritgan kengash; unda umumdavlat darajasidagi, jumladan, hukmdorni taxtga o‘tqazish masalalari muhokama etilgan
Xiva va Eron o‘rtasida chegaradosh hududlarga uyushtiriladigan o‘zaro yurishlar; ularning oldini olish elchilik munosabatlarining sabablaridan biri bo‘lgan
Keksa ayollar yopinchiq libosi
Ovulning butun hayotiga rahbarlik qilgan kengash
Xonlik ma’muriy-boshqaruv tizimining eng quyi bo‘g‘ini; tarkibiga katta bir qishloq yoki bir necha kichik qishloq kirgan
Alohida bo‘lgan qiz bolalar maktabida dars bergan ayol o‘qituvchi
Egar yasaladigan qolip; egarning sakkiz bo‘lagi shu qolipda yig‘ilib, yelimlangan
Qoraqalpoqlarda boshlang‘ich ma’muriy bo‘g‘in; uning butun hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilgan
Askarlar uchun oziq-ovqat, ot va tuyalar uchun yem-xashak tarzida undirilgan to‘lov
Xorazmlik ayollar kiyimi; rasmda chachvon bilan birga ko‘rsatilgan
Ayollar bosh kiyimi
Madrasa bosh tarzidagi ulkan, bezakli kirish qismi; darvoza peshtoq ostida joylashgan
O‘tsochar miltiq; Abdullaxon II davrida foydalanilgan
Eng kichik mis tanga
Abdullaxon II kumush tanqisligi sharoitida o‘tkazgan islohot: juda kichik oltin tanga zarb ettirilgan, tanga zarb etish markazlashtirilgan
Doston ijrochisi; doston qo‘lyozmalarini zo‘r mahorat bilan o‘qib yoki yoddan aytib bergan
Taxt vorisi
Taxt vorisi; odatda yosh jihatdan xondan keyin ikkinchi o‘rinda turgan shahzoda
Loysuvoq uy
Buxoro amirligidagi muntazam bo‘lmagan harbiy kuchlar
Baroqxon madrasasining to‘rt burchagidagi cho‘ziq xonalar
Shahar, yo‘llar posboni
Harbiy xavf yuz berganda xalqdan undirilgan soliq
Masjidlar qoshidagi maktab; ikki-besh yil davom etgan, 10 nafardan 30 nafargacha o‘quvchini qamrab olgan
Torli musiqa cholg‘usi; o‘zbek, qozoq, qoraqalpoqlarda torli-kamonli cholg‘u sifatida mashhur
Qurol-aslahaga mas’ul mansabdor
Inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurish uslubi; O‘rta Osiyoda qadimdan qo‘llanib kelgan, Ichan qal’a qurilishida foydalanilgan
Ikki binoning bir-biriga ro‘para joylashib, birgalikda yaxlit ko‘rinish hosil qilishi; Abdullaxon va Modarixon madrasalari bunga namuna
Aholining ijtimoiy va ma’naviy hayotini tartibga solish vazifasi yuklatilgan mansab egasi
Odatda toshko‘priklar ostida bunyod etilgan suv taqsimlash moslamasi; uning yordamida 100 tanob yerni sug‘orishga yetadigan suv taqsimlab berilgan
«Qumloq joy» degan ma’noni anglatadi; o‘rta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar «Registon» deb atalgan
Tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi shu nom bilan atalgan
Matematika; shayboniylar davrida rivojlangan fanlardan biri
Vaqf mulklari hisob-kitobi va nazorati bilan shug‘ullanuvchi mansab egasi
Qo‘lyozma kitoblarni tayyorlash; xonlikdagi madaniy hayot darajasini belgilab bergan hunarmandchilik sohasi
Qofiyali nasr
Bosh kiyim; matosining rangi, o‘ralish usuli va bezagi erkak kishining etnik va ijtimoiy kelib chiqishi, yoshini bildirgan
Dehqonlardan olingan yer solig‘i
XVIII asrda Buyuk Britaniyada yuz bergan, ishlab chiqarishda texnikaning (mashina) keng qo‘llanila boshlanishi
Piyoda askar
Ayollar kavushi
Qoraqalpoq ayollarining juda mashhur bosh kiyimi
Otliq askar
Hammomning birinchi – oyoq yuviladigan, harorati o‘rta xonasi
Nomdor jangchilarning halqa-parchinli himoya aslahasi; tez qizib ketganligi bois ustidan chopon kiyilgan
Xon xonadonining boshqa a’zolari – shahzodalar shunday atalgan
Janubiy Xorazm dehqonchiligi mutlaqo sun’iy sug‘orishga asoslangan bo‘lib, shu bilan Turonning boshqa hududlaridan tubdan farq qilgan
Dehqonchilikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutgan tizim; shayboniylar davrida yangi sug‘orish tizimlari barpo etilib, eskilari ta’mirlangan, ariqlar qazilgan
Xiva xonligining Amudaryo orqali sug‘oriladigan qismi (daryo tomoni); qumli keng sahro xonlikni Suvbo‘yi va Tog‘bo‘yiga ajratgan
Sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik olib borilgan yerlar; ulardan yilda ikki marta hosil olingan
Davlat yerlarini dunyoviy va diniy amaldorlarga tortiq etish shakllaridan biri
Uzun dastali jang boltasi
Qalpoq; qoraqalpoqlar qishda kiygan, katta va keng qilib tikilgan bosh kiyim. Rasmda – bolalar bosh kiyimi
Muomaladagi kumush pul; qiymati 20–21 mis tangaga teng bo‘lgan
Davlat yerlarini dunyoviy va diniy amaldorlarga tortiq etish shakllaridan biri
Soliqlardan ozod qilingan imtiyozli yerlar; sayyidlar va eshonlarga berilgan, Olimxon ularni qayta tekshirgan
Aholini turli soliqlardan ozod etuvchi yorliq; amir Shohmurod uni Buxoro aholisiga bergan
Shoirning asl ismidan farqli ijodiy nomi (masalan, Umarxon – Amiriy, Jahon – Uvaysiy)
Suv taqsimotida foydalanilgan o‘lchov birliklari; tosh tegirmonning yarmiga teng bo‘lib, 10–15 tanob yerni sug‘orishga yetgan
(fors-toj.) Usti yopiq bozor, savdo rastasining baland tomi, gumbazi
Davlat yerlarini dunyoviy va diniy amaldorlarga tortiq etish shakllaridan biri
Chorsuda ikki katta ko‘cha kesishgan chorraha ustini qoplab turuvchi gumbazli bino; unda do‘kon va ustaxonalar bo‘lgan (masalan, Toqi Zargaron)
Qo‘shin ta’minoti uchun undirilgan to‘lov
Xiva xonligining Kopetdog‘ tog‘oldi yerlari
Xorazmlik erkaklar belbog‘i (rasmda «erkaklar turma belbog‘i»)
Ayollar boshiga o‘raydigan mato
Abulg‘ozixon davrida Xorazm aholisi bo‘lingan to‘rtta asosiy bo‘linma: uyg‘ur-nayman, qiyot-qo‘ng‘irot, nukus-mang‘it, qang‘li-qipchoq
Davlat bayrog‘ining saqlanishiga javobgar bo‘lgan mansab egasi
Ovqat suzuvchi va ichimlik quyuvchi
Harbiy harakatlar davrida harbiylarni turiga qarab taqsimlovchi mansabdor
Abulxayrxon 1430-yilda Xorazmni ishg‘ol qilgach qabul qilgan unvon
Maktab va madrasalarni moliyalashtirgan mulklar
Diniy muassasalarga, ya’ni masjid, madrasa, maktabxona, xonaqoh, mozorlarga qarashli yerlar
Harbiy vazir; Buxoro amirligida harbiy kuchlarga bosh qo‘mondonlik qilgan
Qon bosimi kasalligi; Anushaxon hammomida xafaqonga uchraganlardan ortiqcha qon olinib, qon bosimi me’yorga tushirilgan
Butun musulmon olamining xalifasi deb Usmonli davlati sultoni (Mahmud II) e’tirof etilgan
Fiqh olimi lavozimi
Davlat tepasida turgan oliy hukmdor; xonlikka nomzod oq kigizga solib ko‘tarish orqali taxtga o‘tqazilgan
Muhammad Rahimxon I tuzgan 2000 harbiydan iborat muntazam qo‘shin; tinchlik davrida xon va uning oilasini qo‘riqlagan
Girih shaklli mayda yog‘och parchalaridan terib ishlash uslubi
Sharqiy Turkistondagi qo‘qonlik savdogarlarni nazorat qiladigan Qo‘qonning rasmiy vakili (mansab); u savdogarlar faoliyati, haq-huquqlari va muomaladagi Qo‘qon tanga-pullarini nazorat qilgan
Koshg‘arda ochilgan Qo‘qonning rasmiy vakolati
Yerga nisbatan xususiy egalik; Yevropada qaror topgan, Turkistonda esa yer davlat mulki bo‘lib qolavergan
Xonning maxsus yorlig‘i bilan harbiylarga berilgan yerlar
IX asrda Xuroson va O‘rta Osiyoda paydo bo‘lgan tariqat; xo‘jagon sulolasi asoschisi Maxdumi A’zam shu tariqatga mansub bo‘lgan
Sharqiy Turkistonning ruhoniy nasabli hokimlari; XVIII asr boshida ming urug‘i Farg‘onada hokimiyatni ularning qo‘lidan tortib olgan
Oliy hukmdor bilan shahzodalar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatilgan tartiblar asosida yo‘lga qo‘yuvchi amaldor
Xivada harbiy kuchlarga bosh qo‘mondonlik qilgan mansabdor
Yorliq (hujjat); 1743-yilda Mamanbiy rus hukumatidan qoraqalpoqlarning Rossiyaga qo‘shilganliklari haqidagi yorliqnomani olgan
Faqat shaharlarda va katta qishloqlarda faoliyat yuritgan maktab
Hujjatlarda tilga olingan davlat yerlari shakli («bekor yer», «bo‘z yerlar» kabi); qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish va obodonlashtirish hisobiga to‘ldirilgan
Meros huquqi asosida davlatga o‘tgan yerlar: vafot etgan shaxsning vorisi bo‘lmasa, yeri xalifa yoki uning noibi – sulton, amir, xonga o‘tgan
Tanga zarb etiladigan joy; asosiy zarbxona Buxoroda bo‘lib, Balx, Samarqand va Toshkentda ham tanga zarb etilgan
To‘pga o‘xshash qurol
Qoraqalpoqlar qaram bo‘lib qolgan Kichik juz qozoq xonligiga to‘lashga majbur bo‘lgan to‘lov
Jun gazlama, sholcha hamda gilam to‘qish uchun oddiy moslama
Qoraqalpoqlarning har qanday sharoitga mos keladigan va eng yaxshi ko‘rgan uyi; mahalliy aholi uni «qora uy» deb atagan
Mulkiy munosabatlar, nikoh-oila va jinoyat-jazo masalalari hamda sud ishlarini yuritish tartibini belgilagan qoidalar
Ayollar ko‘ylaklari uchun ishlatiladigan katak-katak gazlama
Jun, gazlama va movutdan tayyorlangan erkaklar kiyimi
Xorazmlik ayollar kiyimi; rasmda paranji bilan birga ko‘rsatilgan
So‘z ustasi; qoraqalpoqlar chechanlarni sevgan
Sun’iy sug‘orishga asoslangan xo‘jalikda keng tarqalgan inshoot; uchta asosiy qismi – suv idishlari o‘rnatilgan g‘ildirak, gorizontal o‘q va charxlar
Islom dinining asosiy qoidalari bayon etilgan kitob
Qorako‘l terisidan tikilgan maxsus telpak